Qodirova Sharifaxon Asratulloevnaning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Zamonaviy O‘zbekiston fuqarolari ongida davlat hokimiyati qiyofasi, 23.00.03 - Siyosiy madaniyat va mafkura.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ss205.
Ilmiy rahbar: Umarova Nigora Telmanovna, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020 Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Baxodir Xojiqurbonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Tursunova Rano Yusubjanovna tarix fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy O‘zbekiston fuqarolari ongida davlat hokimiyatining ijobiy qiyofasini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Davlat organlari imijini shakllantirishda zamonaviy gʼoyalarga asoslangan “Interaktiv imij” konsepsiyasi ishlab chiqilib, unda fuqarolarning fikr-mulohazalari va o‘zaro munosabatlari orqali hukumat imijini shakllantirishda faol ishtiroki interaktiv tasvirni yuzaga keltirishi, bu orqali ikki tomonlama jarayonda fuqarolar nafaqat passiv axborot isteʼmolchilari, balki uni yaratishda faol ishtirokchilar bo‘lishi, o‘z fikrlarini bildirish, rasmiylarning harakatlarini baholash va hatto onlayn platformalar, petisiyalar, so‘rovlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali muqobil echimlarni taklif qilishlari orqali tizimli aloqani yuzaga keltirishi mumkinligi ilmiy asoslangan;
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarda davlat idoralari imijiga ta’sir etuvchi omillarning kuchini baholovchi ko‘rsatkichlar (Ishonch indeksi (Trust Index), Axborot shaffofligi va kommunikatsiya samaradorligi (Transparency & Communication Efficiency), Iqtisodiy samaradorlik (Economic Efficiency), Jamoatchilik fikri va ijtimoiy kayfiyat (Public Perception & Social Sentiment), Korrupsiya darajasi (Corruption Perception Index), Muammolarga javob berish qobiliyati (Crisis Response Capability) ishlab chiqilib, ular jamoatchilikning hokimiyatni idrok etish dinamikasini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etishi, shuningdek, muayyan vaziyatni tahlil qilish va hokimiyatning munosabatini baholash orqali davlat imijiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmini aniqlashda samarali vosita sifatida xizmat qilishi ilmiy asoslangan;
jamoatchilik kayfiyatini real vaqtda kuzatish, jamoatchilik fikri so‘rovlari, media kontent tahlili, qaytma aloqa tahlili (Feedback Analysis), qiyosiy tahlil kabi kompleks tahlil vositalari orqali amalga oshirilgan tahlil davlat idoralari imijidagi o‘zgarishlarni aniqroq baholash, qarorlarni qabul qilish dinamikasi va ta’sir mexanizmlarini baholash, turli ijtimoiy-siyosiy ta’sirlar jarayonida jamoatchilik idrokiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarning hokimiyat obro‘siga salbiy ta’sirini minimallashtirish uchun “Samarali aloqa strategiyasi”ni ishlab chiqish hamda uni amaliyotga tadbiq etish zarurati ilmiy asoslangan;
Davlat idoralari zamonaviy axborot tahdidlari, jamoatchilik ongini shakllantirishga qaratilgan maqsadli informatsion-ideologik hujumlar hamda siyosiy beqarorlikni kuchaytirishga yo‘naltirilgan strategiyalar ta’siriga tobora ko‘proq duch kelayotganini inobatga olgan holda, hukumat imijining transformatsiya jarayonlarini tahlil qilish uchun dezinformatsiya kampaniyalarini monitoring qilish, jamiyatning axborot xurujlariga munosabati va siyosiy reaksiyasini o‘rganish, qarshi choralar samaradorligini baholash, tashqi va ichki siyosiy aktorlarning rolini tahlil qilish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan kompleks tadqiqotlar orqali global axborot-siyosiy muhitning davlat institutlariga ta’sir mexanizmlarini aniqlash hamda hokimiyat legitimligini mustahkamlash va jamiyatda siyosiy barqarorlikni ta’minlash strategiyalarini takomillashtirish zaruriyati ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
davlat organlari imijini shakllantirishda zamonaviy gʼoyalarga asoslangan “Interaktiv imij” konsepsiyasi ishlab chiqilib, unda fuqarolarning fikr-mulohazalari va o‘zaro munosabatlari orqali hukumat imijini shakllantirishda faol ishtiroki interaktiv tasvirni yuzaga keltirishi, bu orqali ikki tomonlama jarayonda fuqarolar nafaqat passiv axborot isteʼmolchilari, balki uni yaratishda faol ishtirokchilar bo‘lishi, o‘z fikrlarini bildirish, rasmiylarning harakatlarini baholash jarayonini takomallashtirish uchun tegishli davlat organlari tomonidan ochiqligini ta’minlash tizimini takomillashtirish yuzasidan bildirilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 11 martda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunining hamda 2019 yil 29 avgustda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ishlab chiqishda inobatga olindi (byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanilishi, o‘tkazilgan tanlovlar (tenderlar) va olingan tovarlarning etkazib berilishi to‘g‘risida, vazirliklar, idoralar, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladigan tegishli axborot), (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2022 yil 4 noyabrdagi 04/10-10-son ma’lumotnomasi). Bu davlat organlari faoliyatining ijobiy imijini shakllantirishga bevosita ta’sir ko‘rsatib, korrupsion xavflar pasayishiga va transparentlik oshishiga olib keldi;
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarda davlat idoralari imijiga ta’sir etuvchi omillarning kuchini baholovchi ko‘rsatkichlar (Ishonch indeksi (Trust Index), Axborot shaffofligi va kommunikatsiya samaradorligi (Transparency & Communication Efficiency), Iqtisodiy samaradorlik (Economic Efficiency), Korrupsiya darajasi (Corruption Perception Index), Muammolarga javob berish qobiliyati (Crisis Response Capability)) inobatga olgan holda, davlat fuqarolik xizmatiga nomzodlar qabul qilinayotganda, shuningdek, lavozimga ko‘tarilayotganda baholash bo‘yicha davlat xizmatchilarining kompetensiyalari modeliga davlat xizmatchilarining ijobiy imijini shakllantirishga oid kompetensiyalarni kiritish borasida berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2022 yil 25 oktyabrdagi UP40111434-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Agentlik tomonidan bugungi kunda fuqarolar ongida davlat fuqarolik xizmatchilarini ijobiy imijini shakllantiradigan davlat fuqarolik xizmatchilarini saralab olish bo‘yicha 8 ta indikator va 2 kompetensiya ishlab chiqildi;
ishlab chiqilib, ular jamoatchilikning hokimiyatni idrok etish dinamikasini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etishi, shuningdek, muayyan vaziyatni tahlil qilish va hokimiyatning munosabatini baholash orqali davlat imijiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmini aniqlashda samarali vosita sifatida xizmat qilishiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatida foydalnilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2022 yil 25 oktyabrdagi UP40111434-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Agentlik tomonidan bugungi kunda fuqarolar ongida davlat fuqarolik xizmatchilarini ijobiy imijini shakllantiradigan davlat fuqarolik xizmatchilarini saralab olish bo‘yicha 8 ta indikator va 2 kompetensiya ishlab chiqildi;
Davlat xizmatchilari jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish, davlat xizmatchilari haqida salbiy stereotiplarni chiqarish, davlat xizmatini obro‘siga putur etkazuvchi xatti-harakatlardan saqlanish orqali davlat hokimiyatining ijobiy imijini shakllantirishda faol pozisiyani egallashi bo‘yicha majburiyat yuklash borasida bildirilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi “Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarorini, tegishli ravishda 1- va 3-moddalarini: “Odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuqori kasbiy madaniyatni shakllantirishga, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga hurmat va ishonchni oshirishga, shuningdek, davlat xizmatchilarining qonun hujjatlariga zid bo‘lgan harakatlarining oldini olishga qaratilgan. “Davlat xizmatchisi o‘z ish faoliyati davomida va ishdan tashqari odob-axloq qoidalariga doimiy rioya qilishi, davlat xizmatining obro‘siga putur etkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zini tutishi shart” ishlab chiqishda inobatga olindi (O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 23 noyabrdagi 12-15-14-sonli ma’umotnomasi). Ushbu axloqiy me’yorlar fuqarolar ongida davlat hokimiyatining ijobiy imijini shakllantirishga qaratilgan davlat xizmatchilarining xulq-atvorini shakllantirishga yordam berdi;
jamoatchilik kayfiyatini real vaqtda kuzatish, jamoatchilik fikri so‘rovlari, media kontent tahlili, qaytma aloqa tahlili, komparativ tahlil kabi kompleks tahlil vositalari orqali amalga oshirilgan tahlil davlat idoralari imijidagi o‘zgarishlarni aniqroq baholash, turli ijtimoiy-siyosiy ta’sirlar jarayonida jamoatchilik idrokiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarning hokimiyat obro‘siga salbiy ta’sirini minimallashtirish uchun samarali aloqa strategiyasini ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etish to‘gʼrisidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 1 avgustdagi 08-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 25 iyundagi “Axborot siyosati, davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi SQ-322-IV sonli qarorining 2-bandi 8-xatboshisini (joylarda aholi, jumladan, axborot xizmati sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar va ommaviy axborot vositalari bilan bevosita muloqot qilish orqali axborot siyosati hamda davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash masalalariga oid haqiqiy ahvolni o‘rganish hamda bu borada aniqlangan dolzarb masalalarni Parlament nazorati doirasida hal etish choralarini ko‘rish) tayyorlashda ishtirok etildi.