Mamatqulov Sirojiddin Xusan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki va tashqi omillarning Pokiston milliy identikligi shakllanishiga ta’siri (XX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshi)”, 07.00.05 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.2.PhD/Tar.1497.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Nodir Abdulxaevich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03  Rasmiy opponentlar:
Raximov Mirzoxid Akromovich, tarix fanlari doktori, professor.
Kasimov Mutalib, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Pokiston milliy identiklik siyosatini kompleks tahlil etish orqali uning ahamiyati, ushbu siyosatni amalga oshirishdagi resurslar va vositalar hamda siyosiy maqsadlarni amalga oshirishga imkon beruvchi va to‘sqinlik qiluvchi tarixiy shart-sharoitlarning siyosiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Pokistonda milliy identiklik davlat qurilishi modellari, ijtimoiy dinamika va qadriyatlar evolyusiyasi doirasida tahlil etiladigan fanlararo konsepsiya sifatida namoyon bo‘lib, tarixiy meros, siyosiy institutlar, madaniy kodlar, etnomadaniy paradigmalar, xulq-atvor stereotiplari va milliy meros komponentlaridan iborat yaxlit tizim ekanligi ilmiy asoslangan;
Pokistonning evolyusion rivojlanish davrida hududiy yaxlitligi va barqarorligiga ichki va tashqi tahdidlar sharoitida siyosiy identikligini “Ikki millat” nazariyasi asosida shakllantirish va institutsional mustahkamlash jarayoni mamlakatning kompleks modernizatsiyasi, geosiyosiy o‘zgarishlarga adaptatsiyasi va global tendensiyalarga integratsiyasi bilan uzviy bog‘liqligi, milliy-madaniy identikligini asrab-avaylash hamda saqlab qolishning strategik ahamiyati, konseptual asoslari aniqlangan;
Pokistonda milliy identiklikni shakllantirishda milliy mafkuraviy tamoyillardan kelib chiqilishi, unda tarixiy merosi, siyosiy va diniy-madaniy xususiyatlarini o‘zida mujassam etishi, shuningdek, demokratik mexanizmlarni joriy etishga yondashuvi islom aqidasiga asoslanganligi hamda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy kontekstiga moslashtirilganligi, milliy birlik va suverenitetni saqlab qolishga qaratilgani islohotlar strategiyasi asosida isbotlangan;
Pokiston ichki va tashqi siyosatining huquqiy hamda institutsional mexanizmlari Britaniya parlamentarizmi anʼanalarini meros qilib olgan demokratik davlatlarning siyosiy tizimiga yaqinligi, ichki va tashqi siyosat sohasida qarorlar qabul qilish jarayonida harbiy institutlar va armiya generaliteti hal qiluvchi ta’sir kuchiga ega ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki va tashqi omillarning Pokiston milliy identikligi shakllanishiga ta’siri (XX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshi) bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
Pokistonning mustaqillik uchun kurash yo‘lida diniy identiklikning ahamiyati, globalizatsiya sharoitida Pokiston milliy identikligini saqlab qolish yo‘lidagi sa’y-harakatlar, jumladan, ushbu davlatning diniy identikligi genezisi, evolyusiyasi va transformatsiyasi borasidagi xulosalardan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti N.Abdullaev va Sh.Ikromov hammuallifligidagi “Pokiston tarixi (XX asr ikkinchi yarmi va XXI asr boshi)” darsligida foydalanilgan. (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2024-yil 25-noyabrdagi 01-04-01/2642-sonli ma’lumotnomasi) Natijada dissertatsiya mavzusi doirasida tadqiq qilingan ilmiy natijalar “Pokistondagi harbiy diktaturalar va ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga ta’siri”, “Pokistonning arab davlatlari bilan aloqalari” va “Pokistonning Xitoy bilan aloqalari” mavzularini ishlab chiqishda foydalanilgan.
Pokstonda davlat milliy identiklik siyosatining arab-musulmon mamlakatlari bilan munosabatlaridagi o‘rni, Pokistonning milliy identiklik siyosatini tatqiq etishda milliy identiklikning nazariy-konseptual asoslarini o‘rganishning ahamiyati borasidagi ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 19-iyuldagi 02/298 sonli ma’lumotnomasi).  Natijada tashqi siyosiy jarayonlarni o‘rganishning axborot-tahlil bazasining takomillashishiga, mazkur sohada olib boriladigan ilmiy-tahliliy ishlarning samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.
Pokiston ichki va tashqi siyosatining shakllanishida etnik guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarining o‘ziga xos jihatlari, Pokiston tashqi siyosiy vektorlari belgilanishida diniy identiklikning o‘rni borasidagi xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rgangan holda qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqish hamda siyosiy jarayonlarga oid axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2024-yil 18-iyuldagi 01-27/324-sonli ma’lumotnomasi) Natijada partiya faoliyatini tizimli tashkil etish, jamiyatda siyosiy islohotlarni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish borasidagi xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rgangan holda qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqish hamda siyosiy jarayonlarga oid axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan.
Ko‘p qutbli dunyo sharoitida Pokistonning yangi tashqi siyosat identikligini shakillantirishida diniy identiklikning roli, Pokiston milliy identiklik asoslarini hozirgi shart-sharoitlarga moslashtirishda mamlakatdagi etnik va til guruhlarining o‘rni borasidagi ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 19-iyuldagi 02/298 sonli ma’lumotnomasi).  Natijada tashqi siyosiy jarayonlarni o‘rganishning axborot-tahlil bazasining takomillashishiga, mazkur sohada olib boriladigan ilmiy-tahliliy ishlarning samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish