Giyazova Malika Muxamadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus infeksiyasi kasalligi natijasida og‘iz bo‘shlig‘ining shikastlanish  xususiyatlari, neyrostomatologik va ba’zi biokimyoviy belgilar, ularni dori bilan davolash yo‘llari», 14.00.21 – Stomatologiya, 14.00.13 – Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib.2862.
Ilmiy rahbarlar: Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Sanoeva Matlyuba Jahonkulovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSs.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shiralieva Rena Kazim kizi, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shomurodov Qahramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: koronavirus infeksiyasi (SARS-CoV-2) sababli og‘iz bo‘shlig‘i zararlanishi, neyrostomatologik belgilarning kelib chiqishi, qon va so‘lakdagi ba’zi biokimyoviy o‘zgarishlarni tahlil etish hamda ularni davolashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 og‘iz bo‘shlig‘ining turli darajadagi zararlanishi, u bilan bog‘liq neyrostomatologik sindromlar (trigeminal nevralgiya, yuz nervi nevropatiyasi va glossofaringeal nevralgiya) va yuzdagi boshqa og‘riqlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lganligi asoslangan;
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda EEG tahlili bo‘yicha yuz sohasidagi og‘riq sindromi (nevralgiya) davrida spayk-to‘lqin, bioelektrik faollikning kuchayishi; bosh miya MRT tahlili bo‘yicha – mayda tomirlar endoteliy patologiyasi (mahalliy miya gipoksiyasi, kichik ensefalomalyasiya o‘choqlari), ya’ni morfologik o‘zgarishlar rivojlanishi isbotlangan;
koronavirus fonida so‘lakdagi lizotsim (muromidaza) miqdorining pasayishi (<0,2 ng/ml) mahalliy immunitetga salbiy ta’sir etib og‘iz bo‘shlig‘i zararlanishi va neyrostomatologik sindromlarning  rivojlanishiga sabab bo‘lishi aniqlangan;
koronavirus o‘tkazgan bemorlarga bazis terapiya asosida mahalliy ekzogen lizotsim hamda nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositasini qo‘llash stomatologik va neyrostomatologik zararlanishlarni samarali tiklash usuli ekanligi asoslangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Koronavirus infeksiyasi kasalligi natijasida og‘iz bo‘shlig‘ining shikastlanish  xususiyatlari, neyrostomatologik va ba’zi biokimyoviy belgilar, ularni dori bilan davolash yo‘llari» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 26 avgustdagi 05/50-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik – COVID-19 og‘iz bo‘shlig‘ining turli darajadagi zararlanishi, u bilan bog‘liq neyrostomatologik sindromlar (trigeminal nevralgiya, yuz nervi nevropatiyasi, glossofaringeal nevralgiya) va yuzdagi boshqa og‘riqlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 og‘iz bo‘shlig‘ining turli darajadagi zararlanishi, u bilan bog‘liq neyrostomatologik sindromlarni aniqlash orqali bemor yoshidan qat’iy nazar kasallik cho‘zilishi, og‘riqlarning surunkali davrga o‘tishi, og‘iz bo‘shlig‘ida og‘ir zararlanish ehtimoli rivojlanishining oldini olishga erishilgan hamda bemorlarning mehnatga layoqati qayta tiklangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 og‘iz bo‘shlig‘ining turli darajadagi zararlanishi, u bilan bog‘liq neyrostomatologik sindromlarni o‘z vaqtida aniqlash orqali statsionar davo muddati qisqarishiga imkon yaratilgan. Aniqlangan stomatologik, nevrologik zararlanishlarni erta aniqlash orqali  har bir bemorda byudjet mablag‘lari hisobidan 192.934 so‘m iqtisod qilishga erishilgan.  Xulosa: Olingan natijalarga asoslanib an’anaviy yondashuvdan tashqari COVID-19 og‘iz bo‘shlig‘ining turli darajadagi zararlanishi, u bilan bog‘liq neyrostomatologik sindromlarni aniqlash natijasida 10 kunlik statsionar xarajatlari, ya’ni 2.121.128 so‘m dori-vositalari hisobidan va 2.968.232 sum koyka hisobidan (umumiy 5.089.360 so‘m) har bir bemor uchun iqtisodiy samaraga erishilgan, kasallik oqibati hamda asorati rivojlanishining oldi olingan, natijada hayot sifati yaxshilangan, ishga yaroqlilik ko‘rsatkichi tiklangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda EEG tahlili bo‘yicha yuz sohasidagi og‘riq sindromi (nevralgiya) davrida spayk-to‘lqin, bioelektrik faollikning kuchayishi; bosh miya MRT tahlili bo‘yicha – mayda tomirlar endoteliy patologiyasi (mahalliy miya gipoksiyasi, kichik ensefalomalyasiya o‘choqlari), ya’ni morfologik o‘zgarishlar rivojlanishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda EEG tahlili, MRT natijalari bosh miyada morfologik o‘zgarishlar paydo bo‘lishi, keyinchalik neyropsixologik, ensefalopatiya belgilarining kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ibotlagan va terapevt, nevrologlar uchun ushbu tekshiruv usullari profilaktik mezon sifatida, shuningdek, kasallik ustidan nazorat qilish imkonini yaratish uchun xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda statsionar sharoitda ketadigan barcha mablag‘ni iqtisod qilib faqat ambulator sharoitida EEG va MRT tekshiruv usullaridan foydalanish hamda o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yib kasallikni davolash, asoratlarni profilaktika qilish orqali har bir bemor uchun byudjet xarajatlaridan 1.876.233 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda EEG tahlili, MRT natijalari bosh miyada morfologik o‘zgarishlar paydo bo‘lishi, keyinchalik neyropsixologik, ensefalopatiya belgilarining kelib chiqish ehtimolini tasdiqlagan va og‘ir asoratlar profilaktikasiga zamin yaratgan.
uchinchi ilmiy yangilik: koronavirus fonida so‘lakdagi lizotsim (muromidaza) miqdorining pasayishi (<0,2 ng/ml) mahalliy immunitetga salbiy ta’sir etib og‘iz bo‘shlig‘i zararlanishi va neyrostomatologik sindromlarning  rivojlanishiga sabab bo‘lishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus fonida so‘lakdagi lizotsim (muromidaza) miqdorining pasayishi (<0,2 ng/ml) mahalliy immunitetga salbiy ta’sir etib og‘iz bo‘shlig‘i zararlanishi va neyrostomatologik sindromlarning  rivojlanishiga sabab bo‘lishini erta aniqlash orqali maqsadli davolash usullarini to‘g‘ri tanlashga zamin yaratgan va bu bilan og‘iz bo‘shlig‘i tuzilmasi to‘liq tiklangan hamda neyrostomatologik sindromlar belgilari to‘xtatilgan, shuningdek, kasallik ustidan nazorat qilish imkoni yaratilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: statsionar davoni inkor qilib, ambulator sharoitida davolanish imkoni yaratilgan, shu bilan statsionar davolanishga byudjet xarajatlaridan ketadigan 1.876.233 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda so‘lakdagi lizotsim (muromidaza) miqdorining pasayishi (<0,2 ng/ml) mahalliy immunitetga salbiy ta’sir etib og‘iz bo‘shlig‘i zararlanishi va neyrostomatologik sindromlarning  rivojlanishi uchun imkon yaratishi isbotlangan va og‘ir asoratlar profilaktikasini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: koronavirus o‘tkazgan bemorlarga bazis terapiya asosida mahalliy ekzogen lizotsim hamda nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositasini qo‘llash stomatologik va neyrostomatologik zararlanishlarni samarali tiklash usuli ekanligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus o‘tkazgan bemorlarga bazis terapiya asosida mahalliy ekzogen lizotsim hamda nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositasini qo‘llash orqali stomatologik va neyrostomatologik belgilarni samarali tiklash imkonini yaratgan, bemorlarning mehnat faoliyati qayta tiklanishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus o‘tkazgan bemorlarga bazis terapiya asosida mahalliy ekzogen lizotsim hamda nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalarini tavsiya etish orqali ambulator sharoitida to‘liq davolanish va byudjet xarajatlari hisobidan 2.968.232 so‘m mablag‘ iqtisod qilish mumkinligi aniqlangan. Xulosa: koronavirus o‘tkazgan bemorlarga bazis terapiya asosida mahalliy ekzogen lizotsim hamda nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositasini qo‘llash stomatologik va neyrostomatologik zararlanishlarni kamaytirgan, asoratlarning profilaktikasi uchun ahamiyatli zamin yaratgan, shu bilan birga shaxsiylashtirilgan davolash usuliga asos solingan hamda  bemorlarning umumiy salomatligi va hayot sifatini yaxshilash  bilan izohlangan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish