Yusupalieva Kamola Baxodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pastki jag‘ gipoplaziyasi bo‘lgan bolalarni erta tashxis qo‘yish va davolash» 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.3PhD/Tib3058.
Ilmiy rahbar: Yakubov Raxim Kamilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01
Rasmiy opponentlar: Boymurodov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shukparov Asilbek Bayadilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Kuban` davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pastki jag‘ gipoplaziyasi bo‘lgan bolalarni tashxislash va konservativ davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
an’anaviy jarrohlik usullari (pastki jag‘ shoxini rekonstruksiya qilish, distraksion osteogenez, auto-suyak plastikasi) jarrohatli va ko‘pincha takroriy deformatsiyaga yoki asoratlarga olib kelishi aniqlangan;
mahalliy va umumiy metabolik jarayonlarning buzilishiga, suyaklarning progressiv qayta tiklanishiga va asoratlarning rivojlanishiga, osteoklastik jarayonni qo‘zg‘atishiga sabachi bo‘ladigan umumiy omillar aniqlangan;
ilk bor pastki jag‘ni erta davolovchi pozisiyalashni an’anaviy hamda taklif qilinayotgan konstruksiyalar qo‘llash orqali kompleks konservativ davolash algoritmi ishlab chiqilgan;
pastki jag‘ning turli xil gipoplaziyalarini ishlab chiqilgan davolovchi pozisiyalashni qo‘llash usulidagi algoritm buyicha kompleks konservativ davolashning yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pastki jag‘ gipoplaziyasi bo‘lgan bolalarni erta tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida tadqiqot ishi amalga oshirilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi №8/12 xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: an’anaviy jarroxlik usullarning (shoxining rekonstruksiyasi, distraksion osteogenez, autosuyak plastikasi) jarrohatli ekanligi va ko‘pincha deformatsiyaning yoki asorat va residiv bilan tugashi, ularning sabablari esa o‘rganilmaganligi aniqlangan. An’anaviy usullar bilan amaliyotda davolash jarayoni bolalarning pastki jag‘ gipoplaziyasi bilan bog‘liq holatlarining ko‘p jihatlariga kompleks diagnostika va ob’ektiv baholashsiz amalga oshiriladi, shuningdek, foydalanilayotgan rentgenologik usullar va ularning an’anaviy talqini yuz-jag‘ sohasi holatini va davolash samaradorligini baholash imkonini bermaydi. Ilmiy yangilikning mazmuni Toshkent davlat stomatologiya institutining Muvoffiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 31 may 2023 yilda tasdiqlangan «Pastki jag‘ni gipoplaziyasi bolalarda ko‘p spiralli kompyuter tomografiyasining axborotligini baholash» mavzusidagi uslubiy tavsiyalarda hamda Toshkent davlat stomatologiya institutining Muvoffiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 19 iyun` 2023 yilda tasdiqlangan «Pastki jag‘ni gipoplaziyasi bo‘lgan bolalarni tashxislashda fanlararo yondashuvni qo‘llash» mavzusidagi tavsiyalar joylashtirilgan. Bu tavsiyalar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2 oktyabr` 2024 yilda №59 , № 60 son buyrug‘lari va bolalar Milliy tibbiyot markazining 1 iyundagi 2023 yildagi №1-09/67/1son buyrug‘iga asosan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: operatsiyalarning kech muddatlarda o‘tkazilishi (16 yoshdan keyin) va jarrohatli xirurgik davolash usullarining samarasizligi hamda murakkabligi, asoratlar va residivlar, ularni amalga oshirishni cheklashga, erta tashxislash usullarini rivojlantirish talabini asoslashga, shuningdek, bolalarning yoshiga mos keladigan ehtiyotkor konservativ usullarni ishlab chiqishga sabab bo‘ladi, bu bolalarning sog‘lig‘ini yaxshilash, ruhiy -emotsional holatini va ijtimoiy moslashuvini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bir shaxs uchun yuqori va pastki jag‘larni osteotomiya operatsiyasi uchun 4788506 so‘m, autosuyak plastikasini o‘z ichiga olgan osteotomiya operatsiyasi uchun esa 6148506 so‘m talab etiladi. Natijalarni bashorat qilish va erta kompleks diagnostika yordamida konservativ usulni asoslash, gospitalizatsiya va amaliyot usullariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini beradi. Bu davlat byudjetiga statsionar davolash va operatsiyalarni amalga oshirish uchun sarf-harajatlarni tejashga imkon yaratgan. Xulosa: operatsiyadan keyingi asoratlarning erta bashorat qilish, gipoplaziyaning faktorlarini diagnostika qilish, shuningdek, yuz-jag‘ sohasidagi struktura va funksional buzilishlarning rivojlanishini bashorat va profilaktika qilish usullarini ishlab chiqish, ko‘p bosqichli operatsiyalar bilan davolashga bog‘liq ko‘rsatmalarni asoslash, ehtiyotkor konservativ usullarni ishlab chiqish zarurligini aniqlash, sog‘liqni yaxshilash, ruhiy-emotsional holat va ijtimoiy moslashuvni yaxshilashga ko‘maklashdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: mahalliy va umumiy metabolik jarayonlarning buzilishiga, suyaklarning progressiv qayta tiklanishiga va asoratlarning rivojlanishiga, osteoklastik jarayonni qo‘zg‘atishiga sabachi bo‘ladigan umumiy omillar aniqlangan: anemiya, gemodinamikani o‘zgarishlari, kompensator va moslashish qobiliyatlarning pasayishi, shuningdek LOR-a’zolari, ichak kasalliklari, og‘iz, yutqin va ichakdagi disbiotik kasalliklar. Ilmiy yangilik "Pastki jag‘ gipoplaziyasiga chalinishgan bolalarni diagnostika qilishda fanlararo yondashuvni qo‘llash" mavzusidagi usullar tavsiyasiga kiritilgan, Toshkent davlat stomatologiya institutining Muvoffiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 19 iyundagi №04-p /45 qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu tavsiyalar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida 2024 yil 2 oktyabrdagi №59, 60 buyrug‘i, hamda Bolalar milliy tibbiyot markazi 2023 yil 1 iyundagi №1-09/67/1 buyrug‘i bilan amalga oshirilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: gipoplaziya va asoratlarni sabablarini ilmiy asoslab, ichki a’zolarni kasalliklarini hisobga olgan holda kompleks konservativ davolashning zaruriyatini, estetik va funksional buzilishlarga olib keluvchi omillarni aniqlaydi. Bolaning yosh xususiyatlari va sabablarini hisobga olgan holda, operatsiya usullarini chegaralashning zaruriyati, ularning rivojlanish xavfini aniqlash uchun erta diagnostika o‘tkazish, salomatlik, ruhiy-emotsional holat va ijtimoiy moslashuvni yaxshilaydigan o‘ndashuvlar ishlab chiqish zarurligini asoslab beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: asoratlari profilaktikasi va faqat bir tomonlama bajarilgan osteotomiya operatsiyasida davlat byudjetidan bo‘lgan xarajatlar 4788506 so‘mga, autosuyak plastikasi bilan osteotomiya operatsiyasida esa 6148506 so‘mni tashkil etadi, har bir bemor uchun. Xulosa: sabablarning erta diagnostikasi va operatsiyadan keyingi asoratlarni oldindan bashorat qilish gipoplaziyaga olib keluvchi kasalliklarning aniqlanishi, shuningdek estetik, yuz-jag‘ sohasidagi strukturaviy va funksional buzilishlar, ularning rivojlanishini profilaktika qilish uchun erta kompleks davolashni fanlararo yondashuv bilan amalga oshirish, estetikani, funksional buzilishlarni bartaraf etish, salomatlik, ruhiy-emotsional holat va ijtimoiy moslashuvni yaxshilash uchun konservativ usullarni ishlab chiqish zarurligini asoslab berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: Ilk bor pastki jag‘ni erta davolovchi pozisiyalashni an’anaviy hamda taklif qilinayotgan konstruksiyalar qo‘llash orqali kompleks konservativ davolash algoritmi ishlab chiqilgan; ilmiy tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda, ilmiy yangilikning mazmuni Toshkent davlat stomatologiya institutining Muvoffiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 31 may 2023 yilda tasdiqlangan «Pastki jag‘ni gipoplaziyasi bolalarda ko‘p spiralli kompyuter tomografiyasining axborotligini baholash» mavzusidagi uslubiy tavsiyalarda hamda shu kengashni 19 iyun` 2023 yilda tasdiqlangan «Pastki jag‘ni gipoplaziyasi bo‘lgan bolalarni tashxislashda fanlararo yondashuvni qo‘llash» mavzusidagi tavsiyalar joylashtirilgan. Bu tavsiyalar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2 oktyabr` 2024 yilda №59va № 60 son buyrug‘i va bolalar Milliy tibbiyot markazining 1 iyundagi 2023 yildagi №1-09/67/1son buyrug‘iga asosan joriy etilgan. Pastki jag‘ gipoplaziyali bolalarni kompleks reabilitatsiya qilishda, pastki jag‘ni davolovchi pozisiyalash, kappasimon apparati, statsionar yoy va an’anaviy plastinkali apparatlardan foydalanish algoritmi asoslanib ishlab chiqilgan, undan foydalanilganda umumiy holatni yaxshilash, funksional buzilishlarni bartaraf etish, yuz estetikasini, a’zolar va suyaklarning shakli va o‘lchamlarini yaxshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu davolash algoritmini qo‘llash somatik va emotsional holatni bir vaqtda yaxshilashga, yuz estetikasini normallashtirishga va gipoplaziyaning rivojlanishini oldini olishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: gospitalizatsiyaga qo‘yilgan ko‘rsatmalarning kamayishi va faqat bir tomonlama operatsiya bilan yuqori va pastki jag‘larni osteotomiyasini amalga oshirmaslik orqali davlat byudjetiga sarf-xarajatlarning 4788506 so‘mga, autosuyak plastikasini qo‘shgan holda 6148506 so‘mga arzonlashishi ta’minlanadi. Xulosa:, gipoplaziyaga ta’sir etuvchi kasalliklarni, hamda estetik, strukturaviy va funksional buzilishlarning e’tiborga olgan xolda fanlararo yondashuv orqali erta kompleks davolash rivojlanishini profilaktika qilishga yordam beradi va funksional buzilishlarni baotaraf etib, yuz estetikasini, salomatlik ko‘rsatqichlarini ruhiy -emotsional holatni va ijtimoiy moslashuvni yaxshilovchi, extiyotkorli konservativ usullarni ishlab chiqishni asosladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: turli xil gipoplaziya tiplarini kompleks konservativ davolashda pastki jag‘ni davolovchi pozisiyalashni qo‘llashning yuqori samaradorligi isbotlangan, bu o‘sish va shakllanishga yordam beradi, umumiy holatni yaxshilashga, yuz estetikasini meyyorlashtirishga, rekonstruktiv va suyakplastik operatsiyalarga ko‘rsatmalarni kamaytirishga olib keladi; pastki jag‘ gipoplaziyasini davolashda erta davolovchi pozisiyalash va an’anaviy hamda taklif etilgan konstruksiyalarning ortodontik apparatlarini qo‘llash orqali kompleks konservativ davolash algoritmini joriy qilish tibbiy yordamning sifatini, bemorlarning umumiy holatini, yuz estetikasining nisbatlarini yaxshilash, ko‘p bosqichli operatsiyalarga, masalan, distraksion osteogenez, suyakplastikasiga ko‘rsatmalarni qisqartirish va shu bilan birga pastki jag‘ gipoplaziyalik bolalarning hayot sifatini yaxshilash, rivojlanish va nogironlikni oldini olishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu davolash algoritmini qo‘llash bir vaqtda yuz estetikasini meyyorlashtirish, somatik va emotsional holatni, salomatlik ko‘rsatkichlarini , ruhiy-emotsional holatni yaxshilashga va bolalarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: davolash boshlangandan avval operatsiyaga ko‘rsatmalar 67,25% bo‘lgan bo‘lsa, davolashni tugatgandan keyin bu ko‘rsatmalar 34,6% gacha kamaydi. Statsionar davoga qo‘yilgan ko‘rsatmalarning pasayishi va faqat bir tomonlama osteotomiya operatsiyasini amalga oshirishmaslik orqali davlat byudjetiga sarf-xarajatlar tejamkorligi 4788506 so‘mni tashkil etsa, autosuyak plastikasini bajarilmaganda 6148506 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: erta diagnostika va davolash, gipoplaziyaga olib keluvchi kasalliklarni , estetik, strukturaviy hamda funksional buzilishlarni hisobga olib, erta kompleks davolashni fanlararo yondashuv orqali amalga oshirishga imkon berdi, shuningdek, yuz estetikasini yaxshilash, funksional buzilishlarni bartaraf etish va bolalarning psixo-emotsional holati hamda ijtimoiy moslashuvini yaxshilash uchun engil konservativ usullarni ishlab chiqish zarurati asoslandi.