Sultonov Baxtiyor Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda islom moliyasidan foydalanish istiqbollari (Xorazm viloyati misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3588.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodir Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Madraximov Qaxramon Egamberganovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa miqyosida islomiy mikromoliya xizmatlarini muvofiqlashtirish usullarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
islomiy mikromoliya xizmatlarini mintaqa amaliyotiga joriy qilishning tashkiliy chora-tadbirlari sxemasi taklif qilingan;
islomiy mikromoliya xizmatlarining normalarini joriy qilish va takomillashtirishda qonunchilik, shu jumladan, mikromoliya tashkilotlari huzurida shariat kengashlarini tuzish, sug‘urta (takoful) fondlarida xarajatlardan ortib qoladigan mablag‘larni taqsimlash me’yorlarini ishlab chiqish, qimmatli qog‘ozlar (sukuk) hisobini yuritish, barcha islomiy moliyaviy tashkilotlarni soliqqa tortishning alohida normalarini belgilash va vaqfga oid tartib-qoidalari takomillashtirilgan;
islomiy moliyalash bilan shug‘ullanish uchun lisenziyaga ega bo‘lgan tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlariga xo‘jalik yurituvchi subektlarni tashkil etish va ustav kapitalida ishtirok etishga, bevosita ishlab chiqarish, sug‘urta, shuningdek savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi taklif etilgan;
Xorazm viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan banklar filiallari va mikromoliya tashkilotlari asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarining 2027-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda islom moliyasidan foydalanishning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
islomiy mikromoliya xizmatlarini mintaqa amaliyotiga joriy qilishning tashkiliy chora-tadbirlari sxemasi bo‘yicha qilingan taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 26-noyabrdagi 7-3884-sonli ma’lumotnomasi). Islom moliyasini mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida ushbu sxema bo‘yicha joriy qilishda foydalanilgan;
islomiy mikromoliya xizmatlarining normalarini joriy qilish va takomillashtirishda qonunchilik, shu jumladan, mikromoliya tashkilotlari huzurida shariat kengashlarini tuzish, sug‘urta (takoful) fondlarida xarajatlardan ortib qoladigan mablag‘larni taqsimlash me’yorlarini ishlab chiqish, qimmatli qog‘ozlar (sukuk) hisobini yuritish, barcha islomiy moliyaviy tashkilotlarni soliqqa tortishning alohida normalarini belgilash va vaqfga oid tartib-qoidalarni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 26-noyabrdagi 7-3884-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mintaqada islom moliyasini joriy qilishni tezlashtirishga, islom moliyasi asosida faoliyat yurituvchi korxonalar sonini 10-15 foizga oshirishga xizmat qilgan;
islomiy moliyalash bilan shug‘ullanish uchun lisenziyaga ega bo‘lgan tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlariga xo‘jalik yurituvchi subektlarni tashkil etish va ustav kapitalida ishtirok etishga, bevosita ishlab chiqarish, sug‘urta, shuningdek savdo faoliyatini amalga oshirish usuli Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 4-fevraldagi “Xorazm viloyatida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 37-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 26-noyabrdagi 7-3884-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mintaqada islom moliyasini o‘z faoliyatida joriy qilgan tashkilotlar o‘rtacha yillik daromadi 5-10 foizga oshirishga xizmat qilgan;
Xorazm viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan banklar filiallari va mikromoliya tashkilotlari asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarining 2027-yilga qadar prognoz qiymatlari Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 58-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 26-noyabrdagi 7-3884-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2027-yilga kelib hududda faoliyat yuritib kelayotgan banklar filiallarining depozitlarini 110 foizga oshirib qo‘shimcha 1,2 mlrd. AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘larni jalb qilishi, aktivlari 105 foizga ortib qo‘shimcha 1,1 mlrd. AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar joylashtirilishi, mikromoliya tashkilotlarining aktivlari 5,8 marta ortib 120 mln. AQSh dollari, jalb qilingan mablag‘lari 5,5 marta ortib 85 mln. AQSh dollari ekvivalentiga etishi aniqlangan.