Sagdullaeva Dildora Sayfulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Yoshlarda yetakchilik qobiliyatini shakllantirishga OAVning ta’siri
23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ss147
Ilmiy rahbar: Quranboev Qahramon Qo‘chqorovich siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institut.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Eʼtibor Siddiqovna, siyosiy fanlari doktori, professor. Umarova Nigora Telmanovna siyosiy fanlari nomzodi, dotsent         Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi — yoshlarda yetakchilik qobiliyatini shakllantirish va takomillashtirishda OAVlar va ijtimoiy tarmoqlarning imkoniyatlarini qo‘llash yuzasidan taklif va tavsiyalar  ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarning yetakchilik qobiliyatini shakllantirishda ijtimoiy media platformalar orqali targ‘ibot va tashviqotning yangi shakllarini (audiovizual vositalardan foydalangan holda ijtimoiy roliklar, dasturlar, filmlar, seriallarni yaratish)ni joriy etish zarurati asoslanib, 16–30 yosh orasidagi talabalar, tadbirkorlar va faol yoshlar uchun 4 fazali simulyasiyadan iborat “Liderlik simulyatori: virtual yetakchilik maktabi” konsepsiyasini amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida OAV orqali yosh yetakchilarni shakllantirishda madaniy va ijtimoiy omillarning ta’sirini o‘rganish asosida, hududiy media strategiyalarni ishlab chiqish konsepsiyasi taklif etilib, har bir hudud uchun maqsadli kontent hamda “Mentorlik marafoni” (yosh yetakchilarda nutqiy mahorat va notiqlik ko‘nikmalarini shakllantirish)ni tashkil etish zarurati asoslantirilgan;
OAV va ijtimoiy tarmoqlar (ijtimoiy roliklar yordamida) orqali yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki va yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha “Yoshlar siyosiy maktabi: yangi avlod lideri” yangi mualliflik modeli ishlab chiqilib, model asosida yoshlarning liderlik imidji, ma’naviy qiyofasi, siyosiy savodxonligi, qonunchilik jarayonlaridagi faolligini baholovchi indikatorlar orqali yetakchi yoshlarni aniqlash mumkinligi asoslantirilgan;
OAVning hamda ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar siyosiy harakatlariga ta’sirini o‘rganish jarayonida, ta’sir ko‘rsatish holatining dinamikasi ilmiy jihatdan asoslanib, unda OAV yordamida yoshlar siyosiy harakatlarini shakllantirish va ularni yetakchilikka jalb qilish usullari (ommaviy chellenjlar, motivatorlar, transparent ovoz berish, blokcheyn orqali ijtimoiy fikrni kuzatish, metaolam orqali siyosiy simulyasiyalar va amaliy mashg‘ulotlar) joriy etiladi.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda yetakchilik qobiliyatini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni borasida quyidagi takliflar asosida:
yoshlarning yetakchilik qobiliyatini shakllantirishda ijtimoiy media platformalari orqali targ‘ibot va tashviqotning yangi shakllarini joriy etish imkoniyatlari tadqiq etilib, ijtimoiy-siyosiy kontent orqali yetakchilik strategiyalarini shakllantirish va ularni hayotda qo‘llashga yordam beruvchi onlayn kurslar, simulyasiyalar va interaktiv mexanizmlarning ahamiyatiga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, 24-12/10-sonli ma’lumotnomasi, 14.11.2023). Natijada Oliy Majlis Senati Kengashining 2020-yil 23-iyundagi KK-97-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar parlamenti to‘g‘risidagi Nizom”ning
2-sonli bandi ishlab chiqilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida OAV orqali yosh yetakchilarni shakllantirishda madaniy va ijtimoiy omillarning ta’sirini o‘rganish asosida, hududiy media strategiyalarni ishlab chiqish konsepsiyasi taklif etilib, har bir hudud uchun maqsadli kontent yaratish yo‘nalishlarini aniqlab borishga oid takliflaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanali faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, 02-15/2372-sonli ma’lumotnomasi, 31.10.2023). Natijada 2019-2020-yillar davomida yoshlar faoliyatini yoritib boruvchi, ularning muammolari va takliflarini olib chiquvchi, yoshlar masalalariga oid qonunchilikdagi yangiliklarni etkazuvchi, yoshlarda yetakchilik  qobiliyatining shakllanishiga turtki bo‘luvchi “Yoshlar” teleradiokanali orqali efirga uzatilgan “Yoshlar press klubi”ning bir nechta (“Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish”, “Yoshlar jinoyatchiligining oldini olish”, “Prezident nazariga tushgan yoshlar”, “Axborotning ommaga ta’siri”) sonlari tashkil etilgan.
OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki va yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha yangi mualliflik modeli ishlab chiqilib, uning asosida yoshlarning siyosiy savodxonligini rivojlantirish, ularni qonunchilik jarayonlariga jalb qilish, yetakchi sifatida tan olinish imkoniyatlarini oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid takliflaridan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 1 noyabrdagi 1-13-21-3120-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “2023 yilda Yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari” ning 2-bob, 23-24-25-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.
OAVning hamda ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar siyosiy harakatlariga ta’sirini o‘rganish asosida, ta’sir ko‘rsatish jarayonining dinamikasi ilmiy jihatdan asoslanib, unda OAV yordamida yoshlar siyosiy harakatlarini shakllantirish va ularni yetakchilikka jalb qilish usullari (ommaviy chellenjlar, motivatorlar, transparent ovoz berish, blokcheyn orqali ijtimoiy fikrni kuzatish, metaolam orqali siyosiy simulyasiyalar va amaliy mashg‘ulotlar)dan keng foydalanishga oid takliflaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida qo‘llanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, 2025-yil 21-yanvar, № 5/16-1). Natijada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil uchun yillik ish reja dasturining 10-11-bandlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish