Eshmamatov Rustam Toshtemirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Modernistik adabiyot badiiy psixologizmida yolg‘izlik konsepti va uning hozirgi o‘zbek nasrida aks etish xususiyatlari (U.Hamdam va F.Kafka asarlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil4729
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor Botirova Shaxlo Isamiddinovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikramxonova Feruza Ikramxonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Karimova Diloromxon Shavkat qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi modernistik adabiyot badiiy psixologizmida yolg‘izlik konsepti va uning hozirgi o‘zbek nasrida aks etish xususiyatlarini U.Hamdam va F.Kafka asarlari misolida sharq va g‘arb madaniyatlarining aqliy xususiyatlarini va psixologik jihatlarining o‘ziga xosliklarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
modernizm adabiy asarlaridagi yolg‘izlik motivini uning qahramonlarning ichki dunyosi va ular duch kelgan tashqi sharoitlar o‘rtasidagi ziddiyatning rivojlanishidagi harakatlantiruvchi roli, modernizmning badiiy psixologizm bilan bog‘liq bo‘lgan mualliflar adabiy asarlarining asosiy harakatlantiruvchi motivi proeksiyasida ifodalanishi ochiqlangan;
asarlar qahramonlarining kognitiv ongida yuzaga keladigan muammolarni aks ettirish va o‘z hayotidan qoniqmaslik psixologik holatidan chiqish yo‘llarini izlashga muallif pozisiyasi, uning mentaliteti va dunyoqarashining ta’siri darajasini tahliliy yondashuv asosida yozuvchining asardagi personajlar muammolarini ko‘rsatuvchi psixologik jihatlarni ko‘rsatish nuqtayi nazarini tanlashda mentalitet va mavjud dunyoqarashning o‘rni isbotlangan;
diniy mavzular, asosan, Injil va Qur’on diniy falsafasi talqini, individual teologik jihatlari tahlil qilinib, badiiy asarlarni yaratishda muallifning tushunishini va shu asosda qahramonlarning ichki va tashqi dunyosi ziddiyatlarini yarashtirish, turli sivilizatsiyalar adabiyoti taraqqiyotidagi tarixiy ildizlardagi farqlarni inson ongi ziddiyatining psixologik jihatlarini aks ettirishga asoslangan yangi adabiy oqimlarning paydo bo‘lishidagi ahamiyati darajasi mualliflik yondashuvi asosida dalillangan;
XX-XXI asrlar ijtimoiy tuzilmalarining o‘zgarishi bo‘yidagi kognitiv ongning transformatsiya davrida modernistik adabiyotning paydo bo‘lishi sabablari, jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarning avval qabul qilingan axloqiy-madaniy qadriyatlarni inkor etishga olib kelishi o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqligi, tarixiy va adabiy ildizlarga asoslangan va G‘arb va Sharq adabiyotidagi modernistik adabiy oqimning asosiy belgilarining farqlantiruvchi omillari ochiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. modernistik adabiyot badiiy psixologizmida yolg‘izlik konsepti va uning hozirgi o‘zbek nasrida aks etish xususiyatlarini U.Hamdam va F.Kafka asarlari misolida aniqlash asosida:
modernizm adabiy asarlaridagi yolg‘izlik motivini uning qahramonlarning ichki dunyosi va ular duch kelgan tashqi sharoitlar o‘rtasidagi ziddiyatning rivojlanishidagi harakatlantiruvchi roli, modernizmning badiiy psixologizm bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlari oid ilmiy xulosalaridan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 20-iyun 239/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va ingliz guruhlarida maxsus fanlarni o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, ingliz tili va adabiyoti o‘qituvchilarining darslarni olib borish samaradorligini oshirishga erishilgan;
asarlar qahramonlarining kognitiv ongida yuzaga keladigan muammolarni aks ettirish va o‘z hayotidan qoniqmaslik psixologik holatidan chiqish yo‘llarini izlashga mualliflik pozisiyasi, uning mentaliteti va dunyoqarashining ta’siri darajasini tahliliy yondashuv asosida aniqlashga oid ilmiy xulosalar Samarqand davlat chet tillar instituti 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 14-yanvar 30/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, yozuvchining asardagi personajlar muammolarini ko‘rsatuvchi psixologik jihatlarni ko‘rsatish nuqtayi nazarini tanlashda mentalitet va mavjud dunyoqarashning o‘rni isbotlangan;
badiiy asarlarni yaratishda muallifning tushunishini va shu asosda qahramonlarning ichki va tashqi dunyosi ziddiyatlarini yarashtirish, turli sivilizatsiyalar adabiyoti taraqqiyotidagi tarixiy ildizlardagi farqlarni inson ongi ziddiyatining psixologik jihatlari, XX-XXI asrlar ijtimoiy tuzilmalarining o‘zgarishi bo‘yidagi kognitiv ongning transformatsiya davrida modernistik adabiyotning paydo bo‘lishi sabablari, jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarning avval qabul qilingan axloqiy-madaniy qadriyatlarni inkor etishga olib kelishi o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqligi, tarixiy va adabiy ildizlarga oid uslubiy xulosalaridan Evropa Ittifoqining Erasmus+ 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisiplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” (CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish”) mavzusidagi ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 14-yanvar 31/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari hamkorligi asosida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatining shakllanish va dunyoqarashini kengaytirishga imkoniyat yaratilgan.