Jumabaev Adilbek Bazarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqaning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3072.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangribergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmuratov Fozil Saribaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish asosida mintaqani barqaror o‘sishini ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiy salohiyatining soha va tarmoqlar rivojlanishi hisobiga yuqori o‘sish sur’atlari (8-10 foiz)ni ta’minlashda yalpi hududiy mahsulotdagi sanoat ulushi 28-29 foiz, qishloq xo‘jaligi ulushi 23-24 foiz, xizmatlar sohasi – 40-42 foiz bo‘lishi maqbul daraja ekanligi asoslangan;
mintaqada yaratilgan yalpi hududiy mahsulotning 8-10 foizli o‘sish sur’atlarini uzoq muddatlarda ta’minlashda investisiya me’yorini oshirish hamda kapital sig‘imini (ICOR) 5-5,2 birlik oraliqda saqlash taklifi asoslangan;
Beruniy, Bo‘zatov, Nukus, To‘rtko‘l, Xo‘jayli tumanlarini meva-sabzavotchilikka, Nukus shahri, Qonliko‘l, Taxiatosh tumanlarini oziq-ovqat sanoatiga, Mo‘ynoq, Ellikqal’a tumanlarini turizmga ixtisoslashtirish taklifi asoslangan;
investisiya va mehnat salohiyatidan samarali foydalanishga ko‘ra mintaqada yaratilgan yalpi hududiy mahsulot hajmining 2027-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqaning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
mintaqa iqtisodiy salohiyatining soha va tarmoqlar rivojlanishi hisobiga yuqori o‘sish sur’atlari (8-10 foiz)ni ta’minlashda yalpi hududiy mahsulotdagi sanoat ulushi 28-29 foiz, qishloq xo‘jaligi ulushi 23-24 foiz, xizmatlar sohasi – 40-42 foiz bo‘lishi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi RS/09-09/-384-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqaning iqtisodiyot tarmoqlarini ustuvorlik darajasi aniqlangan;
mintaqada yaratilgan yalpi hududiy mahsulotning 8-10 foizli o‘sish sur’atlarini uzoq muddatlarda ta’minlashda investisiya me’yorini oshirish hamda kapital sig‘imini (ICOR) 5-5,2 birlik oraliqda saqlash bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi RS/09-09/-383-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqaga xorijiy investisiyalar oqimini ko‘paytirishga imkon yaratilgan;
Beruniy, Bo‘zatov, Nukus, To‘rtko‘l, Xo‘jayli tumanlarini meva-sabzavotchilikka, Nukus shahri, Qonliko‘l, Taxiatosh tumanlarini oziq-ovqat sanoatiga, Mo‘ynoq, Ellikqal’a tumanlarini turizmga ixtisoslashtirish bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi RS/09-09/-383-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublika tuman va shaharlarni o‘sish nuqtalari asoslangan;  
investisiya va mehnat salohiyatidan samarali foydalanishga ko‘ra mintaqada yaratilgan yalpi hududiy mahsulot hajmining 2027-yilga qadar prognoz parametrlari bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi RS/09-09/-383-son ma’lumotnomasi). Natijada, yalpi hududiy mahsulot hajmining istiqbolda o‘sish imkoniyatlari o‘rganilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish