Fayzimurodov Jasur Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oq jo‘xorining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ekish muddatlari va me’yorlarining ta’siri (Jizzax viloyatining kuchsiz sho‘rlangan tuproqlari misolida)”, 06.01.08-O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1405
Ilmiy rahbar Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, PhD.05/28.08.2024.Qx.182.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmatmurodov Alisher Ulmasovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, dotsent; Nazarov Xudoyberdi Kuydimurodovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jizzax viloyatining kuchsiz sho‘rlangan bo‘z-o‘tloqi tuproqlari sharoitida oq jo‘xori navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul ekish muddati va me’yorlarini belgilash hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Jizzax viloyatining kuchsiz sho‘rlangan bo‘z-o‘tloqi tuproqlari sharoitida oq jo‘xorining O‘zbekiston 5 va O‘zbekiston 18 navlari uchun maqbul ekish muddati 15-aprel hamda O‘zbekiston 5 navida 138,0 ming dona/ga (60x12 sm) va O‘zbekiston 18 navida 110,0 ming dona/ga (60x15 sm) me’yorlari ishlab chiqilgan;
kuchsiz sho‘rlangan erlarda maqbul ekish muddati (15.04) va me’yorlarida (138,0 ming dona/ga, 110,0 ming dona/ga) oq jo‘xori navlarida amal davri oxirida saqlanib qolgan o‘simliklar miqdori 83,5-83,3 %, barg yuzasi 26,7-39,7 ming m2/ga, fotosintetik potensial 2,95-5,51 mln m2/ga, fotosintez sof mahsuldorlik 4,87-3,19 g/m2*sutka yuqori bo‘lishi isbotlangan;
oq jo‘xoridan yuqori va sifatli don (59,7-75,6 s/ga) va quruq biomassa (107,4-128,5 s/ga) hosil olish uchun 15-aprel muddatida O‘zbekiston 5 navini 138,0 ming dona/ga, O‘zbekiston 18 navini 110,0 ming dona/ga me’yorida ekish eng maqbul ekanligi ilmiy asoslangan.
oq jo‘xori O‘zbekiston 5 va O‘zbekiston 18 navlarini maqbul ekish muddati (15.04) va me’yorlarida (138,0 ming dona/ga, 110,0 ming dona/ga) parvarishlash sof foydani 10641,2-17045,6 ming.so‘m/ga, rentabellikni 73,2-117,2 % ga yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jizzax viloyatining kuchsiz sho‘rlangan bo‘z-o‘tloqi tuproqlari sharoitida oq jo‘xori navlarini ekish muddatlari va me’yorlarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun “Jizzax viloyati sharoitida oq jo‘xorini ekish muddati va me’yorlari bo‘yicha” tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi № 05/06-04-594-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma dehqon va fermer xo‘jaliklarida oq jo‘xori etishtirishda qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;
Jizzax viloyatining kuchsiz sho‘rlangan tuproqlari sharoitida oq jo‘xorining O‘zbekiston 5 navini 15-aprel muddatida 138 ming dona/ga hamda O‘zbekiston 18 navini 110 ming dona/ga me’yorlarida parvarishlash agrotexnologiyasi 2022-2023-yillarda Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 37,5 gektar, Zafarobod tumanida 7,2 gektar, jami viloyat bo‘yicha 44,7 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12-noyabrdagi № 05/06-04-594-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oq jo‘xori navlari don hosildorligi 48,1-54,2; 59,2-64,3 s/gani tashkil etib, 1-may muddatida 184 ming dona/ga me’yorida ekilganga nisbatan 2,2-3,1 va 5,2-6,1 s/ga qo‘shimcha don hosili olingan.
Jizzax viloyati kuchsiz sho‘rlangan bo‘z o‘tloqi tuproqlari sharoitida oq jo‘xori navlarini asosiy ekin sifatida 15-aprel muddatida O‘zbekiston 5 navi 138 ming dona/ga, O‘zbekiston 18 navi 110 ming dona/ga me’yorlarida ekib parvarishlash agrotexnologiyasi Paxtakor, Zafarobod tumanlarida joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi № 05/06-04-594-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu agrotexnologiyani qo‘lash orqali navlar bo‘yicha gektaridan 8,56-9,63, 13,30-14,43 mln. so‘mgacha sof foyda olingan hamda 58,8-66,2, 91,5-99,2 foiz rentabellik darajasiga erishilgan.