Rizaeva Mexriban Axmadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Miokard infarktida uglevod almashinuvining buzilishi va gipoglikemik terapiya imkoniyatlari”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar va 14.00.03– Endokrinologiya;
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3514.
Ilmiy rahbarlar: Badritdinova Matlyuba Najmidinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Shamansurova Zulayxo Muralimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shaxnoza Kadirjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Ravshanbek Bobojonivich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda turli darajadagi uglevod almashinuvi buzilishlarining tarqalishini, prognostik ahamiyatini, shuningdek, gipoglikemik terapiyaning erta va kechki yurak qon-tomir asoratlari xavfiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda uglevod almashinuvi buzilishlarining uchrashi qandli diabet 2-tur va tranzitor giperglikemiya bilan bog‘liqligi hamda qayd qilingan o‘lim holatlarida qandli diabet 2-turi bor bemorlar ko‘p ekanligi aniqlangan bo‘lib, mos ravishda qondagi glyukoza miqdorining maqsadli ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lishi fatal yurak qon-tomir asoratlari bilan qo‘shilib keladigan erta o‘lim sabablaridan biri bo‘lgan xavf omili ekanligi asoslangan;
miokard infarktini o‘tkazgan va uglevod almashinuvi buzilishi bo‘lgan bemorlarda glikemik profil o‘rtacha qiymati davolanishning uchinchi kunida kamayib, to‘rtinchi yoki beshinchi kunlarda oshishi, Charlson indeksining 5 va 6 ballga teng bo‘lishi - bemorlarni 10 yillik yashovchanligining kamayishi, ularni yurak qon-tomir asoratlaridan o‘rtacha har 3 oyda vafot etish ehtimoli juda yuqori bo‘lishi aniqlangan;
miokard infarktini o‘tkazgan qandli diabet 2-tur, tranzitor giperglikemiya va uglevod almashinuvi buzilishi bo‘lmagan guruhlarga mansub bemorlarda hayot sifati ko‘rsatkichlarini BREF so‘rovnomasi asosida jismoniy va psixologik sfera, atrof-muhit omillari, ijtimoiy munosabatlar va mustaqillik darajasi ko‘rsatkichlarini baholash isbotlangan;
miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda qondagi glyukoza miqdori va Charlson indeksini inobatga olgan holda o‘lim havfini bashoratlovchi maxsus yaratilgan modifikatsiya hamda miokard infarktida uglevod almashinuvi buzilishini muvofiqlashtirish, davolash jarayonini optimallashtirish va oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish bemorlar hayot sifatini yaxshilashga, erta va kechki yurak qon-tomir asoratlarining kamayishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Miokard infarktida gipoglikemik terapiya imkoniyatlarini takomillashtirish» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/47-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda uglevod almashinuvi buzilishlarining uchrashi qandli diabet 2-tur va tranzitor giperglikemiya bilan bog‘liqligi hamda qayd qilingan o‘lim holatlarida qandli diabet 2-turi bor bemorlar ko‘p ekanligi aniqlangan bo‘lib, mos ravishda qondagi glyukoza miqdorining maqsadli ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lishi fatal yurak qon-tomir asoratlari bilan qo‘shilib keladigan erta o‘lim sabablaridan biri bo‘lgan xavf omili ekanligi asoslangan; miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda uglevod almashinuvi buzilishlarining uchrashi qandli diabet 2-tur va tranzitor giperglikemiya bilan bog‘liqligi hamda qayd qilingan o‘lim holatlarida qandli diabet 2-turi bor bemorlar ko‘p ekanligi aniqlangan bo‘lib, mos ravishda qondagi glyukoza miqdorining maqsadli ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lishi fatal yurak qon-tomir asoratlari bilan qo‘shilib keladigan erta o‘lim sabablaridan biri bo‘lgan xavf omili ekanligi asoslangan; Ijtimoiy samaradorligi: miokard infarktini o‘tkazgan qandli diabet 2-tur bor va tranzitor giperglikemiyali bemorlarda yurak qon-tomir asoratlarini erta bartaraf etish hisobiga ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarni kamaytirishga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: miokard infarktini o‘tkazgan qandli diabet 2-tur bor va tranzitor giperglikemiyali bemorlarda glikemiyani muntazam nazorat qilish orqali statsionarda davolanish kunining kamayishi sarflanadigan byudjet xarajatlarini 283 920 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan.  Xulosa: miokard infarktini o‘tkazgan qandli diabet 2-tur bor va tranzitor giperglikemiyali bemorlarda muntazam glikemiya darajasini erta aniqlash lozim.
ikkinchi ilmiy yangilik: miokard infarktini o‘tkazgan va uglevod almashinuvi buzilishi bo‘lgan bemorlarda, glikemik profil o‘rtacha qiymati davolanishning uchinchi kunida kamayib, to‘rtinchi yoki beshinchi kunlarda oshishi, shuningdek, Charlson indeksining 5 va 6 ballga teng bo‘lishi - bemorlarni 10 yillik yashovchanligining kamayishi, ularni yurak qon-tomir asoratlaridan o‘rtacha har 3 oyda vafot etish ehtimoli juda yuqori bo‘lishi aniqlangan; Ijtimoiy samaradorligi: miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda komorbid kasalliklar va glikemiyaning maqsadli ko‘rsatkichlari aniqlashga asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: miokard infarktini o‘tkazgan yurak qon-tomir kasalliklarini oldini olish maqsadida shifokor nazorati ostida standart bo‘yicha glikemiya, 3 oydan so‘ng glikirlangan gemoglobinni aniqlash tahlili 63000 so‘mni tashkil etadi. Bemor o‘z vaqtida davolanmasa, hamda ahvoli og‘irlashsa, asoratlar kuzatilganda chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi kerak bo‘ladi. Natijada tekshirish usullariga koronografiya (bir bemor hisobidan) o‘rtacha 2500000 so‘m sarflanadi. Profilaktika chora-tadbirlari o‘z vaqtida amalga oshirilsa, umumiy xarajatlardan har bir bemor uchun 2500000 so‘m tejaladi. Xulosa: miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda maqsadli glikemiyaga erishish orqali erta o‘lim va infarktdan keyingi erta va kechki yurak qon-tomir asoratlarini oldini olish lozim.
uchinchi ilmiy yangilik: miokard infarktini o‘tkazgan qandli diabet 2-tur, tranzitor giperglikemiya va uglevod almashinuvi buzilishi bo‘lmagan guruhlarga mansub bemorlarda hayot sifati ko‘rsatkichlarini BREF so‘rovnomasi asosida jismoniy va psixologik sfera, atrof-muhit omillari, ijtimoiy munosabatlar va mustaqillik darajasi ko‘rsatkichlarini baholash ilmiy-amaliy isbotlangan; Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda xayot sifatini baholovchi mahsus so‘rovnomani o‘tkazish orqali ulardagi jismoniy va psixologik, mustaqillik darajasi, ijtimoiy munosabatlar va atrof-muhit omillari sferalari baholandi. O‘tkazilgan so‘rovnoma usullari asosida qandli diabetni erta tashhislash, nogironlik va asoratlar rivojlanishini oldini olish choralarini belgilaydi, hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: xayot sifatini baholashda bemorlarda mehnatga layoqatsizlik darajasi oshish ehtimolligi, bu esa o‘z navbatida ruhiy buzilishlarni oldini olishda psixologik yondashuv uchun har bir bemorga 110000 so‘m sarflanishi talab qiladi. Ushbu psixologik yondashuvni oldini olish maqsadida gipoglikemik terapiyani to‘g‘ri olib borish orqali har bir bemor uchun 110000 so‘m tejaladi. Xulosa: miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda mehnatga layoqatlilikni oshirishda ruhiy holatni tiklash uchun hayot sifatini baholovchi so‘rovnomani o‘tkazish lozim.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda qondagi glyukoza miqdori va Charlson indeksini inobatga olgan holda o‘lim havfini bashoratlovchi maxsus yaratilgan modifikatsiya hamda miokard infarktida uglevod almashinuvi buzilishini muvofiqlashtirish, davolash jarayonini optimallashtirish va oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish bemorlar hayot sifatini yaxshilashga, erta va kechki yurak qon-tomir asoratlarining kamayishiga asoslangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miokard infarktini o‘tkazgan  bemorlarda uglevod almashinuvi buzilishlarini erta aniqlash algoritmini qo‘llash –statsionar sharoitda va statsionardan keyingi holatlarda erta va kechki yurak qon-tomir asoratlarini rivojlanishini, koronografiya amaliyotlari, teri orqali koronar aralashuvlarni oldini olish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda yurak qon-tomir asoratlarini  oldini olish hisobiga (bir bemor hisobidan) 1419600 so‘m iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda uglevod almashinuvi buzilishlarini erta aniqlash lozim.

Yangiliklarga obuna bo‘lish