Akramov Abdulaziz Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Cho‘l yaylovlarini yaxshilashda ko‘chat o‘tqazish qurilmasi parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3980
Ilmiy rahbar: Ergashev Ismoil Tashkentovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent; Nurmixamedov Buron Umarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi cho‘l yaylovlarni yaxshilashda mavjud o‘simliklar qoplamini saqlab qolish, resurs va energiya xarajatlarini kamaytirish imkonini beradigan, tuproqqa uzlukli-tasmali ishlov berib, tuvakchalarda etishtirilgan fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatini o‘tqazish qurilmasining konstruktiv sxemasi va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yaylovlarni yaxshilash maqsadida tuvakchalarda etishtirilgan fitomeliorativ o‘simlik ko‘chatlarini tuproqqa uzlukli-tasmali ishlov berish bilan bir vaqtda o‘tqazishga asoslangan texnologiya va uni amalga oshiradigan qurilmaning konstruksiyasi  ishlab chiqilgan;
ko‘chat o‘tqazish qurilmasi ishchi qismlarining o‘zaro joylashuvida ekkichning parametrlari tuvakchalarga ekilgan ko‘chat o‘lchamlariga bog‘liq ravishda hosil qilinadigan ariqcha o‘lchamlaridan va minimal energiya sarfidan kelib chiqqan holda asoslangan;
tuproqqa uzlukli ishlov beradigan ishchi organ harakatini ifodalaydigan differensiyal tenglamalar asosida uning ish rejimi asoslangan;
tuvakchalarga ekilgan ko‘chatning qurilmadagi va tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashgandagi harakat qonunlari orqali uning tuproqda ochilgan ariqchada ratsional joylashuvi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tuproqqa uzlukli-tasmali ishlov berish bilan bir vaqtda tuvakchalarda etishtirilgan fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatlarini o‘tqazish qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda olingan natijalar asosida:
tuproqqa uzlukli-tasmali ishlov berish bilan bir vaqtda ko‘chat o‘tqazish texnologik jarayonlarining bajarilishi sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va uning konstruksiyasini loyihalashga texnik topshiriq ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/04-04-609-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqqa uzlukli-tasmali ishlov berish bilan bir vaqtda ko‘chat o‘tqazish qurilmasi konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
tuproqqa uzlukli-tasmali ishlov berish bilan bir vaqtda tuvakchalarda etishtirilgan fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatlarini o‘tqazish qurilmasi Navoiy viloyati Nurota tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/04-04-609-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir gektar erga sarflanadigan yonilg‘i-moylash materiallarini 35 foizga, mehnat sarfini 34 foizga, foydalanish xarajatlarini esa 54 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;
ko‘chat o‘tqazish qurilmasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstrktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (“BMKB-Agromash” AJ ning 2024-yil 4-oktyabrdagi 01-85-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqqa uzlukli-tasmali ishlov berish bilan bir vaqtda tuvakchalarda etishtirilgan fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatlarini o‘tqazish qurilmasini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish