G‘ofurova Dilafruz Murod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish uslubiyoti”, 12.00.09 Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu762.
Ilmiy rahbar: Tulaganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Surayyo Maxmudovna yuridik fanlar doktori, professor; Mirazov Davron Miragzamovich - yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish va o‘tkazish masalalarini kompleks ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etib, bu boradagi jinoyatlarni tergov qilishning alohida kriminalistik uslubiyotini yaratish va tergov amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yishni videoyozuv orqali qayd etish, protsessual harakatlarning shaffofligini ta’minlash, ularni qonuniy amalga oshirilishini nazorat qilish hamda shaxs huquqlarini himoya qilish imkoniyatini oshirishi sababli, bunday tergov harakatlarini o‘tkazishda protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etilishining shartligi dalillarni qayd etishning yordamchi usuli sifatida qo‘llanilishi asoslantirilgan;
ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishning maqsadi shaxsga ma’lum, ammo tergovchi va sudga noma’lum bo‘lgan narsalar, hujjatlar, izlar va belgilarni aniqlash, ko‘rsatuvlardagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, shuningdek, holatlarni qayta tiklash orqali ko‘rsatuvlarning haqqoniyligini tasdiqlashdan iborat ekanligi asoslantirilgan;
tintuv o‘tkazish uchun asoslar mavjud bo‘lganda, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi tintuv o‘tkazish haqida iltimosnoma keltirish to‘g‘risida qaror chiqarib, prokurorga yuborishi va prokuror tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosli ekanligini tekshirib, unga rozilik bildirgan taqdirda, tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma keltirish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuborishi asoslantirilgan;
kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda tergovchi yoki surishtiruvchining qaroriga asosan tintuv sudning roziligisiz o‘tkazilishi hamda o‘tkazilgan tintuv haqida yigirma to‘rt soat ichida kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar xabarnomada aniq ko‘rsatilgan holda sud va prokurorni xabardor qilish zarurligi asoslantirilgan;
kriminalistik tavsif elementlari tarkibida ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni oldini olish va profilaktika qilish masalasi o‘rganilib, xotin-qizlar orasida qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usul va shakllarini tatbiq etish va ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozimligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishning uslubiyoti o‘rganishga qaratilgan tadqiqot ishi bo‘yicha ilmiy natijalari asosida:
shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish tergov harakatlarini o‘tkazishda protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etilishining shartligi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksning 91-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 15-yanvardagi 3/dn-7-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi ayolar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishda shaxsiy tintuv va olib qo‘yish tergov harakatlarini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi;
ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishdan maqsad ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga ma’lum bo‘lgan, surishtiruvchiga, tergovchiga va sudga esa noma’lum bo‘lgan narsalar, hujjatlar, elektron ma’lumotlar, izlar va belgilarni topish, shaxsning tergov yoki sud muhokamasi davomida topilgan narsalar, hujjatlar, elektron ma’lumotlar, izlar qaerda bo‘lganligini ko‘rsatib berish, bir necha shaxsning ayni bir hodisa to‘g‘risida bergan ko‘rsatuvlaridagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash uchun ishda ahamiyatga ega bo‘lgan joyni yoki yoʻnalishni shaxs ko‘rsatib berish, holatlarni qayta tiklash va hodisa sodir bo‘lgan joydagi sharoit bilan qiyoslash orqali ko‘rsatuvlarning to‘g‘riligini yoki noto‘g‘riligini aniqlashdan iborat bo‘lishi kerakligi haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksning 132-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 15-yanvardagi 3/dn-7-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi ayolar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishda ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatlarini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi;
tintuv o‘tkazish tergov harakatiga ruxsat berish tergov sudyasi vakolatiga kiritilishi, qonunda tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish tartibini belgilash zarurligi haqidagi takliflaridan 2024-yil 24-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning 2-moddasi 9-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 15-yanvardagi 3/dn-7-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi ayolar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishda shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi;
tintuv tergov harakatini kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda tergovchi yoki surishtiruvchining qaroriga asosan o‘tkazishga ruxsat berish tartibini takomillashtirish haqidagi taklifidan 2024-yil 24-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning 2-moddasi 10-bandi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 15-yanvardagi 3/dn-7-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi ayolar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishda tintuv harakatini o‘tkazishda shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi;
ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarda ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni oldini olish va profilaktika qilish masalasi kriminalistik tavsif elementlaridan biri ekanligini inobatga olinib, xotin-qizlar orasida qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022–2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturining 3-bobida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 21-aprel 2022-yilgi 27/65-22 sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ayolar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishda sud-tergov amaliyotini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish