Yusubaxmedov Abdurauf Abduraxim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kartoshka M – virusining molekulyar diagnostikasi va filogenetik analizi», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/V805.
Ilmiy rahbar: Fayizev Voxid Baxramovich, biologiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.03/27.09.2024.B.82.03.
Rasmiy opponentlar: Sherimbetov Anvar Gulmirzaevich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xusanov Toxir Sunnatovich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati ekologik sharoitidan KMVni ajratish, biologik xususiyatlarini aniqlash va molekulyar-genetik identifikatsiyalash hamda filogenetik shajarasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati sharotida KMV real vaqtdagi PZR usuli yordamida molekulyar diagnostika qilish asosida tarqalish darajasi aniqlangan;
KMVining oqsil qobig‘i (CP) sinteziga javobgar bo‘lgan genom uchastkasi nukleotidlar izchilligi asosida bir-biridan molekulyar-genetik jihatdan farqlanuvchi “PVM-UZ-AY1” va “PVM-UZ-AY2” izolyatlar sifatida aniqlangan hamda filogenetik tahlili natijasida NW-Prada1 (Russia), NW-Lomonosov11 (Rossiya) va NW-Laperla1 izolyatlari bilan 97-98% gomologiyaga ega ekanligi isbotlangan;
ajratilgan izolyatlarning oqsil qobig‘i aminokislotalar tarkibini qiyosiy tahlil qilish natijasida PVM-Uz-AY1 izolyatda serine (S) aminokislotasi isoleucine (I) bilan va arginine (R) aminokislotasi esa glycine (G) bilan almashganligi, PVM-Uz-AY2 izolyatida esa asparagin (N) aminokislotasi aspartic acid (D) bilan, tyrosine (Y) aminokislotasi asparagin (N) bilan va arginine (R) aminokislotasi ham asparagin (N) bilan almashgani isbotlangan;
virusning qora ituzum (Solanum nigrum), fizalis (Physalis), oq sho‘ra (Chenopodium album) hamda oddiy jag‘-jag‘ (Capsella bursa-pastoris L.), burchoq (Lathyrus pratensis) kabi mamlakatimiz iqlim sharoti uchun yangi bo‘lgan tabiiy rezervator o‘simliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kartoshka (Solanum tuberosum L.) o‘simligini kasallantiruvchi KMVning molekulyar diagnostikasi va filogenetik analizi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
M - virusining respublikamizda tarqalgan izolyati “Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar noyob ilmiy obekti kolleksiyasi” genofondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2024-yil 15-mart 4/1255-314-son ma’lumotnomasi). Natijada, fitopatogen mikroorganizmlar shtammlari kolleksiya genofondini boyitish, virus turlari xilma-xilliklari elektron bazasi axborot tahlil tizimini shakillantirish imkonini bergan;
Toshkent viloyati kartoshka ekin dalalaridan kuzatilgan bir qator kartoshka kasallik alomatlaridan KMV PZR usuli yordamida tahlil o‘tkazilib virusning “PVM-UZ-AY1” va “PVM-UZ-AY2” izolyati aniqlangan hamda ushbu izolyat xalqaro GeneBank - NCBI bazasiga PP235793.1 va PQ243305 ID raqam bilan joylashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-avgustdagi 05/06/-02-651-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish va filogenetik shajarasini yaratish jarayonida foydalanish imkonini bergan;
“Kartoshka M-virusi molekulyar diagnostikasi uchun mualliflik praymeri dizayin qilingan va real vaqtdagi-PZR test sistemasi ishlab chiqilgan va ushbu test toplami “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida” kartoshka kolleksiyasi urug‘lik materiallarini saralash amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-avgustdagi 05/06/-02-651-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kartoshka tuganaklari va ekin maydonlarida virus diagnostikasini amalga oshirish, virussiz kartoshka tuganaklari olishda hamda tuganak tarkibida yashirin holda saqlanayotgan KMVni erta diagnostika qilish imkonini bergan.