Xaydarov Baxtiyor Tojiyevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, Ixtisoslik shirifi (ilmiy daraja beruvchi fan tarmog‘i nomi) “Bolalar jismoniy faolligini noan’anaviy yondashuvlar asosida tarbiyalashning redagogik mexanizmlarini takomillashtirish” 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped502.
Ilmiy maslahatchilar: Mirjamolov Mehriddin Xayriddinovich redagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Shodiyev Narziqul Shodiyevich redagogika fanlari doktori, rrofessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiboev Soib Saminjonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Mardonov Shukur Quldoshovich pedagogika fanlari doktori, professor, Ibragimov A’lam Amrullaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida noan’anaviy jismoniy tarbiyalashning yondashuvlari asosida moslashuvchan rivojlanuvchi-komrensatsion ta’lim muhitini shakllantirishning umumiy redagogik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha yoshdagi bolalarning temperament va xulq atvor shakllanish darajasiga qarab interaktiv dasturlar va tanlangan mashqlar asosida bolalar aerobikasi mashgʻulotlarni tashkil etish hisobiga moslashuvchan rivojlantiruvchi-kompensatsion ta’lim muhiti shakllantirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun tayanch-harakat tizimi rivojlanish darajasiga qarab muvozanat saqlash hamda reabilitatsiyaga qaratilgan noan’anaviy automanual gimnastika mashqlari majmuasini psixologik emotsiyalar reaksiyasiga asosan yo‘naltirish hisobiga o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirish imkoniyati kengaytirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning mushak elastikligini oshirish uchun diqqatni jamlash, mashqlar orasida muvozanat saqlash intervalini uzaytirish darajasidan kelib chiqib spring elastika mashqlariga mos harakatlanish va “hamohang harakat” (asinxron) yo‘nalishini kiritish hisobiga pedagogik model takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning muvozanat va hissiy labillikni oshirish uchun stressga chidamlilikni oshirish samaradorligini rivojlanish darajasiga qarab tanlangan “Men-Konsepsiyasi”ning pedagogik mashg‘ulotlarda maxsus mashqlar asosida mashgʻulotga kiritish evaziga tarbiyalanuvchilarning tengdoshlari orasida liderlik qobilyatlarini yaxshilash imkoniyatlari oshirilgan;
maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarning rekreatsion ta’lim atmosferasini oshirish uchun harakat va nutq orqali bir ritmga yo‘naltirilgan noan’anaviy “templi gimnastika” mashqlari harakatlarning sinxronligi hamda uyg‘unlashuvga muvofiq yo‘naltirilgan mobil dasturni ishlab chiqish hisobiga somatik va jismoniy qobiliyatini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar organizmining morfofunksional va moslashish imkoniyatlaridan kelib chiqib statik rejimda umurtqa pog‘onasi mushak qayishqoqligini rivojlantirishga qaratilgan spring elastika mikromashg‘ulotlarini ishlab chiqish hisobiga tana barqarorligini saqlash va boshqarish qobiliyati rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalar jismoniy madaniyat tizimini modernitzasiyalashning noan’anaviy asoslarini ishlab chiqish va joriy qilish orqali  bolalarni jismoniy tarbiyalash texnologiyasini mukammallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarning temperament va xulq atvor shakllanish darajasiga qarab interaktiv dasturlar va tanlangan mashqlar asosida bolalar aerobikasi mashgʻulotlarni tashkil etish hisobiga moslashuvchan rivojlantiruvchi-kompensatsion ta’lim muhiti shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 571-qaroriga asosan Samarqand davlat universiteti kengashining 2020-yil 29-sentyabrdagi 217-nashr ruxsatnomasi). Natijada maktabgacha yosh bolalarning intellektual qobiliyatlarini noan’anaviy mashqlar vositasida rivojlantirishning samarali shakl va metodlaridan foydalanishga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun tayanch-harakat tizimi rivojlanish darajasiga qarab muvozanat saqlash hamda reabilitatsiyaga qaratilgan noan’anaviy automanual gimnastika mashqlari majmuasini psixologik emotsiyalar reaksiyasiga asosan yo‘naltirilishi, mashg‘ulotlarga qiziqtirish va harakat faolligini rivojlantirish bo‘yicha maxsus jismoniy mashqlarni ishlab chiqish hisobiga o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirish imkoniyati kengaytirish bo‘yicha takliflar Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlaridagi MTTlarda tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 26-iyundagi 03-275-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarning ruhiy fazilatlari: asinxron karakat, sinxron ko‘nikma, tezkor xotira, diqqat va mantiqiy fikrlashga yordam berish imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning mushak elastikligini oshirish uchun diqqatni jamlash, mashqlar orasida muvozanat saqlash intervalini uzaytirish darajasidan kelib chiqib spring elastika mashqlariga mos harakatlanish va “hamohang harakat” (asinxron) yo‘nalishni kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlaridagi MTTlarda jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 26-iyundagi 03-275-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarning mushak elastikligini oshirish uchun diqqatni jamlash, mashqlar orasida muvozanat saqlash intervalini uzaytirishga qaratilgan pedagogik model takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning muvozanat va hissiy labillikni oshirish uchun stressga chidamlilikni oshirish samaradorligini rivojlanish darajasiga qarab tanlangan “Men-Konsepsiyasi”ning pedagogik mashg‘ulotlarda maxsus mashqlar asosida mashgʻulotga kiritish evaziga tarbiyalanuvchilarning tengdoshlari orasida liderlik qobilyatlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar “Teoriya i metodika fizicheskogo vospitaniya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 571-qaroriga asosan Samarqand davlat universiteti kengashining 2022-yil 30-avgustdagi 2-son nashr ruxsatnomasi). Natijada bolalarning chidamlilik imkoniyatlari 18% ga yaxshilanganligi aniqlangan;
maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarning rekreatsion ta’lim atmosferasini oshirish uchun kognitiv+muloqot rivojlanish darajasiga qarab harakat va nutq orqali bir ritmga yo‘naltirilgan noan’anaviy “templi gimnastika” mashqlari harakatlarning sinxronligi hamda uyg‘unlashuvga muvofiq yo‘naltirilgan mobil dasturi Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlaridagi MTTlarda tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 26-iyundagi 03-275-son ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion ta’lim muhitida bolalar intellektual va harakat qobiliyatlarini  baholash mezonlari takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar organizmining morfofunksional va moslashish imkoniyatlaridan kelib chiqib statik rejimda umurtqa pog‘onasi mushak qayishqoqligini rivojlantirishga qaratilgan spring elastika mikromashg‘ulotlar Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlaridagi MTTlarda jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 26-iyundagi 03-275-son ma’lumotnomasi). Natijada, “ForcePlatformSmart” dasturi asosida “barqaror” holatlarini aniqlash hamda stabilotrenajyor ct-150 jihozida Tadqiqot guruhida tajriba-sinov oxirida o‘ng oyoqqa berilgan bosim 76%, tadqiqot guruhida  tajriba-sinov oxirida chap oyoqqa berilgan bosim 77% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish