Mamajonov Abrorbek Adiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za navlari bilan yovvoyi tur hamda introgressiv shakllar F1 – F2 duragaylarida qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanishi», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/V1201.
Ilmiy rahbar: Jo‘raqulov G‘ayrat Nematovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Qahhorov Izzatillo Tilovovich, biologiya fanlari doktori, professor; Mo‘minov Xasan Aliqulovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za navlari bilan yovvoyi tur hamda introgressiv shakllarni resiprok va pog‘onali duragaylash asosida ularning F1-F2 avlodlarida morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilarini irsiylanishi va korrelyasion bog‘liqlik darajasini aniqlash, hamda kompleks qimmatli-xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan rekombinant manbalar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor g‘o‘za navlari bilan yovvoyi tur hamda introgressiv shakllarni resiprok va pog‘onali duragaylash orqali olingan F0 duragaylarda duragay ko‘saklar tugilishi va ko‘saklarda to‘liq urug‘lar tugilish darajasi bo‘yicha pog‘onali chatishtirib olingan duragaylarda resiprok chatishtirib olingan duragaylarga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar aniqlangan;
F1-F2 kombinatsiyalarda qimmatli xo‘jalik belgilarning irsiylanishi, transgressiv o‘zgaruvchanligi aniqlangan;
F1-F2 kombinatsiyalarda morfobiologik belgilarning irsiylanishi va bitta ko‘sakdagi paxta vazni bilan korrelyasion bog‘liqlik darajalari aniqlangan;
g‘o‘za gulining umumiy uzunligi F1 va F2 avlodlarda irsiylanishi va rivojlanishini bo‘yicha olingan ma’lumotlarga asoslanib, mazkur belgini poligenlar ya’ni ikkitadan ortiq genlar ta’sirida irsiylanishi aniqlangan;
miqdoriy belgilarni yaxshilash uchun foydananilgan duragaylash uslublari ichida pog‘onali duragaylash uslubi samarali ekanligi asoslangan;
genetik-seleksiya izlanishlarda dastlabki manba sifatida foydalanish uchun qimmatli-xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan rekombinant shakllar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘za navlari bilan yovvoyi tur hamda introgressiv shakllarni resiprok va pog‘onali duragaylash orqali qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Gossypium L. turkumiga G.hirsutum L. turiga mansub navlar, G.mustelinum Miers ex Watt. yovvoyi turi va genotipida G.nelsonii Fryx. turi genlari mujassamlashgan tizmalar ishtirokida Resiprok va pog‘onali duragaylash usullarini qo‘llash asosida olingan noyob boshlang‘ich manbalar urug‘lari O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining “G‘o‘za genofondi” noyob obekti kolleksiyasiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 11-iyuldagi 4/1255-1567-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za kolleksiya fondini boyitish bilan birga, genetik jihatdan boyitilgan kompleks qimmatli-xo‘jalik belgilariga ega rekombinantlar amaliy seleksiya jarayonlarida boshlang‘ich manba sifatida foydalanish imkonini bergan;
(Andijon-35 x G‘olib) x Qizil baraka, (Namangan-77 x Andijon-35) x T-85 va (Namangan-77 x Andijon-35) x G.mustelinum Miers ex Watt duragaylari Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa va Ulug‘nor tumanlarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 14 oktyabrdagi 05/04-04-513-son ma’lumotnomasi). Natijada, (Andijon-35 x G‘olib) x Qizil baraka duragayday populyatsiyalarida mazkur tumanda an’anaviy ravishda ekib kelinayotgan “Andijon-35” naviga nisbatan gektaridan 4,1 sentner qo‘shimsha hosil olinganligi aniqlanib, rentabellik darajasi o‘rtasha 11,6 % gasha ko‘tarish imkonini bergan;
g‘o‘zaning Namangan-77, Qizil baraka navlari va T-85 tizmalarining barg shakli, gulning va urug‘chining uzunliklari, poya rangi bilan hosildorlik belgilari o‘rtasida aniqlangan korrelyasion bog‘liqlik va pog‘onali duragaylash usuli Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituda bajarilgan FA-A-KX2018-30 – “Yangi tezpishar, hosildor, kasalliklarga bardoshli, tabiiy iqlim sharoitlariga moslashgan, muhim xo‘jalik belgilarini o‘zida mujassam etgan g‘o‘za navlarini yaratish va takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyihada yangi navlarni tanlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 6 sentyabrdagi 4/1255-1976-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za tizma va navlarini yaratishda pog‘onali duragaylash samarali uslub ekanligi aniqlandi hamda namunalarni aniqlash imkonini bergan.