Markaev Abdumo‘min Yaxshiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda ingichka ichak rezeksiyasi va stoma qo‘yishda ko‘rsatmalar va taktik yondashuvni tanlash», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1305.
Ilmiy rahbar: Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022. Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Habibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Shuxrat Abdurasulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda ingichka ichak patologiyalari va anomaliyalarini, shuningdek, qorin bo‘shlig‘i a’zolarining orttirilgan kasalliklarida o‘tkaziladigan jarrohlik operatsiyalarining natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta klinik material asosida turli yoshdagi bolalarda ingichka ichakda jarrohlik aralashuvlarini talab qiladigan qorin bo‘shlig‘i a’zolari kasalliklarining tarqalishi va nozologik shakllari aniqlangan.
ushbu kontingentdagi kasalliklarning klinik xususiyatlari va anatomik variantlari tizimlashtirilgan; qorin bo‘shlig‘i a’zolari patologiyalarining ayrim turlari uchun axborotli tashxislash asoslangan;
davolashning erta va uzoq muddatli natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi hamroh va somatik kasalliklarning chastotasi va morfofunksional xususiyatlari aniqlangan.
operatsiyadan keyingi davrda patomorfologik o‘zgarishlarni inobatga olgan holda bemorlarni optimal parvarishlash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnika kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/70-sonli xulosasiga asosan:
birinchi ilmiy yangilik: ko‘p miqdordagi klinik material asosida turli yoshdagi bolalarda ingichka ichakda jarrohlik aralashuvlarini talab qiladigan qorin bo‘shlig‘i a’zolari kasalliklarining uchrash darajasi va nozologik shakllari aniqlangan hamda Toshkent shahridagi 1-shahar bolalar klinik shifoxonasining 10.10.2024 yildagi №225-sonli buyrug‘i; Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.10.2024 yildagi №227-sonli buyrug‘i asosida xirurgiya bo‘limlari amaliyotida joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: natijalarning qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatdiki, bolalarda ingichka ichakda jarrohlik aralashuvlarini talab qiladigan qorin bo‘shlig‘i a’zolari kasalliklarining uchrash darajasi va nozologik shakllari aniqlangan, bunga ko‘ra ushbu kasallaklar 4 guruhdan iborat ekanligi va quyidagicha uchrashi aniqlangan: 1) qorin bo‘shlig‘i a’zolarining tug‘ma anomaliyalari (n=183; 49%) (ingichka ichak atreziyasi, ingichka ichak membrannasi, ingichka ichak stenozi, ingichka ichakning kistoz ikkilanishi, mekonial ichak tutilishi, ingichka ichak mal`rotatsiyasi, Girshprung kasalligi total shakli, rektal qopcha kabi kasalliklar); 2) qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir kasalliklari va ularning asoratlari (n=118; 31,7%) (Mekkel divertikuli, ichak invaginatsiyasi, bitishmali ichak tutilishi, tarqalgan peritonit kabi kasalliklar); 3) ichaklarning shikastlanishlari (n=17; 4,6%) (ingichka ichak shikastlanishi, yo‘g‘on ichakning shikastlanishi kabi holatlar); 4) ichaklarning yallig‘linish kasalliklari (n=55; 14,7%) (nekrozlanuvchi enterokolit, Kron kasalligi). Iqtisodiy samaradorligi: tashxislash bosqichida asosiy guruhda taqqoslash guruhiga nisbatan 2,5 yotoq-kunga qisqargan. Tadqiqot guruhlaridagi har bir nafar bemor uchun 1 yotoq-kun uchun xarajatlar o‘rtacha 536639 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, asosiy guruhdagi bemorlar uchun tashxislash bosqichidagi yotoq-kunlarning 2,5 kunga qisqarishi tufayli iqtisodiy samaradorlik – 1341597 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan. Xulosa: ingichka ichakda jarrohlik aralashuvlari ko‘pincha qorin bo‘shlig‘i a’zolarining anomaliyalari (49,0%) va ichakning shoshilinch jarrohlik kasalliklari, nekrotik enterokolit va jarohatlar (51%) ko‘rinishidagi patologiyalarida amalga oshirilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ushbu kontingentdagi kasalliklarning klinik xususiyatlar va anatomik variantlari tizimlashtirildi; qorin bo‘shlig‘i a’zolari patologiyalarining ayrim turlari uchun axborotdor tashxislash usullari tanlanib, tashxislash algoritmi taklif qilingan va Toshkent shahridagi 1-shahar bolalar klinik shifoxonasining 10.10.2024 yildagi №225-sonli buyrug‘i; Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.10.2024 yildagi №227-sonli buyrug‘i asosida xirurgiya bo‘limlari amaliyotida joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tashxislash algoritmlari va EHM dasturlari tashxislash jarayonini soddalashtirish va optimal davolash taktikasi tanlash imkonini bergan. Shuningdek, mazkur algoritmlar bolalarda ingichka ichakda jarrohlik operatsiyalarni o‘tkazilishi zarur bo‘lgan kasalliklarni aniqlash hamda qorin bo‘shlig‘i a’zolarining boshqa kasalliklari bilan qiyosiy tashxis o‘tkazish imkoniyatini yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining tug‘ma anomaliyalari, qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir xirurgik kasalliklari va ularda yuzaga keladigan asoratlar, shuningdek, ichaklarning shikastlanishlari va orttirilgan yallig‘lanish kasalliklardan iborat nozologik formalar tizimlashtirilgan, ularning uchrash darajasi, klinik kechishidagi xususiyatlar va tafovutlarni aniqlash, tegishli axborotdor an’anaviy va zamonaviy tashxislash usullarini tanlash asosida tashxislash algoritmi taklif qilingan. Tashxislash usullarini takomillashtirish orqali hamroh uchraydigan anomaliyalarni aniqlash darajasi 59,5% dan 66,4% ga oshirishga erishilgan, asosiy guruhdagi bemorlar uchun tashxislash bosqichidagi yotoq-kunlarning 2,5 kunga qisqarishi tufayli iqtisodiy samaradorlik – 1341597 so‘mni mablag‘ni tejash imkonini bergan. Xulosa: tashxislash algoritmini qo‘llash, klinik-anatomik variantlarni aniqlash, hamroh kasalliklarni va ehtimoliy asoratlarni aniqlash sifatini oshirgan, jarrohlik aralashuvlari o‘tkazilishi kerak bo‘lgan holatlar bo‘yicha ko‘rsatmalarni aniqlashga, bu esa o‘z navbatida tegishli jarrohlik yondashuvlarini tanlash va jarrohlikdan keyingi asoratlarni kamaytirish imkoniyatini yaratgan.
uchinchi ilmiy yangilik: davolashning erta va uzoq muddatdagi natijalariga salbiy ta’sir qiluvchi hamroh va somatik kasalliklarning chastotasi va morfofunksional xususiyatlari aniqlangan va Toshkent shahridagi 1-shahar bolalar klinik shifoxonasining 10.10.2024 yildagi №225-sonli buyrug‘i; Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.10.2024 yildagi №227-sonli buyrug‘i asosida xirurgiya bo‘limlari amaliyotida joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: davolashning erta va uzoq muddatdagi natijalariga salbiy ta’sir qiluvchi hamroh va somatik kasalliklarning turlari, uchrash darajasi va xususiyatlari aniqlangan. Tashxislash usullarini takomillashtirish orqali hamroh uchraydigan anomaliyalarni hamroh uchraydigan anomaliyalarni aniqlash darajasi tadqiqot guruhlarida solishtirilganda, asosiy guruhda aniqlash darajasi 59,5% dan 66,4% ga, ya’ni 6,9% ga oshganligi qayd etilgan. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tashxislash algoritmi dasturini amalda qo‘llash hamroh uchraydigan anomaliyalar va somatik kasalliklarni aniqlash darajasi 6,9% ga oshirilishi, hamroh anomaliyalar va somatik kasalliklarni asosiy kasallikni davolash mobaynida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda davolash natijasida keyinchalik yana davolash uchun davlat byudjetidan sarf qilinishi mumkin bo‘lgan katta miqdordagi mablag‘ni tejash imkoni bergan. Xulosa: taklif etilgan tashxislash algoritmini amaliyotda qo‘llash ingichka ichakda jarrohlik aralashuvlarini talab qiladigan qorin bo‘shlig‘i a’zolari kasalliklarini erta aniqlash imkonini bergan. Taklif etilgan jarrohlik taktikasi algoritmini qo‘llash esa tegishli jarrohlik yondashuvlarini to‘g‘ri tanlash va qo‘llash, jarrohlikdan aralashuvi natijalarining samaradorligini oshirish hamda jarrohlikdan keyingi asoratlarni kamaytirishda samarali echim bo‘lib hisoblangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: patologiyaning turi va spesifik asoratlar xarakteridan kelib chiqib, jarrohlik taktikasi algoritmi taklif qilingan. Shuningdek, ingichka ichakning jarrohlik kasalliklarini davolashda taklif etilgan taktik yondauvning samaradorligi ilmiy jihatdan asoslangan va Toshkent shahridagi 1-shahar bolalar klinik shifoxonasining 10.10.2024 yildagi №225-sonli buyrug‘i; Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.10.2024 yildagi №227-sonli buyrug‘i asosida xirurgiya bo‘limlari amaliyotida joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan jarrohlik-taktik yondashuvlarning qo‘llanilishi natijasida tadqiqotdagi asosiy va taqqoslash guruhlar solishtirilganda umumiy jarrohlik asoratlar 19,6%dan 9,8% gacha kamaytirilgan, maxsus jarroxlik asoratlar 39,1% dan 13,0% gacha kamaytirilgan. Jarrohlikdan keyingi o‘lim darajasi 2,6%dan 1,1% gacha pasaygan; uzoq muddat yaxshi natijalar 51,9% dan 71,1% gacha oshgan; qoniqarsiz natijalar esa 17,6% dan 4,4% ga kamaygan. Iqtisodiy samaradorligi:statsionarda har bir bemor uchun sutkalik xarajat 536639 so‘mni tashkil etgan. Asosiy guruhdagi bolalar statsionarda o‘rtacha 20,7±1,2 yotoq-kun o‘tkazadilar, bu 536639 s. x 20,7 kun = 11108427 so‘mni tashkil etgan; taqqoslash guruhida esa – 24,0±1,4 kun, bu 536639 x 24,0 = 12879336 so‘m. Tavsiya etilgan davolash taktikasining qo‘llanilishi ingichka ichakning jarrohlik patologiyalariga ega bolalarning statsionarda yotish muddatini o‘rtacha 3,3 kunga qisqartirish va davolash kursida 1770909 so‘m tejash bilan isbotlangan. Xulosa: jarrohlik aralashuvi usuli patologik holatlar va asoratlarning tabiatiga ko‘ra, laparotomiya yoki videoassistentlik jarrohlik yordamida amalga oshirilgan: ichak bo‘shlig‘ini ochmasdan aralashuvlar (10,7%), patologiya sabablarini bartaraf etish uchun enterotomiya (9,9%), ichakning butunligini tiklash bilan rezeksiyasi (30,6%), stoma shakllantirilishi bilan ichak rezeksiyasi (30,3%), ichakni rezeksiyasiz stoma qo‘yish (18,5%) tashkil etgan.