Gavxaroy Isroiljon qizining
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm terminologiyasining sistem-struktur va antroposentrik tadqiqi (Ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma  tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil575.
Ilmiy maslahatchi: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Oybek Saporboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida turizm terminologiyasining sistem-struktur va antroposentrik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.  
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilida ilk bor turizm terminlari valentliligining o‘ziga xos sistemaviyligi, differensialligi, monosemiklikka intilish tendensiyalari, uslubiy betarafligi, xususiyatlari, turizm terminologiyasining terminologik maydoni transformatsion belgilari aniqlanib, ularning konseptual, demografik va test o‘tkazish modellari asosida kognitiv va lingvokulturologik xususiyatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi turizm terminologik qatlamining semantik va pragmatik jihatlari, o‘zaro ijtimoiy-madaniy asoslarini o‘rganish orqali har ikkala tilning leksik qatlamidagi ayrim arxaik va tarixiy leksemalar hozirgi kunda ham yangi mazmunda turistik termin sifatida lug‘atlarda talqin etilishini hamda nutq sathini boyitishi misollar yordamida dalillandi va tillarning terminologik fondini birlashtirish tendensiyasi aniqlangan;
turizm terminlarining sistem-struktur shakllanishida tarixiy jarayon hamda madaniyat omillarining ta’siri ostida o‘zlashtirilgan turizm terminlarining mantiqiy-tarkibiy, derivatsion, kognitiv va semantik xususiyatlari tahlil qilingan;
turistik agentliklar veb-saytlaridagi, gid-tarjimon faoliyatidagi jarayon matnlarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga hamda o‘zbek tilidan ingliz tiliga o‘girishda o‘zaro tarjima muammolari va tillararo tafovutni muvofiqlashtirish, tarjima kontekstida til va madaniyatning o‘zaro ta’sirini yoritish, turizm terminologiyasi tipologiyasini aniqlash (sinxron va diaxron) va uning kognitiv modelini yaratish usullari asoslangan;
ingliz va o‘zbek turizm terminlarining aktiv va passiv lug‘atlardagi xususiyatlari talqin etilishi orqali leksikografiya tendensiyalari asosida zamonaviy tilshunoslikda sayyohlik terminlari tarjimasiga oid tavsiyalarning yetarli emasligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizm terminlarining sistem-struktur va antroposentrik tadqiqi masalalari, nutqdagi vazifalarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi turizm terminologik qatlamining semantik va pragmatik jihatlari, o‘zaro ijtimoiy-madaniy asoslarini o‘rganish orqali har ikkala tilning leksik qatlamidagi ayrim arxaik va tarixiy leksemalar hozirgi kunda ham yangi mazmunda turistik termin sifatida lug‘atlarda talqin etilishi hamda nutq sathini boyitishini misollar yordamida dalillash; tillarning terminologik fondini birlashtirish tendensiyasini aniqlash kabi masalalar yechimidan darslikdagi badiiy asarlar ingliz tilidagi misollari bilan nazariy masalalarni boyitishda Andijon davlat chet tillari instituti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Gavxaroy Isroiljon qizining 2021-yildagi “Hayot-2020” (nashriyoti tomonidan 5111400-Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) va 61010500-Gid hamrohligi va tarjimon faoliyati bakalavriyat ta’lim yonalishlari talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi tavsiayasi bilan chop etilgan (2021-yil 1-mart 110-sonli buyrug‘i bilan guvohnoma №110-229 A.Toshqulov imzosi bilan) “Easy Reading Selection from English Literature” darsligidan foydalanilgan (Andijon davlat univarsitetining 2024-yil 8-avgustdagi 39/02-456-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning tarjima jarayonidagi qiyinchiliklari bartaraf etilishini va nutqdagi kommunkatsion samaradorligini sezilarli ortishiga erishilgan.
          ingliz va o‘zbek turizm terminlarining aktiv va passiv lug‘atlardagi xususiyatlari talqin etilishi orqali leksikografiya tendensiyalari asosida zamonaviy tilshunoslikda sayyohlik terminlari tarjimasiga oid tavsiyalarning yetarli emasligini isbotlanganligi va yaratilgan lug‘atlardan hamda sayyohlar bilan muloqot diskursi muammolari va ularni bartaraf etish borasidagi nazariy fikrlaridan, tizimlashtirilgan turistik terminlaridan amaliyotda gid tarjimonlar tomonidan faol qo‘llanildi va ushbu tadqiqot ishi doirasida to‘plangan materiallar, qo‘yilgan muammolarni tadqiq etish natijasida chiqarilgan xulosa va umumlashtirilgan fikrlaridan ingliz tilini yosh avlodga o‘qitish bo‘yicha axborot-komunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratishda manba bo‘lib, turizm terminosistemaga oid birliklarning izohlarini yoritishda xizmat qilgan, shuningdek, ingliz tilida terminlarni tizimlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy tavsiyalardan sayyohlar uchun broshuralar, e’lon namunalari hamda festival ssenariylarini tayyorlashda Namangan viloyati Namangan shahridagi “Ziyaran Travel MChJ” turistik agentligi ish faoliyatida foydalanilgan (Namangan viloyati “Ziyaran Travel MChJ” turistik agentligining 2023-yil 13-sentyabrdagi 03.13-09-2023-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni, ayniqsa, turizm sohasini rivolantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan.
         turizm terminlarining gid tarjimonlar orqali tarjima kontekstida til va madaniyatning o‘zaro ta’sirini yoritish, turizm terminologiyasi tipologiyasini aniqlash (sinxron va diaxron) va uning kognitiv modelini yaratish, shu bilan birga, o‘rganilayotgan tillarning terminologik fondini birlashtirish tendensiyasini aniqlash hamda turizm terminlarining system-struktur shakllanishida tarixiy jarayon hamda madaniyat omillarining ta’siri ostida o‘zlashtirilgan turizm terminlarining mantiqiy-tarkibiy, derivatsion, kognitiv va semantik xususiyatlari o‘rganish kabi masalalar echimidan oliy ta’limi jarayonini muloqot kompetensiyasini va ta’limiy turizm xalqarolashuvini rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishda Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi A.Najmeddinov rahbarligida S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlari byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihasi doirasidagi ta’limiy, madaniy sohadagi tadbirlar, amaliy loyiha ishlarida, jumladan, loyiha doirasida yaratilishi rejalashtirilgan ilmiy-metodik tavsiyalami ishlab chiqishda foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 28-fevraldagi 249/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda turizm madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan.
ingliz va o‘zbek tillarida ilk bor turizm terminlarining o‘ziga xos sistemaviyligi, differensialligigi, monosemiklikka intilish tendensiyalari, uslubiy betarafligi kabi xususiyatlari ochib berilganligi; turizm terminologiyasining terminologik maydoni transformatsion belgilari aniqlanganligi, ularning konseptual, demografik va test o‘tkazish modellari asosida kognitiv va lingvokulturologik tahlili amalga oshirilganlik kabi ilmiy tavsiya va hulosalaridan Namangan davlat universiteti “Amaliy ingliz tili” kafedrasi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) D.M. Sarimsaqova boshchiligida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining Alumni Outreach Program dasturi doirasida 2020-2021-yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan S-UZ800-20-IN-0106 raqamli “Virtual Workshop on Collaborative Action Research for English Teachers” amaliy loyihada foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2023-yil 20-oktyabrdagi 722-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivolantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan.
        tadqiqot jarayonida amalga oshirilgan tahlillar natijalari va materiallaridan Eron Islom Respublikasi Mashxad shahri Fidavsiy universiteti ingliz tili o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Morteza Amirshaybaniy tomonidan o‘tiladigan pragmatika, linguistika ma’ruza kurslarida leksikologiya, leksikografiya, tilshunoslik fanlarini boshqarish, shuningdek, ingliz tili bo‘limidagi nazariy va amaliy kurslarni takomillashtirish uchun tahlillar chog‘ida foydalanilgan. Shuningdek, tadqiqot natijasida erishilgan ilmiy hulosa va natijalar chog‘ishtirma lingvistika, lingvokulturologiya va pragmalingvistika sohalarida izlanishlar olib borayotgan magistrrantlar hamda doktorantlar uchun mavzu yuzasidan atroflicha bilimlarga ega bo‘lishida foydalanilgan (Morteza Amirshaybaniy imzosi bilan ma’lumotnoma 14 noyabr 2023-yil, e-mail: m.amirsheybani@im.ac.ir). Natijada, ma’ruzalarning nazariy jihatdan takomillashuviga va boyitilishi ta’minlangan, amaliy ahamiyati oshirilgan, leksikologiya, terminologiya, linvokulturalogiya, lingvopragmatika bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchilarga ushbu sohalarga oid bilimlari chuqurlashuvi va kengayishiga erishilgan.
         tadqiqot jarayonida amalga oshirilgan tahlillar natijalari va materiallaridan Amerika, Greensboro, 5800 W. Friendly Avenue, Guilford kollegi “Zamonaviy tilshunoslik” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, dotsenti Alfonso Abad Manchefio tomonidan o‘tiladigan pragmatika, linguistika ma’ruza kurslarida leksikologiya, leksikografiya, tilshunoslik fanlarini boshqarish, shuningdek, ingliz tili bo‘limidagi nazariy va amaliy kurslarni takomillashtirish uchun tahlillar chog‘ida foydalanilgan. Shuningdek, tadqiqot natijasida erishilgan ilmiy hulosa va natijalar chog‘ishtirma lingvistika, lingvokulturologiya va pragmalingvistika sohalarida izlanishlar olib borayotgan magistrantlar hamda doktorantlar uchun mavzu yuzasidan atroflicha bilimlarga ega bo‘lishida foydalanilgan (Alfonso Abad Manchefio imzosi bilan ma’lumotnoma 23-oktyabr 2023-yil, e-mail: amanchen@guilford.edu). Natijada, ma’ruzalarning nazariy jihatdan takomillashuviga va boyitilishi ta’minlangan, amaliy ahamioyati oshirilgan, leksikologiya, terminologiya, lingvokulturalogiya, lingvopragmatika bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchilarga ushbu sohalarga oid bilimlari chuqurlashuvi va kengayishiga sabab bo‘lgan.
turistik agentliklar veb-saytlaridagi, gid-tarjimon faoliyatidagi jarayon matnlarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga hamda o‘zbek tilidan ingliz tiliga o‘girishda o‘zaro tarjima muammolari va tillararo tafovutni muvofiqlashtirish, tarjima kontekstida til va madaniyatning o‘zaro ta’sirini yoritish, turizm terminologiyasi tipologiyasini aniqlash(sinxron va diaxron) va uning kognitiv modelini yaratish usullari bilan bog‘liq masalalarga eʼtibor berilgan va ma’lumotlar natijasida radio tinglovchilar turizm terminologiyasiga oid funksional-madaniy so‘zlar va ingliz va o‘zbek tillariga xos lingvomadaniy terminlar tarkibini aniqlash, ingliz va o‘zbek tillarida turizm terminologiyasi va terminlar tarjimalarning qayta yaratish masalasi hamda tarjima usullarini taklif qilish tomonlari haqida ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, nomli eshittirishlarida foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining  2023-yil 19 sentyabrdagi 04-36-1410-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda turizm terminlarini o‘rganish, uning diskursiv omillari va ular tarjimalarida lingvomalaniy xususiyatlar uslubiy jihatdagi chegaralangan leksika paydo bo‘lishligining o‘ziga xos jihatlari kabi ilmiy qarashlar va faktlar bilan boyitib berishda o‘ziga xoslik ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish