Nizomitdinova Zulayxo Abduazizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rus va o‘zbek muloqoti gender aspektlarining qiyosiy tadqiqi (yoshlar nutqi asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD|Fil3677.
Ilmiy rahbar: Davlyatova Gulchehra Nosirovna pedagogika fanlari nomzodi, v.b. professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Dilora Nabieva, filologiya fanlari doktori, professor; Musaeva Elena Kazimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yoshlar nutqiy odatlari va kommunikativ xatti-harakatlaridagi gender farqlarini rus va o‘zbek tili materiallari asosida qiyosiy tahlil qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
turli tizimli tillarda ayollar va erkaklar til olamining o‘ziga xosligi, zamonaviy genderologiyaning rivojlanish dinamikasi isbotlangan, rus va o‘zbek tilida so‘zlashuvchi yoshlar tomonidan gender nutqining o‘ziga xos kognitiv jihatlari asoslab berilgan, shuningdek, sotsiologik so‘rov natijalari (elektron variant) tahlili asosida “Gender ta’limi bo‘yicha lug‘at-ma’lumotnoma” ishlab chiqilib, sinovdan o‘tkazilgan;
gender rollarining (qizlar va yigitlar) konseptual maqomi ijtimoiy-obektiv qonuniyat sifatida asoslangan, yosh qizlar va yigitlar tomonidan leksika, sintaktik konstruksiyalar va tinish belgilari qo‘llanilishidagi farqlar aniqlangan. Masalan, qizlar ko‘pincha urg‘u berish uchun belgilarni cho‘zib yozadilar (Priveeeeet!!!, Nimaaaaa?), yigitlar esa qisqa va qat’iy ifodalarni ishlatadilar (Net i tochka; yo‘q dedimmi, yo‘q; bormaysan, bo‘ldi qil). Genderlar uchun o‘xshash ifoda modellari,   til va nutq birliklaridan foydalanishda gender farqlarining yangi jihatlari ochib berilgan;
yoshlar nutqida anglizizmlar va tillarning aralashuvi guruhiy identifikatsiya indikatori sifatida isbotlangan. Masalan, o‘zbek yoshlarining nutqida rus va o‘zbek tillarining aralashuvi kuzatilgan (Past bal oldim, zato o‘tdim (past bal oldim, lekin o‘tdim), prosto so‘radim (shunchaki so‘radim)) va anglizizmlar (LOL, OMG, Bro, ber-chi shuni!). Bevosita muloqot va internetdagi o‘zaro aloqa jarayonida qizlarning (ijtimoiy masalalar, ta’lim va sog‘liq) va yigitlarning (sport va texnologiyalar) nutqiy va kommunikativ afzalliklari aniqlangan (bu gender muloqotining yangi shakllarini namoyish etmoqda);
turli tizimli tillarda ayollar va erkaklar til olamining o‘ziga xosligi, zamonaviy genderologiyaning rivojlanish dinamikasi isbotlangan, rus va o‘zbek tilida so‘zlashuvchi yoshlar tomonidan gender nutqining o‘ziga xos kognitiv jihatlari asoslab berilgan, shuningdek, sotsiologik so‘rov natijalari (elektron variant) tahlili asosida “Gender ta’limi bo‘yicha lug‘at-ma’lumotnoma” ishlab chiqilib, sinovdan o‘tkazilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus va o‘zbek muloqotining gender aspektlarining qiyosiy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rus va o‘zbek tillarida so‘zlashuvchi yoshlar (qizlar va yigitlar) kundalik nutqidagi gender belgili til birliklarining leksik-semantik xususiyatlari hamda sintaktik konstruksiyalari bo‘yicha tadqiqot natijalari va xulosalari 2018-2020-yillarda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amalga oshirilgan                       PZ-20170930223 sonli “Yoshlarning demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishdagi ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” amaliy tadqiqot loyihasi (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 25-sentyabrdagi  04/5305-sonli ma’lumotnomasi) doirasida qo‘llanilgan. Tadqiqot materiallari pedagogik amaliyotda sinovdan o‘tkazilgan va turli o‘quv fanlarini o‘qitish jarayonida keng foydalanilgan;
rus va o‘zbek tillarida yosh erkak va ayollar tomonidan sintaktik konstruksiyalar va tinish belgilari qo‘llanilishidagi farqlar bo‘yicha ilmiy xulosalar Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi Gender markazida talaba, magistrant va o‘qituvchilar uchun “Kognitiv nuqtayi nazardan gender tilini tadqiq qilish”, “Yoshlarning internet muloqotida gender xususiyatlari” kabi mavzularda trening, davra suhbati va seminarlar tashkil etish jarayonida qo‘llanilgan (Farg‘ona davlat universiteti Gender tenglikni tadqiq qilish markazining 2024-yil 30-iyundagi       01-4777-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilar va talaba yoshlarning lug‘at boyligi oshgan, ularning bilim olish qobiliyatlari yaxshilangan;
turli tizimli tillarda ayol va erkaklar til olamining xususiyatlari haqidagi xulosalar, shuningdek, anglizizmlar va tillarning aralashuv elementlariga ega bo‘lgan yoshlar nutqi guruhiy identifikatsiya indikatori sifatida Farg‘ona viloyati O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Farg‘ona va farg‘onaliklar” hamda “TV Plyus” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda qo‘llanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 24-iyundagi 1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mavzulari “gender” tushunchasi, qizlar va yigitlarning nutqiy xulq-atvoridagi milliy-madaniy xususiyatlar haqidagi dolzarb ma’lumotlar bilan boyitilib kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish