Toshmurodov Otabek Erkinovichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh kurashchilarning harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda tayanch harakat apparati harakatchanligining rivojlanishi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1482.
Ilmiy rahbar: Talipdjanov Askar Imamdjanovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Qodirov Sirojiddin Erkinboevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh kurashchilarni harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda tayanch harakat apparati harakatchanligini rivojlanganlik darajasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yosh kurashchilarning texnik harakatlarini bajarishda tayanch harakat apparati harakatchanligini rivojlantirish uchun kuch, tezlik va koordinatsiya qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan mushak ichidagi (intrasarial) va mushaklararo (intermuskulyar) harkatlarni bajarish sinxronizatsiyasi ishlab chiqish hisobiga maxsus mashqlar majmuasi takomillashtirilgan;
yosh kurashchilarni tayanch harakat apparati harakatchanligi hamda texnik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan “Yosh kurashchi” mobil ilovasini ishlab chiqish hisobiga kurash sportini mustaqil (individual reja, analitik va monitoring, interaktiv) nazariy va amaliy o‘zlashtirish imkoniyati yaratilgan;
yosh kurashchilarni texnik usullarini tog‘ri bajarish ko‘nikmasini shakllantirish uchun, usullarni bajarishda ishtirok etuvchi bo‘yin, elka, qorin, boldir mushaklarini yaxshilash uchun mashqlarni mushak guruhlari faolligini rivojlanganlik darajasi boʻyicha maxsus va yordamchi guruhlarga tabaqalashtirish hisobiga tayanch harkat apparati harakatchanligini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
yosh kurashchilarni texnik harakatlarini aniq bajarish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan kurash texnikasi negizi, zvenolari, detali, (kirish, ko‘tarish, muvozanat saqlash, tashlash) o‘zida mujassamlashtirgan gimnastika elementlaridan foydalanish hisobiga, tayanch harakat apparati harakatchanligining rivojlanishiga qaratilgan dinamik, statik va koordinatsion nazorat mashqlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh kurashchilarni harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda tayanch harakat apparati harakatchanligini rivojlantirish orqali erishilgan samarali natijalarni hisobga olish va tahlil qilishning yagona tizimi asosida:
yosh kurashchilarning texnik harakatlarini bajarishda tayanch harakat apparati harakatchanligini rivojlantirish uchun kuch, tezlik va koordinatsiya qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan mushak ichidagi (intrasarial) va mushaklararo (intermuskulyar) harkatlarni bajarish sinxronizatsiyasi boʻyicha maxsus mashqlar majmuasi “Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2021-yil 31-martdagi 9-sonli qaroriga asosan 299-raqamli guvohnoma). Natijada yosh kurashchilarni tayanch harakat apparati egiluvchanligi, tayanch harakat apparati harakatchanligi, maxsus mashqlarni bajarish aniqligi yaxshilangan hamda kurash mashg‘ulotlarida qoʻllaniladigan yangi vosita va usullar hajmi oshishiga erishilgan;
yosh kurashchilarni tayanch harakat apparati harakatchanligi hamda texnik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan “Yosh kurashchi” mobil ilovasini ishlab chiqish hisobiga kurash sportini mustaqil (individual reja, analitik va monitoring, interaktiv) nazariy va amaliy o‘zlashtirish imkoniyati yaratilib, amaliyotda foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar “Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti kengashining 2022-yil 14-iyundagi 12-sonli qaroriga asosan 301-raqamli guvohnoma). Natijada, yosh kurashchilarni texnik harakatlarini shakllantirishda tayanch harakat apparati harakatchanligining rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va monitoring qilish tizimidan foydalanish mexanizmi samarali asoslangan;
yosh kurashchilarni texnik usullarini tog‘ri bajarish ko‘nikmasini shakllantirish uchun, usullarni bajarishda ishtirok etuvchi bo‘yin, elka, qorin, boldir mushaklarini yaxshilash uchun mashqlarni mushak guruhlari faolligini rivojlanganlik darajasi boʻyicha maxsus va yordamchi guruhlarga tabaqalashtirish hisobiga tayanch harkati apparati harakatchanligini rivojlantirish metodikasi Samarqand viloyatidagi sport maktablari kurash mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi 2024-yil 8-oktyabrdagi 03-16/9976 son ma’lumotnomasi). Natijada yosh kurashchilarni tayanch harakat apparatining dinamik egiluvchanligi 9,6 % ga, statik egiluvchanligi 12,8 % ga, statodinamik egiluvchanlik 10,9 % ga yaxshilanishga erishilib, mazkur metodikaning umumiy samaradorligi esa 11,1 % ga yaxshilashga erishilgan;
yosh kurashchilarni texnik harakatlarini aniq bajarish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan kurash texnikasi asosi, o‘zagi, detali, (kirish, ko‘tarish, muvozanat saqlash, tashlash) o‘zida mujassamlashtirgan gimnastika elementlaridan foydalanish hisobiga, tayanch harakat apparati harakatchanligining rivojlanishiga qaratilgan dinamik, statik va koordinatsion nazorat mashqlari Samarqand viloyatidagi sport maktablari kurash mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi 2024-yil 8-oktyabrdagi 03-16/9976 son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh kurashchilarni, tik turgan holatda uloqtirishlarni amalga oshirishda harakatlar amplitudasini oshirishga imkon berdi: beldan oshirib uloqtirishda 13,6% ga, orqaga qayishgan holda uloqtirishda 12,5% ga va oldindan supurib tashlashda 14,4% ga oshdi, mazkur metodikaning umumiy samaradorligi esa 13,5 % ga yaxshilashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish