Xayrullaev Abdulatif Lutfillo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda davolash-sog‘lomlashtirish turizmini samarali rivojlantirish usullarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt3157.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Safarov Bahodirhon Shahriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatillo Norboʻtaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Qodirov Aziz Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda davolash-sog‘lomlashtirish turizmini samarali rivojlantirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarda davolash-sog‘lomlashtirish maqsadida tashrif buyuruvchilar sonini 480 ming nafarga etkazish maqsadida tog‘li, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) obektlari mavjud bo‘lgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalarini tashkil qilish asosida “Avisenna” nomi ostida O‘zbekiston Respublikasining davolash-sog‘lomlashtirish turizmi brendini ishlab chiqish va uni doimiy ravishda targ‘ib qilib borish bo‘yicha takliflar dalillangan;
mamlakatning tibbiy va davolash-sog‘lomlashtirish turizm salohiyati hamda respublikadagi yirik davlat va xususiy muassasalarining mavjud imkoniyatlarini, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni xorijiy davlatlarda keng targ‘ibot qilish asosida tibbiy turizm eksporti hajmini 495 mln AQSh dollariga etkazish maqsadida hududlarning yirik tibbiyot va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari faoliyati va servisi bilan xorijiy va mahalliy OAV vakillari, blogerlar va turoperatorlarni yaqindan tanishtirish uchun “Infoturlar” tashkil qilish bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va investisiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida turizm infratuzilmasini rivojlantirish asosida cho‘l hududlarida rekreatsion turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi kurort zonalarini (toifali mehmonxonalar, SPA-mehmonxonalar, sanatoriy va pansionatlar) tashkil qilgan tadbirkorlik subektlari uch yil davomida foyda solig‘ini va yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarning davolash-sog‘lomlashtirish salohiyati, turistik va rekreatsion resurslar va turizmni barqaror rivojlantirish ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblari asosida 2028 yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarda davolash-sog‘lomlashtirish turizmini samarali rivojlantirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar asosida:
hududlarda davolash-sog‘lomlashtirish maqsadida tashrif buyuruvchilar sonini 480 ming nafarga etkazish maqsadida tog‘li, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) obektlari mavjud bo‘lgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalarini tashkil qilish asosida “Avicenna” nomi ostida O‘zbekiston Respublikasining davolanish-sog‘lomlashtirish turizmi brendini ishlab chiqish va uni doimiy ravishda targ‘ib qilib borish bo‘yicha dalillangan takliflar 2024 yil 23 sentyabrdagi PQ-335-son “Tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi dasturiga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-11-17-631-sonli dalolatnomasi). Taklifning amalga oshirilishi natijasida mamlakatimiz davolash-sog‘lomlashtirish turizm ob’ektlariga davolanish maqsadida tashrif buyuruvchi turistlar sonini 120 ming nafarga ortishiga imkon yaratilgan;
mamlakatning tibbiy va davolanish-sog‘lomlashtirish turizm salohiyati hamda respublikadagi yirik davlat va xususiy muassasalarining mavjud imkoniyatlarini, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni xorijiy davlatlarda keng targ‘ibot qilish asosida tibbiy turizm eksporti hajmini 495 mln AQSh dollariga etkazish maqsadida hududlarning yirik tibbiyot va davolanish-sog‘lomlashtirish muassasalari faoliyati va servisi bilan xorijiy va mahalliy OAV vakillari, blogerlar va turoperatorlarni yaqindan tanishtirish uchun “Infoturlar” tashkil qilish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024 yil 23 sentyabrdagi PQ-335-son “Tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi dasturiga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-11-17-631-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida hududlarda tibbiy turizm eksporti hajmini 130,9 mln AQSh dollariga oshirish imkoniyatlari dalillangan;
hududlarda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va investisiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida turizm infratuzilmasini rivojlantirish asosida cho‘l hududlarida rekreatsion turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi kurort zonalarini (toifali mehmonxonalar, SPA-mehmonxonalar, sanatoriy va pansionatlar) tashkil qilgan tadbirkorlik subektlari uch yil davomida foyda solig‘ini va yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha asoslangan takliflar 2024 yil 12 yanvardagi PQ-21-son “Tabiatga sayohat” ekoturizmni rivojlantirish “Milliy dasturi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-11-17-631-sonli dalolatnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish asosida turizm sohasidagi resurslar va salohiyatidan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish asosida hududlarda turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini ikki barobarga oshirish imkoniyatlari dalillangan;
hududlarning davolash-sog‘lomlashtirish salohiyati, turistik va rekreatsion resurslar va turizmni barqaror rivojlantirish ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblari asosida 2028 yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2024-2027 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan. Mazkur tavsiyalarni joriy etish muzeylarga qo‘yilgan talablarni e’tiborga olgan holda tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga hududlarda turizm va madaniy meros sohasini rivojlanishiga xizmat qilgan (Turizm qo‘mitasining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-11-17-631-sonli dalolatnomasi). Natijada, 2028 yilda mamlakatimizga tashrif buyuradigan ichki turistlar sonining 2 baravarga oshishi dalillangan.