Majidova Zulayho Abdimuminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida direktiv nutqiy aktlarning semantik-pragmatik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.3.PhD/Fil2767.
Ilmiy rahbar: Egamnazarova Durdona Shuxratillaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Paluanova Halifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida direktiv nutqiy aktlarning semantik-pragmatik tadqiqini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
muloqotning eng kichik birligi nutqiy harakat bo‘lib, u nafaqat suhbat ishtirokchilari niyatini, balki muloqot kechayotgan makon, zamon, vaziyat, so‘zlovchi va tinglovchining xarakter-xususiyatlari kabi turli ekstralingvistik omillarni ham inobatga olishni taqozo etashi asoslangan;
muloqotni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadga ko‘ra preskriptiv, rekvestiv, sugGEStiv direktiv nutqiy aktlarning biri tanlanadi hamda uning amalga oshirilishi uchun muayyan grammatik va leksik vositalar aniqlangan;
direktiv nutqiy aktlar buyruq, ko‘rsatma, ruxsat, taqiq, buyurtma, talab kabi preskriptiv, iltimos, o‘tinish kabi rekvestiv, maslahat, taklif, ogohlantirish, ruhlantirish kabi  sugGEStiv kichik guruhlarga bo‘linishi isbotlangan;
direktiv nutqiy aktlarni voqelantiruvchi leksik va grammatik vositalar tizimining ingliz va o‘zbek tillarida kommunikativ, pragmatik, funksional jihatlari dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarni esse yozishga o‘rgatish texnologiyasini takomillishtirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
    muloqotni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadga ko‘ra preskriptiv, rekvestiv, sugGEStiv direktiv nutqiy aktlarning biri tanlanadi hamda uning amalga oshirilishi uchun muayyan grammatik va leksik vositalar xususidagi xulosalardan Erasmus+dasturining Project № 5983-40-EPP-1-2017-T-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) grant loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 7-fevraldagi 04/11-1061-son ma’lumotnomasi). Natijada magistratura talabalari uchun yaratilgan ma’ruza matnlari yanada boyitilib, direktiv nutqiy aktlar tasnifi va unga doir misollar bilan boyitilgan;
    muloqotning eng kichik birligi nutqiy harakat bo‘lib, u nafaqat suhbat ishtirokchilari niyatini, balki muloqot kechayotgan makon, zamon, vaziyat, so‘zlovchi va tinglovchining xarakter-xususiyatlari kabi turli ekstralingvistik omillarni ham inobatga olishni taqozo etashiga bag‘ishlangan tahliliy fikrlari va nazariy xulosalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Hamma uchun” dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 24-oktyabr sanasidagi 06-28/1420-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarni o‘zbek va ingliz tillarida direktiv nutqiy aktlarning turli diskurslarda namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari, farqli va o‘xshash jihatlari bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan;
    direktiv nutqiy aktlar buyruq, ko‘rsatma, ruxsat, taqiq, buyurtma, talab kabi preskriptiv,   iltimos, o‘tinish kabi rekvestiv, maslahat, taklif, ogohlantirish, ruhlantirish kabi  sugGEStiv kichik guruhlarga bo‘linishiga oid xulosalaridan Amerika qo‘shma shtatlari Ogayo universiteti intensiv ingliz tili Ogayo dasturi loyihasida foydalanilgan (Ogayo universiteti intensiv ingliz tili Ogayo dasturining 2023-yil 11-oktyabr sanasidagi ma’lumotnomasi). Natijada bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun yaratilgan ma’ruza matnlariga qo‘shimcha foydali ma’lumotlar kiritilib, direktiv nutqiy akt semantik va pragmatik tadqiqiga oid manbalar bilan boyitilgan;        
    direktiv nutqiy aktlarni voqelantiruvchi leksik va grammatik vositalar tizimining ingliz va o‘zbek tillarida kommunikativ, pragmatik, funksional jihatlari tahliliga oid taklif va mulohazalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan PZ-201709134-sonli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining 2024-yil 11-iyuldagi 04/11-5560-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Filologiya” yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tilini o‘rgatish tadqiqot loyihasi kontenti boyitilib, til o‘rganuvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini o‘stirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish