Rixsimbaev Odiljon Kabildjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asosiy fondlar qiymatini baholashning ilmiy-metodologik asoslarini modellashtirish”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt689.
Dissegtatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat yuritayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar sifatida: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Makroiqtisodiy siyosat va prognozlash kafedrasi professori, i.f.d. Berkinov Bazarbay Berkinovich, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Marketing va raqamli iqtisodiyot kafedrasi mudiri i.f.d., professor Kenjabaev Amon Turgunovich, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi professori, i.f.d. Sauxanov Janibek Kazievich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Asosiy fondlar qiymatini baholashning ilmiy-metodologik asoslarini modellashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “baholash faoliyati” deganda standart talablariga muvofiq, xolislik, malakalilik, mustaqillik va mavjud cheklovlarni hisobga olgan holda aktivlar va majburiyatlarning adolatli qiymatini aniqlash asosida xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmlarini takomillashtirish, kapital harakati va bozorlar ochiqligini ta’minlash, tartibga solish va boshqarish faoliyati nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
asosiy fondlar va obektlar mol-mulkini baholashning bozor qiymatining bahosi va muqobil baholash orasidagi noaniqlikni baholanayotgan obekt va tanlangan analoglarni o‘rtacha kvadratik og‘ish darajasi oralig‘ini 30 foiz meʼyoriy miqdorda belgilash asosida baholash ishonchligini ta’minlash asoslangan;
qiyosiy yondashuvdan foydalangan holda baholash obektining bozor qiymatini aniqlashda korxonaning ustav kapitalini shakllantirishni nihoyasiga etkazish sanasi bilan baholash o‘tkazish sanasi o‘rtasidagi davr mobaynida inflyasiya koeffisientini hisobga olish asosida baholashdagi noaniqliklarni kamaytirish taklifi asoslangan;
baholash faoliyatida aktivlarni baholash bilan bog‘liq masalalarni optimallashtirish va tartibga solish, keraksiz ma’muriy to‘siqlarni va ushbu masalalarni tartibga solishning eskirgan mexanizmlarini bartaraf etishda o‘zini-o‘zi boshqarishni o‘z ichiga oluvchi tizimini shakllantirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi daⅴlat aktiⅴlarini boshqarish agentligida baјarilgan baholash xizmatlari ish haјmining xususiylashtirilgan obektlar, baholash faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan sertifikatlar va lisenziyalar sonini hisobga olgan xolda 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari aniqlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asosiy fondlar qiymatini baholashning ilmiy-metodologik asoslarini modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “baholash faoliyati” deganda standart talablariga muvofiq, xolislik, malakalilik, mustaqillik va mavjud cheklovlarni hisobga olgan holda aktivlar va majburiyatlarning adolatli qiymatini aniqlash asosida xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmlarini takomillashtirish, kapital harakati va bozorlar ochiqligini ta’minlash, tartibga solish va boshqarish faoliyati nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 28-dekabrda 3487-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartining “Baholash faoliyatining tushunchalari, ta’riflari va prinsiplari (1-son MBS)” 2-bobni “Asosiy tushunchalar va ta’riflar” ishlab chiqishda qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024-yil 18-noyabrdagi 02/11-17/3407-sonli ma’lumotnomasi) Shuningdek, baholash turli omillarning baholash obektining qiymati miqdoriga ta’sirini aniqlash imkonini beradigan iqtisodiy prinsiplar bo‘yicha xorijiy tajribadan kelib chiqqan takliflari 3-bobda aks ettirilgan “Baholash prinsiplari”da inobatga olingan. Bu esa o‘z navbatida baholovchilar tomonidan asosiy fondlarni baholash jarayoniga ma’lum imkoniyatlarni beradi.
asosiy fondlar va obektlar mol-mulkini baholashning bozor qiymatining bahosi va muqobil baholash orasidagi noaniqlikni baholanayotgan obekt va tanlangan analoglarga ta’sir etuvchi omillar asosida o‘rtacha kvadratik og‘ish darajasi oralig‘ini 30 foizga kamaytirish taklifi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 28-dekabrda 3487-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartining Ko‘chmas mulkni baholash (8-son MBS) va Mashina va uskunalarni baholash (11-son MBS) metodikalarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024-yil 18-noyabrdagi 02/11-17/3407-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur takliflar asosida baholanayotgan obektlar mol-mulkini bozor qiymatining haqiqiy bahosini belgilash va tadbirkorlik riskini kamaytirishga erishilgan.
baholash obektining bozor qiymatini qiyosiy yondashuvdan foydalangan holda aniqlashda korxonaning ustav kapitalini shakllantirishni nihoyasiga etkazish sanasi bilan qiymatni baholashni o‘tkazish sanasi o‘rtasidagi davr mobaynida inflyasiya koeffisientini hisobga olish asosida baholashdagi noaniqliklarni kamaytirish asoslangan takliflar Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 28-dekabrda 3487-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartining “Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqi qiymatini baholash” (9-son MBS) va “Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obektlari qiymatini baholash” (11-son MBS) Milliy baholash standartlari metodikalarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024-yil 18-noyabrdagi 02/11-17/3407-sonli ma’lumotnomasi). Natijada baholash jarayonlarining ishonchligi, shaffofligi va izchilligi orqali isteʼmolchilarning baholash xizmatlari sifatidan qanoatlanish darajasini oshishiga erishilmoqda.
Baholash faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar, xususan o‘zini-o‘zi boshqarishni o‘z ichiga oluvchi samarali tizimini shakllantirish va boshqarish zarurligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Qonun loyihasi 2023-yil dekabrda “regulation.gov.uz” portali orqali jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi (ID-90603). (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024-yil 18-noyabrdagi 02/11-17/3407-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu loyiha iqtisodiy islohotlar talablarini inobatga olgan holda aktivlarni baholash bilan bog‘liq masalalarni optimallashtirish va tartibga solish, keraksiz ma’muriy to‘siqlarni va ushbu masalalarni tartibga solishning eskirgan mexanizmlarini bartaraf etish imkonini beradi. Taklif etilayotgan Qonun loyihasining qabul qilinishi qonun osti hujjatlari sonini qisqartirish, baholash faoliyati sohasida huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish va respublika iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalarni jalb qilish imkonini beradi.
Aylanma mablag‘larini boshqarish tizimiga o‘z vaqtida texnologiyani integratsiya qilishning “Just in time” modelini qo‘llash orqali korxonaning asosiy fondlari bozor qiymatini oshirish taklifi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil
28-dekabrda 3487-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartining “Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqi qiymatini baholash” (9-son MBS) Milliy baholash standartini ishlab chiqishda qo‘llanilgan bo‘lib, unda retrospektiv davrdagi pul oqimlari va prognoz qilinayotgan pul oqimlari o‘rtasidagi farqlarni aks ettirish uchun baholanayotgan biznesdan farqli ravishda hisobot berilishi mumkin bo‘lgan o‘xshash korxonalar bilan taqqoslash maqsadida, yoki iqtisodiy haqiqatni aniqroq aks ettirish uchun, zaxirani hisobga olish ma’lumotlariga tuzatishlar kiritish lozimligi nazarda tutilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024-yil 18-noyabrdagi 02/11-17/3407-sonli ma’lumotnomasi). Shu bilan birga, olib borilgan tadqiqotlar natijasida tuzilgan ekonometrik modellar asosida baholovchi tashkilotlar tomonidan tuziladigan baholash bo‘yicha shartnomalar soni 2030-yilda 2023-yilga nisbatan 2,23 barobarga ortishini kuzatish mumkin. Mazkur takliflar baholovchilarga bozor tebranishlari, iqtisodiy tendensiyalar va boshqa tegishli omillar ta’sirini hisobga olish imkonini beradi, bu esa oxir-oqibatda aktivning haqiqiy bozor qiymatini shakllantirishga yordam beradi.