Orifjonova Gulra’no Ravshan qizining
fani doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston muzeylari innovatsion rivojlanish kesimida (XX asr oxiri – XXI asr boshlari)», 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tar221.
Ilmiy maslahatchi: Ismailov Jannat Xamidovna tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn isntituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.02/09.07.2020.Tar.70.03. raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Almeev Robert Valievich, tarix fanlari doktori; Davlatova Saodat Tilovberdievna tarix fanlari doktori, professor; Salimov Orif Muslimovich arxitektura fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asr oxiri – XXI asr boshlarida O‘zbekiston muzeylarining innovatsion rivojlanishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: O‘zbekistonda muzeylarning innovatsion rivojlanish jarayoni uch bosqichga ajratilib: I bosqichda (1991-yildan – 2000-yilgacha) muzeylar rivojlanishida davlat bosh islohotchi vazifasini bajargani natijada tarix, memorial va uy-muzeylar ko‘plab tashkil etilgani; II bosqichda (2000-yildan – 2016-yilgacha) turli ixtisoslik muzeylarining tashkil topishi bevosita sohaviy tarmoqlarining jahon miqyosida rivojlanishi natijasi ekanligi; III bosqichda  (2016-yildan – 2023-yilgacha) muzeylar tashqi siyosat va diplomatiyaning madaniy qismi sifatida muhim o‘ringa ko‘tarilgani hamda innovatsion texnologiyalar qo‘llanilgan yangi muzeylar yaratilgani asoslab berilgan;
muzeylarda innovatsiya tushunchasi: muzey konsepsiyasida (Turkiya –panorama muzeylari), muzey binosida (Ozarbayjon – zamonaviy me’morlik binolari), ekspozisiyada (Qatar – sun’iy intellekt imkoniyatlarini ekspozisiyada qo‘llash, Dubay – gologramma, immersion ko‘rgazma, mapping shou texnologiyasiga asoslangan ekspozisiyalar yaratish) hamda tashrifchilar bilan ishlashga oid dasturlarda aks etishi (Rossiya – muzey pedagogikasi) natijasida har bir davlatning muzey yaratishda o‘z “tashrif qog‘ozi” shakllangani asoslangan;
muzeylarda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash evolyusiyasi uch bosqichda taraqqiy etib: I bosqichda muzeylar internetdan foydalana boshlaganligi hamda virtual reallik texnologiyalarining boshlang‘ich bosqichlari tatbiq etila boshlanishi (1990-yillarning boshidan – 2000-yillarning o‘rtalarigacha); II bosqichda onlayn muzeylarni 3D formatda ko‘rsatish texnologiyasi, muzeylar mobil ilovalardan keng foydalanishi (2005-2020-yillarda), COVID-19 pandemiyasi davrida virtual ko‘rgazmalar va onlayn tadbirlarga o‘tilishi; III bosqichda muzeylar sun’iy intellektni (AI) qo‘llayotgani (2023-yildan to bugungi kungaga kelib)  natijasida yangi ixtisoslikdagi innovatsion muzeylarning yaratish imkoniyati oshgani isbotlangan;
jahon muzeylarining innovatsion binolari tahlili natijasida: tarixiy binoga ega muzeylardan Luvr muzeyi (Fransiya, Parij) – muzey ma’muriy binosining shisha piramida shaklida, GuggenZxaym muzeyi (AQSh, Nyu-York) –  abstrakt san’atni eslatuvchi spiral shaklida, Heydar Aliev markazi (Ozarbayjon, Boku) – organik shaklda, Qatar milliy muzeyi (Qatar, Doha) – landshaftning zamonaviy va qadimiy elementlar bilan uyg‘unligi, ya’ni “sahro guli” deb nomlangan ohaktosh  shaklida, Soumaya muzeyi (Meksika, Mexiko) – shaffof metalldan yasalgan burchaksiz konstruksiya, Singapur fan va san’at muzeyi (Singapur) – “lotus” shaklida, Gilam muzeyi (Ozarbayjon) – gilam shaklida, Boku zamonaviy san’at muzeyi (Ozarbayjon) – konstruktivizm uslubida, Nur Olam muzeyi (Qozog‘iston) –  dumaloq shar shaklida, Kelajak muzeyi (Dubay) – ko‘z va epigrafik bezak shaklida, Shon-sharaf muzeyi (O‘zbekiston) – er shari shaklidaligi orqali innovatsion ko‘rinishga ega binolar muzeyga tomoshabinlarni jalb etishning  bosh omili ekanligi asoslab berilgan;
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi jahondagi islom muzeylari: Dohadagi Islom san’ati muzeyi (Qatar), Qohiradagi Islom san’ati muzeyi (Misr), Istanbuldagi Islom san’ati muzeyi, Islom sivilizatsiyalari muzeyi (Turkiya), Kuala Lumpurdagi Islom san’ati muzeyi (Malayziya), Sharjadagi Islom sivilizatsiyasi muzeyi (BAA) bilan taqqoslanganda mazmun-mohiyati bilan dunyodagi yagona o‘xshashi yo‘q markaz sifatida shakllangani, muzey konsepsiyasining jahon olimlari ishtirokida shakllantirilgani, milliy me’morlik an’analari asosida yaratilgan binosining o‘ziga xos shakli, muzey dizayniga xorij kompaniyalarining (Fransiya, Turkiya kabi) jalb etilganligi O‘zbekiston muzeylarining innovatsion rivojlanish istiqbollari sifatida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr oxiri – XXI asr boshlariga oid O‘zbekiston muzeylarining innovatsion rivoji masalalarini o‘rganish asosida quyidagi natijalar joriy etilgan:
O‘zbekistonda muzeylarning innovatsion rivojlanish jarayoni uch bosqichga ajratilib, I bosqichda tarix, uy-muzey, memorial muzeylar tashkil topganligi, davlat bosh islohotchi ekanligi, milliy me’morchilikda muzey binolari qurilganligi, ekspozisiyada kompleks metod qo‘llanganligi; II bosqichda  profilga muassasa muzeylari qo‘shilganligi, kreativ g‘oyalar qo‘llanganligi, ansambl, illyustrativ, tematik metodlar qo‘llanganligi; III bosqichda  muzeylar soni (80 dan –130 taga) ortganligi, mapping shou, gologramma, smart texnologiyalarga oid tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining SQ-759 – IV sonli qarorini tayyorlashda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2023-yil 13-iyuldagi 24-12/5-son dalolatnomasi) hamda O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyining yo‘lko‘rsatgichini yaratishda (O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining ma’lumotnomasi 2024-yil 12-fevraldagi 30/5-20492/24-son dalolatnomasi) foydalanilgan. Natijada muzey konsepsiyasidan kelib chiqqan holda turli ixtisoslik muzeylarida saqlanayotgan kolleksiya va ashyolar xavfsizligini ta’minlashga oid choralar belgilangan qaror qabul qilindi va muassasa  muzeylarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda prokuratura tarixiga oid muzey yo‘lko‘rsatgichi yaratildi.
muzey binosining muzey konsepsiyasi va ekspozisiyani namoyish etishdagi o‘rni hamda ekspozisiyani shakllantirishda qo‘llanilgan innovatsion loyihalar yuzdan ortiq respublika va xorij muzeylari tajribasini tahlili orqali tadqiq etilishi natijasida O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyi (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 21-yanvardagi 27/2-11-22-sonli dalolatnomasi), Jizzax viloyati prokuraturasi tarixi muzeyi (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 18-fevraldagi 27/2-28-22-sonli dalolatnomasi) hamda Jizzax viloyati Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasining 2022-yil 6-sentyabrdagi 3/1-803-sonli dalolatnomasi) da muzey ekspozisiyasi yaratildi. Natijada huquq-tartibot organlarining muassasa muzeylari tashkil etildi, yangi konsepsiyasi yaratildi va ekspozisiyasida innovatsion loyihalar qo‘llanildi.
jahon muzeylari innovatsion tajribasi Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya, Qatar, Dubay va boshqa davlatlar muzeografiyasi misolida tahlil qilingan va o‘zaro integratsiya natijasida Ozarbayjon davlat madaniyat va san’at universiteti Muzeyshunoslik kafedrasi ixtisoslik yo‘nalishlarida O‘zbekiston muzeylari tajribasiga oid ilmiy adabiyotlar xorijiy adabiyot sifatida o‘quv jarayoniga tatbiq etildi (Ozarbayjon davlat madaniyat va san’at universitetining 2023-yil 7-martdagi dalolatnomasi). Natijada mazkur universitet talabalari xorijiy adabiyotlar bilan tanishish orqali jahon muzeologiyasidagi ilmiy izlanishlar haqida tasavvurga ega bo‘ldilar.
Jahon muzeylarining innovatsion binolari tahlili natijasidan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti «Muzey pedagogikasi» ixtisosligi talabalari uchun  «Art terapiya» o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston BadIIy akademiyasining 2022-yil 16-martdagi IP03640057-sonli ma’lumotnomasi). Natijada «Art terapiya» fani o‘quv-uslubiy majmuasini takomillashtirish, soha bo‘yicha talabalarning turli yoshdagi va tipdagi tashrifchilar bilan ishlash, muzey auditoriyasini kengaytirish bo‘yicha innovatsion dasturlarni qo‘llash yuzasidan ko‘nikmasini rivojlantirishga erishilgan.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi qoshidagi muzey loyihasi va jahondagi Islom muzeylari taqqoslanib, ularning alohida yutuqlari, xorij va mahalliy mutaxassislarning amalga oshirishi ko‘zda tutilgan loyihalar, muzey ekspozisiyalari orqali dallilanishi asosida hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» kanali orqali «Taqdimot» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 26-apreldagi 40-42-854-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston muzeylari innovatsion rivojiga oid ilmiy tahlillar teletomoshabinlarning dunyoqarashini boyitish va bu sohada kengroq tasavvurga ega bo‘lishiga yordam bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish