Mingishov Laziz O‘tkirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning eksport raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari», 08.00.09–Jahon iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt228.
Ilmiy rahbar: Nasirxodjaeva Dilafruz Sabitxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, PhD27.06.2017.Tar/Yu/I/S/24.01.
Rasmiy opponentlar: Isadjanov Abduvali Abdurahimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alimardonov Elshod Dilshodovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning eksport raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksport shartnomalarida oldindan 100 foiz to‘lov shartini bekor qilish va o‘z navbatida, tashqi savdoni sug‘urtalash amaliyotini joriy etishning afzalliklari asoslab berilgan;
meva-sabzavot mahsulotlari eksport narxlarini bozor munosabatlari tamoyillari asosida shakllantirish orqali “O‘zagroeksport” AJ tomonidan minimal narx belgilash amaliyotini bekor qilish maqsadga muvofiqligi belgilab berilgan;
eksportni qo‘llab-quvvatlash maqsadida milliy tovarlarni tashqi bozorlarda xarid qilinishini kreditlar orqali rag‘batlantirish amaliyotini joriy etishning afzalliklari asoslangan;
eksport raqobatbardoshlikni ta’minlash maqsadida xalqaro standart mezonlarini joriy etish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining asosiy tamoyillariga “texnik reglament va standartlarni ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ilmiy-texnik yutuqlaridan, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ixtisoslashgan tashkilotlar standartlaridan foydalanish”ni kiritish zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning eksport raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonning meva-sabvazot eksport imkoniyatini oshirishda oldindan 100 foiz to‘lov shartini bekor qilish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 17 oktyabrdagi PQ-3978-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2018 yil 20 iyundagi 11/AU-21-57/7-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport hajmining oshishiga imkon bergan;
O‘zbekistonda meva va sabzavot mahsulotlarini eksport kontraktlari tuzishda kontrakt tuzilgan kunida “O‘zagroeksport” AJ tomonidan e’lon qilingan narxlardan past bo‘lmagan narxlarda tuzilishi shartini bekor qilish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investisiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2018 yil 20 iyundagi 11/AU-21-57/7-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi milliy mahsulotlar eksporti geografiyasining diversifikatsiya darajasi oshishiga olib kelgan;
eksportni qo‘llab-quvvatlashning tashqi bozorlarda milliy tovarlarning xarid qilinishini kreditlar orqali rag‘batlantirish kabi moliyaviy mexanizmlarini joriy etish zarurligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2018 yil 20 iyundagi 11/AU-21-57/7-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining eksport hajmi oshishiga erishilgan;
tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni ta’minlash maqsadida xalqaro standart mezonlarini joriy etish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining asosiy tamoyillariga “texnik reglament va standartlarni ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ilmiy-texnik yutuqlaridan, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ixtisoslashgan tashkilotlar standartlaridan foydalanish”ni kiritish yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tomonidan foydalanish uchun qabul qilingan (2018 yil 12 martdagi 29/38-son ma’lumotnoma). Mazkur taklif eksportni yanada rag‘batlantirish maqsadida texnik jihatdan tartibga solish tizimini xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirishda xizmat qilishi nazarda tutgan.