Chachanidze Inga Grigor`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Postkovid davrda renin-aldosteron tizimining faolligini hisobga olgan holda gipertoniya kasalligining klinik-diagnostik xususiyatlari” 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3308.
Ilmiy rahbar: Rasulova Xurshidaxon Abduborievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xalmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori professor; Bazarova Sayyora Abdubasitovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarinig kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qon plazmasidagi aldosteron va renin faolligi va yallig‘lanish belgilariga qarab turli og‘irlik darajadagi o‘tkazilgan COVID-19 dan keyin ilk bor aniqlangan gipertoniya kasalligining xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 dan keyin ilk bor qo‘yilgan gipertoniya kasalligi tashxisining klinik kechishi 2-darajali arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlar sonining 2,1 baravar ko‘payishi va nishon a’zolarini shikastlanishining rivojlanishini 1,7 barobar ortishi aniqlangan;
gipertoniya kasalligida renin va al`dosteronning yuqori darajalari renin-angiotenzin-al`dosteron tizimi faollashishini ko‘rsatishi, shuningdek, uning yuqori faolligi COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan bemorlar guruhida kuzatilishi, kasallikni og‘irlik darajasiga bog‘liqligi isbotlangan;
anamnezida COVID-19 o‘tkazgan ilk bor gipertoniya kasalligi tashxisi qo‘yilgan bemorlarda koviddan keyingi davrda SARS-CoV-2 infeksiyasiga yallig‘lanish reaksiyasining saqlanib qolishi, o‘tkazilgan kasallikni og‘irlik darajasi bilan korrelyasion bog‘liqlikga ega bo‘lgan C-reaktiv oqsil, fibrinogen va D-dimer miqdorining ahamiyatli oshishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
koviddan keyingi davrda renin-angiotenzin-al`dosteron tizimi faolligini hisobga olgan holda gipertoniya kasalligi bilan kasallangan bemorlarni davolash algoritmini ishlab chiqilishi, nishon a’zolarini zararlanishining rivojlanishini kamayishiga hamda hayot sifatini yaxshilanishiga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Koviddan keyingi davrda arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda renin va al`dosteron timizi faolligini baholash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 dan keyin ilk bor qo‘yilgan gipertoniya kasalligi tashxisining klinik kechishi 2-darajali arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlar sonining 2,1 baravar ko‘payishi va nishon a’zolarini shikastlanishining rivojlanishini 1,7 barobar ortishi aniqlanganligi Surxondaryo viloyat tibbiyot markazi 24.02.2024 yildagi 36-T-sonli hamda Respublika amaliy tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali 08.04.2024 yildagi 01/116-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 09/06-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 dan keyin gipertoniya kasalligini rivojalanishini bashoratlovchi klinik va laborator ko‘rsatkichlarni aniqlashga qaratilgan tavsiyalar davolash choralariga shaxsiy yondashuvni ishlab chiqish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 5 kunlik davolash negizida aniq antigipertenziv natija har bir bemor uchun 840000 so‘mni tashkil etgan davolanish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: Gipertoniya kasalligi va COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarni samarali olib borish uchun keng qamrovli tashhislash, shu jumladan yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini darajasini aniqlash, shuningdek, yurak holatini baholash uchun tekshiruvlar o‘tkazish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: gipertoniya kasalligida renin va al`dosteronning yuqori darajalari renin-angiotenzin-al`dosteron tizimi faollashishini ko‘rsatishi, shuningdek, uning yuqori faolligi COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan bemorlar guruhida kuzatilishi, kasallikni og‘irlik darajasiga bog‘liqligi isbotlanganligi Surxondaryo viloyat tibbiyot markazi 24.02.2024 yildagi 36-T-sonli hamda Respublika amaliy tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali 08.04.2024 yildagi 01/116-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 09/06-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: koviddan keyingi davrda bemorlarda renin va al`dosteron faolligini hisobga olgan holda gipertenziyani davolash uchun tavsiya etilgan algoritm nishon a’zolar shikastlanishining rivojlanishini kamaytirishga va koviddan keyingi davrda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam bergan. ushbu bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, o‘lim va nogironlik darajasini pasaytirish, shuningdek, shifoxonada qolish muddatini qisqartirish va davolanish xarajatlarini kamaytirishga yordam bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tibbiy yordam sifati va maqsadli davolash taktikasini amalga oshirish bilan kasalxonada 1 kurs davolanish uchun 370756 so‘m mablag‘ tejash imkonini bergan. Xulosa: klinik amaliyotda COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda renin va al`dosteron miqdorini tekshirish bemorlarda samarali davolash va kasallikning asoratlarini oldini olish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: anamnezida COVID-19 o‘tkazgan ilk bor gipertoniya kasalligi tashxisi qo‘yilgan bemorlarda koviddan keyingi davrda SARS-CoV-2 infeksiyasiga yallig‘lanish reaksiyasining saqlanib qolishi, o‘tkazilgan kasallikni og‘irlik darajasi bilan korrelyasion bog‘liqlikga ega bo‘lgan, C-reaktiv oqsil, fibrinogen va D-dimer miqdorining ahamiyatli oshishi bilan bog‘liqligi asoslanganligi Surxondaryo viloyat tibbiyot markazi 24.02.2024 yildagi 36-T-sonli hamda Respublika amaliy tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali 08.04.2024 yildagi 01/116-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 09/06-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gipertoniya kasalligi va COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarni samarali olib borish uchun keng qamrovli tashhislash, shu jumladan yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini darajasini aniqlash bemorlar kuzatuvini yaxshilaydi va uzoq muddatli oqibatlarni kamaytish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: davolash kursi uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan har bir bemorga 480745 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda yallig‘lanish ko‘rsatkichlaridan: C-reaktiv oqsil, fibrinogen va D-dimer miqdorini aniqlash va klinik amaliyotda tadqiqot natijalarini tadbiq qilinishi koviddan keyingi davrda gipertoniya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda samarali davolash va asoratlarini oldini olish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: koviddan keyingi davrda renin-angiotenzin-al`dosteron tizimi faolligini hisobga olgan holda gipertoniya kasalligi bilan kasallangan bemorlarni davolash algoritmini ishlab chiqilishi, nishon a’zolarini zararlanishining rivojlanishini kamayishiga hamda hayot sifatini yaxshilanishiga olib kelishi asoslanganligi Surxondaryo viloyat tibbiyot markazi 24.02.2024 yildagi 36-T-sonli hamda Respublika amaliy tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali 08.04.2024 yildagi 01/116-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 09/06-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: koviddan keyingi davrda bemorlarda gipertoniya tashhisoti va davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi yondashuvlar nishon a’zolarining shikastlanishini kamaytirishga va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: davolash kursi uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan har bir bemorga 680324 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: koviddan keyingi davrda renin-angiotenzin-al`dosteron tizimi faolligini hisobga olgan holda GK ni davolash nishon a’zolarini zararlanishining rivojlanishini kamayishiga hamda hayot sifatini yaxshilanishiga imkon bergan.