Rasulov Rustam Xayatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Namlangan lyosslarning zilzila ta’sirida o‘ta cho‘kish diformatsiyasi va zamin turg‘unligini baholash», 05.09.02–Asoslar, poydevorlar va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/T131.
Ilmiy maslahatchi: Madjidov Inom Urishevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullabekov Qahhorboy Nasirbekovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Xasanov Askar Zabievich, texnika fanlari doktori, professor; Mardonov Botir Mardonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kuchli zilzilalar ta’sirida lyoss gruntlarda yuzaga keluvchi o‘ta cho‘kish deformatsiyasini va inshoot zaminining yuk ko‘tarish qobiliyatini baholash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
namlangan lyosslardan tashkil topgan zaminlarning zilzila ta’siriga nisbatan turg‘unligini baholashga oid seysmik mustahkamlik mezoni – «seysmik o‘ta cho‘kuvchanlik ostonasi» gruntning mustahkamlik ko‘rsatkichlari va dinamik kuch ta’sirini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
lyossli gruntlarning zilzila ta’sirida zichlanish diformatsiyasini aniqlash yuzasidan gruntning nisbiy cho‘kishini belgilovchi omillar asosida «seysmik o‘ta cho‘kish moduli» usuli ishlab chiqilgan;
namlangagan lyosslar ustida dinamik tadqiqotlar o‘tkazish usuli tebranish jarayonida gruntning bog‘lanish kuchlarining o‘zgarishini hisobga olish evaziga takomillashtirilgan;
namlangagan lyossli zaminlarga nisbatan xavfsiz yukning miqdorini aniqlash usuli tebranish jarayonida yuzaga keluvchi inersiya kuchini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
zilzila ta’sirida inshoot zaminida yuzaga keluvchi qoldiqli diformatsiyani aniqlashga oid usul «qatlamlab jamlash» uslubidan foydalanish va inersiya kuchini hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Namlangan lyosslarning zilzila ta’sirida o‘ta cho‘kish deformatsiyasi va zamin turg‘unligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
seysmik hududlarda bino va inshootlar zaminining yuk ko‘tarish qobiliyatini hisoblashning takomillashtirilgan usuli O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga qarashli «Qishloq qurilish loyiha» MChJ tomonidan Toshkent shahri Bektemir tumanidagi issiq ruhlash va metall konstruksiya ishlab chiqarish zavodining qurilishini loyihalash jarayonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura-qurilish qo‘mitasining 2018 yil 2 apreldagi 2346a/30-01-son ma’lumotnomasi). Natijada seysmik mustahkamlik usuli binolar va gidrotexnika inshootlarining seysmik turg‘unligini ta’minlashni kengaytirish imkoniyatlarini yaratgan;
inshootlar zaminlarining seysmik turg‘unlik mezoni va gruntning cho‘kishini baholash usuli Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida 1000 boshga mo‘ljallangan yirik shohli qoramollar uchun chorvachilik kompleksini loyihalash jarayonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura-qurilish qo‘mitasining 2018 yil 2 apreldagi 2346a/30-01-son ma’lumotnomasi). Natijada zamindagi gruntning seysmik mustahkamligini ta’minlash bo‘yicha talab qilingan zichlik va namlik ko‘rsatkichlarini ta’minlashga erishilgan;
lyosslarning seysmik cho‘kuvchanlik ostonasi va cho‘kish modulini aniqlashning tajriba usuli Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahrida Dehqon bozori kompleksi qurilishini loyihalash jarayonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura-qurilish qo‘mitasining 2018 yil 2 apreldagi 2346a/30-01-son ma’lumotnomasi). Natijada namlangan lyosslarning seysmik cho‘kuvchanlik ostonasi va cho‘kish modulining tajriba usulini qo‘llash yordamida zaminning umumiy turg‘unligini ta’minlashga erishilgan;
seysmik rayonlarda zaminga nisbatan xavfsiz yuklama va inshootning cho‘kish deformatsiyasini aniqlash usuli Namangan viloyati Pop tumani Chodak qishlog‘i Buzchiyon posyolkasida bir qavatli turarjoy uylarini loyihalash hamda qurishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura-qurilish qo‘mitasining 2018 yil 2 apreldagi 2346a/30-01-son ma’lumotnomasi). Natijada inshootning zaminga nisbatan tushadigan yuklamasi va cho‘kishning qoldiq deformatsiyasini aniqlashga erishilgan;
seysmik rayonlarda inshootlar turg‘unligini poydevor chuqurligini oshirish orqali ta’minlash usuli “Kamolot” sport kompleksini ta’mirlashda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura-qurilish Qo‘mitasining 2018 yil 2 apreldagi 2346a/30-01-son ma’lumotnomasi). Natijada poydevorlarning chuqurligini oshirish orqali inshootlar turg‘unligini ta’minlashga erishilgan;
namlangan lyosslarning zilzila ta’sirida o‘ta cho‘kish deformatsiyasi va zamin turg‘unligini baholash usuli “Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ)”ning 2.01.03 “Bino va inshootlar zaminlari” bo‘limiga oid “Seysmik rayonlarda inshootlar zaminini loyihalash asoslari” deb nomlangan 10-bandiga jumladan: “seysmik rayonlarda poydevor chuqurligi”, “zaminlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini baholash” va “seysmik o‘ta cho‘kish deformatsiyasini hisobga olish” usullari kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura-qurilish qo‘mitasining 2018 yil 2 apreldagi 2346a/30-01-son ma’lumotnomasi). Natijada bino va inshootlar zaminidagi namlangan lyoss gruntlarning seysmik mustahkamligini oshirish yordamida inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan.