Maxammadiev Akmal Axtamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy tarbiya va sport ta’limida doping nazoratini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped1463
Ilmiy rahbar: Yaqubov Fazliddin Muxitdinovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Ilmiy maslahatchi: Djumaqulov Shuxrat Baxodirovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Muxsinbek Sotivoldievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Tursunov Nodirjon Botirovich tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘quv jarayonida antidopingga qarshi yo‘naltirilganlikni shakllantirish metodologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
antidoping ta’limi konsepsiyasi, nazariy va uslubiy mazmuni aniqlandi, bu dopingdan foydalanishga qarshi kurashning pedagogik vositalari va usullari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport universitetlari talabalarini o‘qitishning zamonaviy darajasiga qo‘yiladigan talablarni sezilarli darajada to‘ldirgan, kengaytirgan va chuqurlashtirgan;
talabalarda antidoping e’tiqodi va qarashlarini shakllantirishga yo‘naltirish imkonini beradigan jismoniy madaniyat va sport mutaxassisi modelining antidoping komponenti ishlab chiqilgan;
bitiruvchilarga qo‘shimcha talablar yaratishga yordam beradigan jismoniy madaniyat universitetlari talabalarining antidoping kompetensiyasining rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan dastur orqali talabalarning dopingga qarshi kurashishga tayyorlik darajasini baholashga imkon beradigan baholash mezonlari va antidoping kompetensiyasini rivojlantirish darajasi aniqlangan;
dopingga qarshi tushuncha va doping sohasida yuqori darajadagi bilimlarni yaratishga hissa qo‘shgan jismoniy madaniyat oliy o‘quv yurtlari o‘quvchilarining o‘quv jarayonida antidopingga qarshi yo‘naltirilganlikni shakllantirish metodologiyasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya va sportda doping nazoratini kuchaytirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
antidoping ta’limi konsepsiyasi, nazariy va uslubiy mazmuni aniqlandi, bu dopingdan foydalanishga qarshi kurashning pedagogik vositalari va usullari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport universitetlari talabalarini o‘qitish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 4-maydagi 03-16/4532-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning antidoping bo‘yicha bilim olish natijalari 76%ga oshgan;
talabalarda o‘quv jarayonida antidopingga qarshi yo‘naltirilganlik munosabatlarini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodika asosida Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan “Sport huquqi” fani mavzularini o‘qitishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 4-maydagi 03-16/4532-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi metodikada o‘qitilgan talabalarning antidoping bo‘yicha bilimlari 18,5 % rivojlangan;
bitiruvchilarga qo‘shimcha talablar yaratishga yordam beradigan jismoniy madaniyat universitetlari talabalarining antidoping kompetensiyasining rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan dastur orqali talabalarning dopingga qarshi kurashishga tayyorlik darajasini baholashga imkon beradigan baholash mezonlari va antidoping kompetensiyasini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetining o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 4-maydagi 03-16/4532-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Sport etikasi”, “Dopingni qo‘llashga qarshi kurashning milliy va xalqaro huquqiy asoslari”, “Doping nazoratining tashkiliy huquqiy asoslari va xalqaro sportda dopingni qo‘llaganlik uchun javobgarlik”, “Sport nizolarini ko‘rib chiqish va hal qilishni huquqiy tartibga solish” fan dasturlari shakllantirilgan;
oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanayotgan Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarining o‘quv jarayonida antidopingga qarshi yo‘naltirilganlikni shakllantirishga qaratilgan metodika talabalarning Chirchiq davlat pedagogika universitetida tahsil oluvchi talabalarning o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 4-maydagi 03-16/4532-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning nazariy bilimlari 66,2%ga rivojlangan.