Davlatov Farrux Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo manbalaridan rux fosfatlarini olish texnologiyasini fizik-kimyoviy asoslash», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4094.
Ilmiy rahbar: Samadiy Murodjon Abdusalimzoda, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03.
Rasmiy opponentlar: Umirov Farhod Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor; Umarov Shavkat Isomiddinovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xandiza koni rux saqlovchi rudalaridan rux fosfat olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xandiza koni rux konsentratini yuqori bosimli avtoklav yordamida sulfat kislotasi bilan qayta ishlash natijasida rux sulfat eritmasi olish, so‘ngra rux sulfat eritmasi va ekstraksion fosfat kislotani konversiyalash orqali rux fosfat olish imkoniyatlari isbotlangan;
800-900°C haroratda dastlabki kuydirish yo‘li bilan konsentratni qayta ishlash jarayonida qo‘rg‘oshin, molibden birikmalari va boshqa aralashmalarning miqdorini kamaytirish imkoniyati aniqlangan;
sulfat kislota bilan rux konsentratini parchalanishi, rux sulfatining eritmasini ekstraksion fosfat kislota bilan konversiya qilish va eritmalarni tozalash jarayonlarida hosil bo‘lgan eritmalar va pulpalarining fizik-kimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
rux fosfati konversiya darajasiga rux sulfati eritmasi va ekstraksion fosfat kislotalari konsentratsiyalari, pH va haroratlarning ta’siri ilmiy jihatdan asoslangan;
sulfat kislota bilan rux konsentratini parchalanish jarayoni, rux sulfat eritmalarini tozalash va rux sulfat eritmasini ekstraksion fosfat kislota bilan konversiya qilish jarayonining optimal texnologik parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xandiza koni rux konsentratini rux fosfatiga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xandiza koni rux konsentratidan rux fosfatini olish texnologiyasi “Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” AJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” AJning 2024 yil 19 sentyabrdagi OP02/EM-3622-son ma’lumotnomasi). Natijada, ISO 6745 talablariga javob beradigan rux fosfatini olish imkonini beradi;
rux sulfat eritmasi va ekstraksion fosfat kislotani konversiyalash orqali rux fosfat ishlab chiqarish texnologiyasi “Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” AJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” AJ tomonidan 2024 yil 19 sentyabrdagi OP02/EM-3622-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikada birinchi marta tarkibida kamida 50,5% rux saqlovchi yuqori sifatli rux fosfatini olish imkonini beradi.