Atajanov Muxiddin Ilxomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Qadimgi Xorazmda shaharsozlik madaniyati, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1641.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Egamberdieva Nigora Azadovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ochidiev Fayzulla Babakulovich tarix fanlari doktori (DSc) professor, Turganov Baxit Kurbanbaevich tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.  Qadimgi Xorazmda shaharsozlik madaniyatining vujudga kelishi va uning taraqqiyot bosqichlarini   aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qadimgi Xorazmda shaharsozlik madaniyatining shakllanishiga siyosiy, iqtisodiy omillar va janub aholisining migratsiyasi ta’sir ko‘rsatganligi asoslangan;
shaharlar bunyod etiladigan joylarning beshta  umumiy jihati ko‘rsatilib, ularning bittasi bo‘lsa-da, shahar qurilishiga asos bo‘lishi mumkinligi va shu asos har bir shaharning o‘ziga xosligini belgilovchi omil bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatildi;
Qadimgi Xorazmda harbiy me’morchilik va poliorketika yuksak darajada rivojlanganligi arxeologik tadqiqotlar asosida tahlil qilindi;
    Qadimgi Xorazm shaharsozlik madaniyatini tadqiq qilish orqali markaziy shaharlarga qo‘yilgan talablarning, markaziy shaharlarning turlari  aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qadimgi Xorazmda shaharsozlik madaniyati” mavzusidagi dissertatsiyaning ilmiy natijalari va tavsiyalaridan:
Qadimgi Xorazmda shaharsozlik madaniyatining shakllanishiga siyosiy, iqtisodiy omillar va janub aholisining migratsiyasi ta’sir ko‘rsatganligi asoslangan, tarix fanlari bo‘yicha PhD dissertatsiyasi dolzarb tarixiy-ijtimoiy jarayonlarning ilmiy tadqiqiga bag‘ishlangan. Ushbu ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan 2024-yil mart va sentyabr oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “o‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 16 sentyabrdagi 04-36-1024-son ma’lumotniomasi). Natijalarning qo‘llanilishi qadimgi Xorazmda shaharsozlik madaniyati tarixi haqidagi tasavvurlarni kengaytirishga imkon bergan;
 Dissertatsiyada shaharlar bunyod etiladigan joylarning beshta  umumiy jihati ko‘rsatilib, ularning bittasi bo‘lsa-da, shahar qurilishiga asos bo‘lishi mumkinligi va shu asos har bir shaharning o‘ziga xosligini belgilovchi omil bo‘lishi  ko‘rsatganligi asoslangan. Shuningdek shaharlar bunyod etiladigan joylarning beshta umumiy jihatlari ko‘rsatilib, ularning bittasi bo‘lsa-da shahar qurilishiga asos bo‘lishi mumkinligi va shu bois har bir shaharning o‘ziga xosligini belgilovchi omil bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Ushbu ilmiy yangiliklardan o‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan 2024-yil mart va sentyabr oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-sentyabrdagi 04-36-1024-son ma’lumotniomasi). Natijalarning qo‘llanilishi qadimgi Xorazmda shaharsozlik madaniyati tarixi haqidagi tasavvurlarni kengaytirishga imkon bergan;
Qadimgi Xorazmda harbiy me’morchilik va poliorketika yuksak darajada rivojlanganligi arxeologik tadqiqotlar asosida tahlil qilinganligi ko‘rsatildi.  Jumladan tadqiqot ishida Qadimgi Xorazmda harbiy me’morchilik va poliorketika yuksak darajada rivojlanganligi arxealogik tadqiqotlar asosida tahlil qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 23-sentyabrdagi 10-2025-sonli ma’lumotnomasi). Qadimgi Xorazm shaharsozlik madaniyatini tahlil qilish orqali markaziy shaharlarga qo‘yilgan talablar, markaziy shaharlarning turlari aniqlangan. Natijalarning qo‘llanilishi qadimgi Xorazmda harbiy me’morchilik va poliorketika yuksak darajada rivojlanganligi haqidagi tasavvurlarni kengaytirishga imkon bergan;
Qadimgi Xorazm shaharsozlik madaniyatini tadqiq qilish orqali markaziy shaharlarga qo‘yilgan talablarning, markaziy shaharlarning turlari  aniqlandi. Ushbu ilmiy hulosalar va yangiliklar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari muzeyi manbalarini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 23-sentyabrdagi 10-2025-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning  qo‘llanilishi Qadimgi Xorazm bo‘limi bo‘yicha muzey manbalarini boyitishda qo‘llanma va ishlanmalar ishlab chiqishda qo‘llanilgan. Taqdqiqodning ilmiy ahamiyati shundaki, dissertatsiyadagi yangi ma’lumotlar O‘zbekiston tarixi bo‘yicha hududlardagi shaharsozlik sohasidagi qarashlar va nazariyalarni takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish