Axunova Xilola Ibroximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda tarqalgan Delphinium oreophilum Huth. o‘simligining diterpenoid alkaloidlari», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/K397.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Shavkat Vaxidovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salima Fazilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Gapparov Abdulatif Mamadalievich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda o‘suvchi Delphinium oreophilum o‘simligining er ustki qismidan alkaloidlarni ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishini hamda biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Delphinium oreophilum o‘simligidan jami 13 ta birikma individual holda ajratib olingan, shulardan 9 ta alkaloid va 1 ta glikozid ushbu o‘simlikdan birinchi marotaba ajratilgan;
ilk marta Delphinium oreophilum o‘simligidan 15-epinavikulin B va
19-okso-14-asetilbrounin yangi alkaloidlari ajratib olingan, ularning kimyoviy tuzilishi zamonaviy fizik-tadqiqot (IQ-, 1D, 2D YaMR spektroskopiya, mass-spektrometriya va RTT) usullari yordamida isbotlangan;
ilk marotaba o‘simlikdan ajratib olingan izoboldin, 14-asetilbrounin va
15-epinavikulin B alkaloidlarining monokristallari o‘stirilib, RTT usuli yordamida absolyut konfiguratsiyalari isbotlangan;
o‘simlik er ustki qismidan ajratilgan efir moyi komponentlar tarkibidan
GX-MS usuli yordamida 29 ta birikma identifikatsiya qilingan;
ilk bora o‘simlikning makro- va mikroelementlari sifat va miqdoriy jihatdan tekshirilgan va natijasida zaharli elementlarning miqdori kam ekanligi aniqlangan.
o‘simlikdan ajratib olingan 14-asetilbrounin alkaloidi yallig‘lanishga qarshi va likoktonin, brounin, 14-asetilbrounin, 19-okso-14-asetilbrounin alkaloidlari hamda daukosterol glikozidining yuqori antioksidant faolliklarga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Delphinium oreophilum oʼsimligining fitokimyoviy tahlili, olingan birikmalarning tuzilishi va biologik faolliklarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Delphinium oreophilum o‘simligidan ajratib olingan alkaloidlar hamda yangi 15-epinavikulin B alkaloidining rentgen tuzilishidan “Tabiiy birlamchi va ikkilamchi metabolitlarning, ular hosilalarining, shuningdek sintez qilingan organik birikmalarning kimyoviy, stereokimyoviy va elektron tuzilishini ko‘p komponentli sistemalardagi moddalarni sifat va miqdoriy baholashni instrumental: YaMR, IQ, UB spektroskopiyasi, rentgen tuzilish tahlili, xromato-mass-spektrometriya, element tahlili va molekulyar modellashtirish hisob usullari bilan o‘rganish” mavzusidagi tadqiqot dasturi bajarilishida moddalarning tuzilishini aniqlash uchun spektr tahlil natijalarini solishtirishda foydalanilgan (O‘zR FA ning 2024 yil 27 noyabrdagi 4/1255-2640-son ma’lumotnomasi). Natijada, RTT ma’lumotlari asosida 15-epinavikulin B alkaloidining absolyut konfiguratsiyasi va xiral markazlarini to‘liq tahlil etish ma’lumotlaridan soha olimlarini foydalanishiga imkon yaratilgan;
Delphinium oreophilum o‘simligidan ajratilgan izoboldin, 14-O-asetilbrounin va 15-epinavikulin B alkaloidlari roentgen tuzilishi ma’lumotlari Kembrij xalqaro ma’lumotlar bazasida (The Cambridge Structural Database, https:/www.ccdc.cam.ac.uk/ structures) ro‘yhatga olingan va CCDC: 2215028, 2215027, 2260523 xos raqami berilgan. Natijada, birikmalarning tuzilishi, tabiati, rentgen tuzilishi tahlili yordamida olingan molekulalararo o‘zaro ta’sir va tahlil ma’lumotlaridan soha olimlarining foydalanishiga imkon yaratilgan.