Pirnazarov Nurnazar Rashid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ma’naviyat tabiatining ontologik jihati” mavzusidagi 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal935
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Ilmiy rahbar: Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor;
Rasmiy opponentlar: sTulenova Karima Jandarovna, falsafa fanlari doktori, professor; Davronov Ziyod, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’naviyatning murakkab tizim sifatidagi ontologik mohiyatini falsafiy-metodologik yondashuvlarning kompleksli tahlili asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’naviyatning murakkab dinamik tizim sifatidagi mazmunini ma’naviyatning murakkab dinamik tizim sifatidagi mazmunini fenomenologik, ekzistensional va sinergetik metodologik yondashuvlar asosida tanqidiy tahlil etish orqali unga “aniqlilikka va qarshisizlikka intiluvchi imperativlat tizimi va ushbu imperativlar bilan bog‘liq bo‘lgan qarashlar” deb mualliflik yangi ta’rif berilgan;
ruh va ma’naviyatning o‘zaro bog‘liqligi faoliyatli usul yordamida tahlil qilingan va jamiyatning ma’naviyat konsepsiyasini tadbiq etish sotsiogen va gnoseogen yondashuvlar asosida tizimlashtirilgan;
ma’naviyatning o‘z-o‘zini tashkillashtiruvchi ochiq tizimli xarakteri uning sistemalashtiruvchi, sintezlovchi, umumlashtiruvchi, tartibga soluvchi, barqarorlashtiruvchi kabi ontologik xususiyatlari orqali isbotlangan;
ma’naviy borliqning kognitiv, pragmatik va fenomenologik metodologik modellarining Yangi O‘zbekiston, Uchinchi Renessansni barpo etish yo‘lidagi islohatlarning samarasini taminlashdagi nazariy va amaliy ahamiyati sotsiologik tadqiqotlar (savolnoma, kontent analiz) natijalarining tahlili asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ma’naviyat tabiatining ontologik jihati mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha berilgan takliflar asosida:
ma’naviyatning murakkab dinamik tizim sifatida mazmunini metodologik yondashuvlar asosida tanqidiy tahlil etish orqali, uning ko‘p qirrali tabiatiga aniqlik kiritilib, yangi nuqtayi nazardan va ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i KenGESining 2024-yil 2-fevraldagi 9-sonli bayonnomasidagi 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorning III “targ‘ibotchi guruhlarning omma orasida, ayniqsa, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim berish maktablari, korxona va tashkilot xizmatchilari, shuningdek o‘quvchilar, talabalar, mahallalardagi uyushmagan yoshlar orasida davlatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning borishi, shuning ichida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlarning mazmuni va ahamiyatini targ‘ibot qilish ishlarida zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash” bo‘limida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i KenGESining 2024-yil 5-sentyabrdagi №05-05/482-sonli dalolatnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i KenGESi tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida o‘quvchi va talaba yoshlar, korxona va korxona ishchilarining ma’naviyat haqidagi tushunchalarni aniqlashtirishga xizmat qilgan;
faoliyatli usulda tahlil qilinish orqali ruh va ma’naviyat tushunchalarining jamiyatning ma'naviy sohalardagi tadbirlar uchun metodologik ahamiyatidan O‘zbekiston Respublikasi “Qoraqalpog‘iston madaniyati” gazetasi tomonidan 2023-yilda bajarilgan “Retro-san’at” mavzusidagi QR-01/05/2023 raqamli amaliy loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 17-dekabrdagi №2-04/2650-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ijrosi bilan bog‘liq qoraqalpoq teatr san’atida etnomadaniy an’analarning falsafiy, madaniy va tarixiy jihatdan mazmunini boyitishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
ma’naviyat qadriyatlar va gnoseologik quyi tizimlardan iborat bo'lgan murakkab o‘z-o‘zini tashkillashtiruvchi ochiq tizimli xarakteri ontologik xususiyat ekanligidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalishida belgilangan “Jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash masalalari” 41-bandi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan monitoring hamda sotsiologik tadqiqotlarni tizimli tashkil qilish va o‘tkazish choralarini ko‘rish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda dissertatsiya dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat Markazi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar institutining 2024-yil 5-sentyabrdagi 961-sonli dalolatnomasi). Natijada, yoshlarning ma’naviy saviyasini yuksaltirishda, dunyoni obrazli xis etish va yoshlarni milliy iftixor, vatanga muhabbat tuyg‘ularni shakllantirishda ahamiyatli manba sifatida xizmat qilgan;
ma’naviy borliqning metodologik tamoyillarining mamlakatimizda ma’naviy sohadagi transformatsiyalar: Yangi O‘zbekiston, Uchinchi Renessansni barpo etish yo‘lidagi faoliyatdagi samarasi haqidagi fikr mulohazalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining “Assalawma aleykum Qaraqalpaqstan” va “Ruwxiylıq bostanı” teleko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 11-sentyabrdagi 05-22/411-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarning ma’naviy saviyasini yuksaltirishda, dunyoni obrazli his etishda hamda yoshlarni milliy iftixor, vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishda ahamiyatli manba sifatida xizmat qilgan.