Polvanova Dilrabo Tagaymuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarnıng axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda kiberbulling tahdididan himoyalash mexanizmlarını takomillashtirish”, 23.00.05 – Milliy xavfsizlik muammolarining tizimli tahlili va prognozlashtirish (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P1062.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Sanjar Ro‘zimuradovich psixologiya fanlari falsafa doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy Maktabi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy Maktabi, PhD.30.11.2021.Ss/ı.89.02 raqamli ilmiy kengash huzuridagi Bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
1. Akramov Mirmuhsin Rustamovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor v.b.
2. Norkulova Nargiza Tashpulatovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston yoshlarining axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda kiberbulling tahdididan himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Kiberbulling tahdidining ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, ijtimoiy xavfi katta, ijtimoiy xavfi og‘ir va ijtimoiy xavfi o‘ta og‘ir shakllari kiberbullingning yoshlar psixikasiga ta’siri, jabrlanuvchida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy hissiyotlar va ijtimoiy-psixologik oqibatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra tasniflangan;
O‘spirinlarning internet va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali muloqotida axborot-psixologik xavfsizligiga ijtimoiy xavfi o‘ta og‘ir bo‘lgan kiberbulling tahdidlari seksting, heppi-slepping, kiberstalking o‘spirinlarning psixikasida salbiy, emotsional-irodaviy va kognitiv o‘zgarishlar, hamda ijtimoiy munosabatlardagi dezadaptatsiyani keltirib chiqarishi asoslangan;
O‘spirinlarning axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda kiberbulling tahdididan himoyalashga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik omillar, jumladan, viktim va agressiv xulq, kommunikativ tolerantlikning me’yoriy rivojlanganlik darajasiga bog‘liqligi asoslangan;
O‘spirinlarni axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda kiberbullingni ijtimoiy xavf darajasini baholash shkalasi va kiberbulling tahdididan himoyalangan yoshlarni tarbiyalash modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy natijalar quyidagi faoliyatlarga tatbiq etilgan:
- kiberbulling tahdidining ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, ijtimoiy xavfi katta, ijtimoiy xavfi og‘ir va ijtimoiy xavfi o‘ta og‘ir shakllari kiberbullingning o‘spirinlar psixikasiga ta’siri, jabrlanuvchida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy hissiyotlar va ijtimoiy-psixologik oqibatlari asosida tasniflashga oid takliflari TDPU Psixologiya o‘quv-amaliy markazi qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Ontogenez psixologiya. Differensial psixologiya” va “Deviantologiya” moduliga kiritilgan. (TDPU Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2023 yil, 22 dekabrdagi PM-105 - son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalarning joriy qilinishi yoshlar bilan ishlovchi barcha mutaxassislar, jumladan, ta’lim muassasasi rahbarlari, pedagogik jamoa, amaliyotchi psixologlar uchun amaliy-uslubiy asos sifatida xizmat qilgan;
- o‘spirinlarning internet va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali muloqotida axborot-psixologik xavfsizligiga ijtimoiy xavfi o‘ta og‘ir bo‘lgan kiberbulling tahdidlari seksting, heppi-slepping, kiberstalking o‘spirinlarning psixikasida salbiy, emotsional-irodaviy va kognitiv o‘zgarishlar, hamda ijtimoiy munosabatlardagi dezadaptatsiyani keltirib chiqarishiga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligida (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil, 26-fevral 2-13-21-667-son ma’lumotnomasi) amaliyotga joriy qilingan. Ushbu natijalarni amalga tatbiq etish orqali voyaga etmaganlarni shafqatsiz muomaladan himoyalash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini buzilishidan, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy zo‘ravonlikdan himoya qilish, shuningdek, turli huquqbuzarliklarni sodir etishda qonuniy javobgarlik masalalaridan xabardorlik darajasini ortishiga imkon bergan;
- o‘spirinlarning axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda kiberbulling tahdididan himoyalashga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik omillar, jumladan, viktim va agressiv xulq, kommunikativ tolerantlikning me’yoriy rivojlanganlik darajasiga bog‘liqligiga oid takliflari O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazida amaliyotga taqdim etilgan (01/10-01-319-son. 01.11.2023 y. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazi ma’lumotnomasi). Mazkur natijalarning joriy etilishi yoshlarda ijtimoiy ustanovkalar yordamida viktim va agressiv xulq, kommunikativ tolerantlikning me’yoriy rivojlanganlik darajasini shakllantirishga urg‘u berish orqali, voyaga etmaganlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘z tengdoshlari bilan munosabatda muloqot qilishning konstruktiv koping xulq strategiyalarini o‘zlashtirish, kiberbulling profilaktikasi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
- o‘spirinlarni axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda kiberbulling tahdididan himoyalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar, kiberbullingni ijtimoiy xavf darajasini baholash shkalasi va kiberbulling tahdididan himoyalangan yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha yaratilgan model Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar instituti va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashida amaliyotga tatbiq etilgan. (01/31-son. 20.01.2025 y. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar instituti dalolatnomasi), (“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashining 2025-yil, 20-yanvar 02/02-06-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va model yoshlarni axborot-psixologik tahdidlardan himoyalashning ijtimoiy, psixologik va pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish imkoniyatini oshirishga yordam bergan.