Agzamova Dildora Baxadirjanovnaning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillari olami manzarasida “Xotira” fenomeni”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil570.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Ra’no Urishevna, filologiya fanlari doktori, professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Dosbaeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari olami manzarasida “Xotira” fenomenini lingvokognitiv tadqiq qilshdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
  Xotira fenomen sifatida  lingvokognitiv va lingvomadaniy yondhashuv yordamida ingliz va o‘zbek olami ilmiy, kasbiy hamda sodda manzaralarida aks etishi asoslangan;
 “Xotira” konseptining noregulyativ, mavhum, metaprofessional,  ijtimoiy-madaniy, mentefakt, aksiologik, universal hamda lingvomadaniy konsept turlariga kirishi aniqlangan
 ingliz va o‘zbek tillari olami manzarasida “Xotira” kognitiv kategoriyaing aniq chegaralanmagan, ochiq, ideal kategoriya turlari hamda kognitiv kategoriyaning subordinat, bazaviy, superordinat sarhadlarga bo‘linishi dalillangan;
 “Xotira” konsepti va kognitiv kategoriyasining ingliz va o‘zbek olami ilmiy manzarasida ijtimoiy-ma’naviy hamda etnik omillarining ta’siri kam ekanligi aniqlangan, olamning kasbiy manzarasiga ijtimoiy va etnik xususiyatlarining ta’siri mavjudligi, olamning sodda manzarasida esa ijtimoiy-ma’naviy hamda etnik omillar ta’siri yaqqol aks etishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek olami manzarasidagi “Xotira” fenomenining konseptual hamda kategorial xususiyatlarini aniqlash uchun bosqichma-bosqich metodika ishlab chiqilgan, boshqa shu kabi mavhum fenomenlarni o‘rganishda ham ushbu metodika qo‘llanilishi mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari olami manzarasida “Xotira” fenomeni tadqiqiga doir ilmiy natijalar asosida:
“Xotira” konsepti va kategoriyasi tadqiqi natijasida olamning lisoniy manzarasi variantlari, ijtimoiy-ma’naviy hamda etnik o‘ziga xoslik omillari jihatidan bir-biridan turli darajada farqlanishi hamda “Xotira” kategoriyasining ingliz va o‘zbek tillari olamning lisoniy manzarasi (ilmiy varianti)da sanab o‘tilgan omillarning ta’siri juda kam ekanligi yuzasidan keltririlgan materiallarga doir xolosalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida namoyish etilgan “Taqdimot” nomli ko‘rsatuv sahifasi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024 yil 31 oktyabrdagi 01-44-374-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Xotira” kategoriyasi olamning lisoniy manzarasining turli variantlarida g‘oyaviy, ijtimoiy hamda etno o‘ziga xoslik omillari jihatidan bir-biridan turli darajada farq qilishi hamda “Xotira” kategoriyasi olamning lisoniy manzarasi (ilmiy varianti)da yuqorida sanab o‘tilgan omillar ta'siri juda kamligi, olamning lisoniy manzarasi (professioanl variantida) ijtimoiy hamda etno o‘ziga xos xususiyatlar ta'siri mavjudligi olib borilgan tadqiqotning natijalarida keltirilgan ma’lumotlar borasidagi bahs munozaralarga oydinlik kiritilgan;
mental antroposferani subsferasi sifatida “Xotira”  fenomenining konsept hamda kategoriya elementlari har ikkala (ingliz va oʻzbek) xalqlari olamning ilmiy, professional hamda sodda manazaralarida aks etishida umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanganganligiga oid xulosalaridan Erasmus+ dasturining Project № 598340-EPP-1-2018-1ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia China (UNICAC) grant loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2024 yil 12-noyabrdagi 04/11-10411-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu fenomenning konsept va kategoriya elementlari chog‘ishtiralayotgan tillar kesimida professionali, ilmiy hamda sodda manzaralarida universal va o‘ziga xos xususiyatlaridan to‘g‘ri qo‘llash sifatini oshirishga imkon yaratildi;
ajratib olingan metodologik tamoyillar, tadqiqot davomida tizimlashtirilgan uslubiy majmua va lisoniy ong tasarrufidagi kategoriyalarni o‘rganish uchun rivojlantirilgan metodika asosida lingvokognitiv konseptuallashtirish va kategoriyalashtirish tadqiqotlariga oid xulosalaridan “Xalqaro Rivojlantirish Assotsiatsiyasi” ishtirokidagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasida qo‘llanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 8-noyabrdagi 4353-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillari olami lisoniy manzarasi tadqiqi asosida ajratib olingan metodologik tamoyillar, tadqiqot davomida tizimlashtirilgan uslubiy majmua va lisoniy ong tasarrufidagi kategoriyalarni o‘rganish uchun rivojlantirilgan metodika asosida lingvokognitiv konseptuallashtirish va kategoriyalashtirish bo‘yicha ma’lumotlar muhim manba sifatida xizmat qilgan;
“Xotira” fenomeni kategorizasiyasi tahlili asosida ingliz va o‘zbek tillari olamning lisoniy manzarasida o‘ziga xos aks etuvchi kategoriya turlari va tiplari dalillanganligiga oid ilmiy xulosalardan A-1-85-sonli “Ta’limda menejment va marketingning ijtimoiy psixologik jihatlarini ishlab chiqish” loyihasi foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2024 yil 12-noyabrdagi 04/11-10412-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, konsept va kategoriya elementlari orqali ingliz va o‘zbek xalqalri kognitiv ongida mental antroposferani lisoniy manzara turlaridan ilmiy, kasbga oid va sodda variantlari misolida  o‘rganilib, ularning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarining aniqlanganligi o‘quvchilarning ijtimoiy psixologik jihatlarini o‘rganishda amaliy yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish