Muxtoriy Mohro‘y Sodirzodaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar nutqini o‘stirishda mnemotexnik usullardan foydalanish (iboralar va maqollar misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5104
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Akbarova Zuxro Akmaljanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mo‘minova Dilafruz Akbaralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Boshlang‘ich sinflarning ona tili va o‘qish savodxonligi fanida o‘quvchilar nutqini o‘stirishda mnemotexnik usullardan foydalanish bo‘yicha uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar nutqini o‘stirishning tashkiliy-tuzilmaviy komponentlari (faoliyatli innovatsion, amaliyotga yo‘nalganlik), boshlang‘ich sinf o‘qish savodxonligi darsliklaridagi ibora va maqollarni immitatsion modellashtirish (ibora va maqollarni mnemotexnik usullar yordamida o‘quvchilarga o‘rgatish)ni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirish (umumlashtirish va tahlil)ga uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ibora va maqollar ma’nolari yuzasidan mulohaza yuritishi, tahlil qilishi va yodda saqlay olishi o‘quvchilardagi intellektual rivojlanish va xotiraga asoslangan bilim bilan birgalikda integratsion ustuvorlikka erishishi uchun imkon yaratish asosida rivojlantirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishda muloqotga kirishishning so‘z tanlash va qo‘llash, til va nutq madaniyati kabi lingvodidaktik imkoniyatlarini mnomotexnik usullarga asoslangan ta’limiy-didaktik texnologiyalar tamoyillariga integratsiyalash asosida mnemotexnikaning nutq o‘stirishga oid “Tasvir va vizualizatsiya” usuli uchta mnemotexnikaning tasavvur, assotsiatsiya va joylashuv tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishga yo‘naltirilgan ibora va maqollarning mnemotexnik-pedagogik xususiyatlari (o‘rgatish, munosabatga kiritish, shakllantirish, baholash, ishontirish kabi) didaktik tasnifiy tuzilmani (shakliy, tarkibiy, imkoniyatli) kiritish asosida aniqlashtirish natijasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Dіѕѕertatѕіyada erіѕhіlgan natіjalar aѕoѕіda:  “Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar nutqini o‘stirishda mnemotexnik usullardan foydalanish (iboralar va maqollar misolida)” mavzusidagi  dissertatsiya ishi natijalarining Jizzax viloyati Zarbdor tumani 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi va Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quv jarayoniga joriy etilganligi to‘gʻrisidagi ma’lumotnomalar mavjudligi, tadqiqot ishidagi tajriba-sinov ishlari OAK talabi bo‘yicha rasmiylashtirilganligi, dissertatsiya ishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishning mnomotexnik usullaridan foydalanishning mazmuni aniqlanganligi uning shakl, metod va vositalari ishlab chiqilganligi, tadqiqot natijalarining ahamiyati va amaliyotga joriy etilganligi tog‘risidagi ma’lumotlar aniqlandi. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 23-avgustdagi 06-36-2211-sonli malumotnomasi).
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishning tashkiliy-tuzilmaviy komponentlari (faoliyatli innovatsion, amaliyotga yo‘nalganlik) immitatsion modellashtirish (ibora va maqollarni mnemotexnik usullar yordamida o‘quvchilarga o‘rgatish)ni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirish (umumlashtirish, analiz va tahlil) bilan uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirish hamda o‘quvchilar nutqini o‘stirish kompetensiyasini ijtimoiy-moslashuv, o‘z-o‘zini baholash va rivojlantirish indikatorlaridan iborat algoritmik bosqichni samarali muloqot jarayonlari bilan funksional integratsiyalash asosida takomillashdagi amaliy tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan RZ-202004165 “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish (olima ayollar granti)” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 23-oktyabrdagı  04/1-2990 raqamli dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishga doir ibora va maqollarning mnemotexnik lug‘ati va elektron ilovasini ishlab chiqishga xizmat qilgan.
 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, o‘quvchilarning ibora va maqollar ma’nolari asosida mulohaza yuritishi, tahlil qilishi va yodda saqlab qolishi o‘quvchilardagi intellektual rivojlanish hamda  xotiraga asoslangan bilim bilan birgalikda integratsion ustuvorlikka erishishi uchun imkon yaratish asosida takomillashtirish, boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining mnemotexnik usullar yordamida nutqini o‘stirish va nutqiy kompetensiyasini amaliyotga tatbiq etish metodikasiga doir takliflar “O‘qituvchi nutqi madaniyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘iga asosan №256515-nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishga erishilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishda muloqotga kirishishning so‘z tanlash va qo‘llash, til va nutq madaniyati kabi lingvodidaktik imkoniyatlari mnomotexnik usullarga asoslangan ta’limiy-didaktik texnologiyalar tamoyillariga integratsiyalash asosida rivojlantirish, boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining nutqini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion texnologiyalarini intensiv qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yilda bajarilgan IL-402104474 raqamli  “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 23-oktyabrdagi  № 04/1-2991 raqamli dalolatnomasi).  Natijada kichik maktab yoshidadagi o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishga yo‘naltirilgan ibora va maqollarning mnemotexnik-pedagogik xususiyatlarini (o‘rgatish, munosabatga kiritish, shakllantirish, baholash, ishontirish kabi) didaktik-tasnifiy tuzilmalarga (shakliy, tarkibiy, imkoniyatli) kiritish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 -yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘iga asosan №218-844-nashr ruxsatnomasi).  Natijalarning joriy qilinishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishga doir metodik ta’minotni ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish