Amonov Murod Xalimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda otomikozning tashxisoti va kompleks davosini optimallashtirish» 14.00.04 – Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3019.
Ilmiy rahbar: Voxidov Ulugbek Nuridinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib59.01.
Rasmiy opponentlar: Arifov Sayfutdin Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Guseynov Nazim Mamed o‘g‘li, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon).
Yetakchi tashkilot: Astana tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: otomikozni tashxislash va kompleks davolash usullarini zamonaviy uzgarishlarni inobatga olgan holda optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buxoro viloyati miqyosida birinchi marta tizimli tahlil yordamida bolalarda otomikozning turli shakllarining uchrashi va endoskopik jihatdan morfofunksional klinik xususiyatlari aniqlangan;
turli yoshdagi bolalarda otomikoz rivojlanishi uchun moyillik tug‘diruvchi omillar sifatida quloqni jarohatlash va immunitet pasayishi yetakchi bo‘lganligi aniqlangan;
otomikoz bilan kasallangan bemor bolalarda yallig‘lanish holatlarining asosiy regulyatorlari bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning keskin ortishi (IL-10) va yallig‘lanish oldi (IL-17) sitokinlarning kamayishi aniqlangan;
tashqi va o‘rta quloq otomikozi bo‘lgan bolalarni kompleks davolashda ozonlangan eritma bilan quloqni yuvish, mahalliy zamburug‘ga qarshi  dori vositasini qo‘llash hamda immunomodulyator dori vositasini qo‘llash yuqori samaradorlikka olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2024 yil 8 iyul 02/17-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarni amaliyotga tadbigi bo‘yicha xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro davlat tibbiyot institutining 2024 yil 24 iyundagi №03/04/5527-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: Buxoro viloyati miqyosida birinchi marta tizimli tahlil yordamida bolalarda otomikozning turli shakllarining uchrashi va endoskopik jihatdan klinik xususiyatlari qiyosiy baholanganligi Buxoro viloyat hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024 yil 20 iyundagi 224 sonli buyrug‘i asosida  Buxoro viloyati Qorako‘l tuman markaziy poliklinikasi, G‘ijduvon tumani tuman markaziy poliklinikasi, Peshku tumani tuman markaziy poliklinikasi, Qorovulbozor tuman markaziy poliklinikasi amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: Buxoro viloyatida bolalarda otomikozning turli shakllarining uchrashi tahlil qilindi va o‘ziga xos klinik xususiyatlari aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: Bolalarda otoskopiyada endoskopik jihatdan otomikozning turli shakllarini klinik xususiyatlarini inobatga olib kasallikni erta aniqlash orqali samaradorlikka erishildi. Yangi yondashuvning joriy etilishi natijasida diagnostika va davolash xarajatlari 768 ming so‘mni tashkil etdi. Bolalar otorinolaringologiga murojaat qilib, ko‘p miqdorda diagnostik tekshiruvlar va asossiz davolanishni buyurganda, 1 million 600 ming so‘mni tashkil etadi. Natijada har bir bola uchun 832 ming so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: bolalarda otomikozning turli shakllarining o‘z vaqtida aniqlash har bir bolaga 832 ming so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bermoqda;
ikkinchi ilmiy yangilik: turli yoshdagi bolalarda otomikoz rivojlanishi uchun moyillik tug‘diruvchi omillar sifatida quloqni jarohatlash va immunitet pasayishi yetakchi bo‘lganligi aniqlangan. Natijalar Buxoro viloyat hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024 yil 20 iyundagi 224 sonli buyrug‘i asosida Buxoro viloyati Qorako‘l tuman markaziy poliklinikasi, G‘ijduvon tumani tuman markaziy poliklinikasi, Peshku tumani tuman markaziy poliklinikasi, Qorovulbozor tuman markaziy poliklinikasi amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda kasallik rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni inobatga olgan holda tashxislash amalga oshirildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda quloqni jarohatlash va immunitet pasayishi otomikoz kasalligini yetakchi sabablari bo‘lganligi sababli kasallik kelib chiqishining oldi olindi. Xulosa: otomikoz bo‘lgan bolalarni tashxislashning yangi taktikasini amaliyotga joriy qilinishi davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini kamaytiradi: otomikozning profilaktika choralariga 687469 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: otomikoz bilan kasallangan bemor bolalarda yallig‘lanish holatlarining asosiy regulyatorlari bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning keskin ortishi (IL-10) va yallig‘lanish oldi (IL-17) sitokinlarning kamayishi aniqlangan. Natijalar Buxoro viloyat hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024 yil 20 iyundagi 224 sonli buyrug‘i asosida Buxoro viloyati Qorako‘l tuman markaziy poliklinikasi, G‘ijduvon tumani tuman markaziy poliklinikasi, Peshku tumani tuman markaziy poliklinikasi, Qorovulbozor tuman markaziy poliklinikasi amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: otomikoz bilan kasallangan bemor bolalarda immunologik tekshiruv orqali sitokinlarning miqdorining o‘zgarishini baholash yordamida kasallikning kechishiga baho berildi. Iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bolaning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 14 kundan 4 kunga (3 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 3500000 so‘mdan 1000000 so‘mga kamaytirdi (Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 250000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 10 kunga qisqartirilishi hisobiga 450 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150000 so‘m dori vositalari sarflanadi); shifoxonada bo‘lish davrining 10 kunga qisqartirilishi hisobiga 117 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 39000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 43800000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: otomikozni davolashni erta davrda amalga oshirilishi 1 nafar bola hisobiga byudjet mablag‘larini 1389000 so‘mga birlamchi ko‘rikga sarflanish, keyingi qayta ko‘riklarga 1033000 so‘m sarflanadi, bir yilda 1 nafar bemorga 4132000so‘m, byudjetdan tashqari dori darmon mablag‘larni 250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tashqi va o‘rta quloq otomikozi bo‘lgan bolalarni kompleks davolashda ozonlangan eritma bilan quloqni yuvish, mahalliy zamburug‘ga qarshi  dori vositasini qo‘llash hamda immunomodulyator dori vositasini qo‘llash yuqori samaradorlikka olib kelishi isbotlangan. Natijalar Buxoro viloyat hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024 yil 20 iyundagi 224 sonli buyrug‘i asosida Buxoro viloyati Qorako‘l tuman markaziy poliklinikasi, G‘ijduvon tumani tuman markaziy poliklinikasi, Peshku tumani tuman markaziy poliklinikasi, Qorovulbozor tuman markaziy poliklinikasi amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: otomikoz bo‘lgan bolalarni kompleks davolashni qo‘llash yuqori samaradorlikka olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bolaning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 14 kundan 4 kunga (3 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 3500000 so‘mdan 1000000 so‘mga kamaytirdi (Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 250000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 10 kunga qisqartirilishi hisobiga 450 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150000 so‘m dori vositalari sarflanadi); shifoxonada bo‘lish davrining 10 kunga qisqartirilishi hisobiga 117 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 39000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 43800000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: otomikozni davolash erta davrda amalga oshirilishi 1 nafar bola hisobiga byudjet mablag‘larini 1389000 so‘mga birlamchi ko‘rikga sarflanish, keyingi qayta ko‘riklarga 1033000 so‘m sarflanadi, bir yilda 1 nafar bemorga 4132000so‘m, byudjetdan tashqari dori darmon mablag‘larni 250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish