Turumova Nilufar Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ulug‘bek Hamdam va Frans Kafka nasrida badiiy makon va zamon yaxlitligi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5446
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor Botirova Shaxlo Isamiddinovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Ikramxonova Feruza Ikramxonovna; Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xudayberdieva Dilfuza Muxtarovna.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yozuvchi Frans Kafka va Ulug‘bek Hamdam asarlarida zamon va makonning yaxlitligini o‘rganish va xronotopning asosiy xususiyatlarini ta’kidlash va ularning maxsus makon-zamon kontinuumini yaratishdagi hal qiluvchi rolini hamda o‘ziga xosliklarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asr adabiyotida badiiy jihatdan o‘zlashtirilgan zamon va makoniy munosabatlar o‘rtasidagi mutanosibliklar adabiyotshunoslikda badiiy asarlar yaratishdagi makon va zamon omillarining o‘ziga xos ta’riflari ilmiy terminologik aniqlikka to‘liq mos kelmasligi hamda badiiy obrazlar yaratish jarayonida ularning yaxlitligi nuqtayi nazaridan ochib berilgan;
Frans Kafkaning “Amerika” va Ulug‘bek Hamdamning “Isyon va itoat” romanlaridagi makon va zamon muammolari badiiy ijodning o‘xshashligi va yozuvchilar tomonidan qo‘llaniladigan uslublari kompleks tarzda o‘rganilib, yozuvchilarning ijodiy adabiy faoliyatining umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari badiiy asarlar yaratishda makon va zamon tasvirlaridan foydalanish proeksiyasi asosida isbotlangan;
Frans Kafka va Ulug‘bek Hamdam ijodida makon va zamon xususiyatlarning yuzaga kelishiga turtki bo‘lgan asosiy omillar va ularning ishlash tamoyillari aniqlanib, asarda sodir bo‘layotgan voqealarning fazoviy vaqt muhitini yaratishda yozuvchilar tomonidan qo‘llaniladigan badiiy uslubning asoslari ochib berilgan;
“Amerika”, “Isyon va itoat” romanlarida makon va zamonning funksiyalarini o‘rganish orqali ularning yozuvchi ijodini yaxlit idrok etishdagi o‘ziga xos jihatlari ko‘rsatib berilib, ijodiy asarlarda makon va zamon obrazlaridan foydalanish hamda badiiy qiymatini to‘liq anglash uchun xronotopning ahamiyati muhimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ulug‘bek Hamdam va Frans Kafka nasrida badiiy makon va zamon yaxlitligining aks etish xususiyatlarini aniqlash asosida:
XX asr adabiyotida badiiy jihatdan o‘zlashtirilgan zamon va makoniy munosabatlar o‘rtasidagi mutanosibliklar adabiyotshunoslikda badiiy asarlar yaratishdagi makon va zamon omillarining o‘ziga xos ta’riflari bilan bog‘liq ma’lumotlar Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 561624-EPP-1-2015-UKEPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” loyihasi mazmuniga kiritilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 14-yanvardagi 114/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, Frans Kafkaning va Ulug‘bek Hamdamning asarlaridagi makon va zamon muammolari, badiiy ijodning o‘xshash va turli yozuvchilar tomonidan qo‘llaniladigan texnikalari kompleks tarzda o‘rganilib, badiiy asarlar yaratishda makon va zamon tasvirlaridan foydalanish xususuiyatlari proeksiyasida asoslab berilgan;
Frans Kafkaning “Amerika” va Ulug‘bek Hamdamning “Isyon va itoat” romanlaridagi makon va zamon muammolari, badiiy ijodning o‘xshash va turli yozuvchilar tomonidan qo‘llaniladigan texnikalari kompleks tarzda o‘rganilib, yozuvchilarning ijodiy-adabiy faoliyatining umumiy va o‘ziga xos xususiyatlariga oid ilmiy xulosalar 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 14-yanvar 115/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy asarlar yaratishda makon va zamon tasvirlaridan foydalanish, yozuvchining asardagi personajlar muammolarini ko‘rsatuvchi psixologik jihatlarni ko‘rsatish nuqtayi nazarini tanlashda mentalitet va mavjud dunyoqarashning o‘rni isbotlangan;
Frans Kafka va Ulug‘bek Hamdam ijodida makon va zamon xususiyatlarning yuzaga kelishiga turtki bo‘lgan asosiy omillar va ularning ishlash oid uslubiy xulosalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisiplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” (CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish”) mavzusidagi ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 14-yanvar 116/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijodiy asarlarda makon-zamon obrazlaridan foydalanish muhimligi, ularning badiiy qiymatini to‘liq anglash uchun xronotopni batafsil o‘rganish zarurligi isbotlangan.