Mirzakabilov Bekzod Narkuzievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovushqoq-elastik muhitdagi suyuqlikli quduqlarda to‘lqin tarqalishi va dinamik kuchlanish-deformatsiya holati(Rasprostranenie voln v vyazkouprugix skvajinax s jidkost`yu i dinamicheskoe napryajenno deformirovannoe sostoyanie)”, 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/FM1171.
Ilmiy rahbar: Safarov Ismoil Ibroximovich fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Mavlonov To‘lqin Mavlonovich texnika fanlari doktori, professor; Xusanov Baxtiyor Ergashbaevich fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Deformatsiyalanuvchi muhitda joylashgan vertikal quduq formasidagi maxsus inshootga noturg‘un va garmonik yuklanish ta’sirida hosil bo‘ladigan kuchlanganlik deformatsiya holatini o‘rganishning matematik modelini qurish, masalalarni echish metodikasi va algoritmlarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qovushqoq–elastik suyuqlikli mustahkamlangan va mustahkamlanmagan quduqqa xos to‘lqin tarqalish masalasi to‘lqin dinamikasining usullari asosida xos chastotalari, to‘lqin uzunligi, faza tezligi va guruh tezliklari munosabatlarini ifodalovchi kompleks parametrli dispersion tenglama olingan va uning sonli echish algoritmi ishlab chiqilgan;
qovushqoq-elastik muhitdagi mustahkamlangan va mustahkamlanmagan quduqqa garmonik to‘lqinlar yuklanganda, hosil bo‘ladigan dinamik kuchlanganlik-deformatsiya holatini topish metodikasi va algoritmi qovushqoq-elastiklik nazariyasining usullari asosida ishlab chiqilgan;
qovushqoq–elastik suyuqlikli quduqlarda klassik to‘lqinlardan tashqari quvur va suyuqlik to‘lqinlari mavjud bo‘lishi kompleks faza tezligi va chastotalarni limit qiymatlarini hisoblash asosida topilgan;
qovushqoq–elastik suyuqlikli quduqlarga yuklanuvchi garmonik to‘lqinlar yuklanish burchagiga, quduq qoplamasi va muhit bikrliklari nisbatiga, to‘lqin uzunligiga va muhitning reologik parametrlariga bog‘liq bo‘lishi sonli hisoblashlar asosida topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dinamik kuchlar ta’sirida elastik va qovushqoq-elastik tekisliklarda joylashgan silindrik qobiqlarning dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash usullari tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
geofizikada to'lqin tarqalish masalalarini echish uchun ishlab chiqilgan yangi optimal algoritmlar va dasturiy vostalaridan hamda silindrik qobiqsimon bosim ostida ishlovchi quvurlar bilan muhitning o‘zaro ta’sirini hisobga olish masalalarini echish usullaridan Qarshi davlat universiteti 2018-2020-yillarda bajarilgan OT-Atex-2018-340 raqamli “Ikki tezlikli muhit dinamikasining amaliy geofizik masalalarini nazariy va sonli tadqiq etish” fundamental loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 10-oktyabrdagi № 04/3300 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada qovushqoq-elastik suyuqlikli quvurlar tebranishining rezonans amplituda sohalarini oldindan baholash imkonini bergan;
qovushqoq-elastik muhitda joylashgan suyuqlikli quduqlarning dinamik kuchlar ta’siridagi tebranish va difraksiya masalalarini sonli echish usullaridan Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2016-2020-yillarda bajarilgan OT-F4-01 “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2024-yil 13-noyabrdagi №1/01-2896-sonli ma’lumotnomasi). Natijada silindrik konstruksiyalarning dinamik holatini baholashda sistemada hosil bo‘ladigan energiya dissipatsiyasini hisobga olish imkoniyati yaratilgan.