Ergashev Sanjarbek Sobirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarida resurs tejamkorligini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4653
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Xakimov Ziyodulla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Saidkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarida resurs tejamkorligini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalarining resurs tejamkor yuqori texnologik ishlab chiqarish tizimida yashil iqtisodiyot strategiyalari, qiymat zanjirida “Smart Grid” texnologiyalari, tizimda raqamlashtirishni rag‘batlantiruvchi dastaklar orqali barqaror rivojlanish maqsadlarini ta’minlash asoslangan;
sanoat korxonalarida resurslarni meʼyoriy va mutanosib rejalashtirish va resurs salohiyatini moddiy xarajatlar, mehnat xarajatlari va moliyaviy faoliyat xarajatlar o‘sish sur’ati indeksining jamlanma integral indeksli usulda baholash orqali muntazam monitoringga erishish asoslangan;
sanoat korxonalarini ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishga tayyorligini 0,71≤α_(n,) β_(n,) γ_n≤1 va qabul qilishning 0≤α_(n,) β_(n,) γ_n≤0,29 quyi, 0,29≤α_(n,) β_(n,) γ_n≤0,56 imkoniyati, 0,57≤α_(n,) β_(n,) γ_n≤0,70 yuqori meʼyoriy darajalarida strategik qarorlar qabul qilishga asoslangan;
sanoat korxonalarida resurslarni rejalashtirish tizimlarini (ERP) joriy etishda samaradorlikning salmoq koeffisientlari (mezonlari) moddiy resurslar bo‘yicha (A=0,23), ishchi kuchidan foydalanish (B=0,29), moliyaviy resurslar bo‘yicha (S=0,19) va axborot resurslari bo‘yicha (D=0,29) optimal darajada bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarida resurs tejamkorligini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat korxonalarining resurs tejamkor yuqori texnologik ishlab chiqarish tizimida yashil iqtisodiyot strategiyalari, qiymat zanjirida “Smart Grid” texnologiyalari, tizimda raqamlashtirishini rag‘batlantiruvchi dastaklar orqali barqaror rivojlanish maqsadlarini ta’minlash bo‘yicha asoslangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil
25-noyabrdagi 08/25-1-24450-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik asosida olingan natijalar bo‘yicha berilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
2-dekabrdagi PQ–436-son “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “Yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandini “Yirik ishlab chiqarish korxonalarida quvvatlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish orqali energiyani tejash, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha texnik siyosatni ishlab chiqib, uning ko‘rsatkichlarini yillik biznes-rejalarga kiritish bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlari” ishlab chiqishda foydalanilgan;
sanoat korxonalarida resurslarni meʼyoriy-mutanosib rejalashtirish va resurs salohiyatini moddiy xarajatlar, mehnat xarajatlari va moliyaviy faoliyat xarajatlari o‘sish sur’atining indekslarini jamlanma integral indeks usuli yordamida baholash orqali muntazam monitoringga erishish bo‘yicha takliflar “O‘zbekkimyomash zavodi” AJ faoliyatini baholashda foydalanilib, sinovdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 25-noyabrdagi 08/25-1-2450-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida yirik sanoat tarmoqlarida mahsulot tannarxini qisqartirish va xarajatlarni kamaytirishga erishish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, sanoat korxonalari faoliyatida strategik tartibga solish mexanizmlaridan foydalanilishi natijasida texnologik modernizatsiyaga erishildi;
sanoat korxonalarini ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishga tayyorligini 0,71≤α_(n,) β_(n,) γ_n≤1 va qabul qilishning 0≤α_(n,) β_(n,) γ_n≤0,29 quyi, 0,29≤α_(n,) β_(n,) γ_n≤0,56 imkoniyati, 0,57≤α_(n,) β_(n,) γ_n≤0,70 yuqori meʼyoriy darajalarida strategik qarorlar qabul qilishga asoslangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil
25-noyabrdagi 08/25-1-24450-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida sanoat korxonalarida moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha innovatsion loyihalar amalga oshirilgan. Shuningdek, yirik sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni raqamli boshqaruv texnologiyalari (ERP, CRM tizimlari) hamda moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlaridan foydalanish amaliyoti yoʻlga qo‘yildi;
sanoat korxonalarida resurslarni rejalashtirish tizimlarini (ERP) joriy etishda samaradorlikning salmoq koeffisientlari (mezonlari) moddiy resurslar bo‘yicha (A=0,23), ishchi kuchidan foydalanish (B=0,29), moliyaviy resurslar bo‘yicha (S=0,19) va axborot resurslari bo‘yicha (D=0,29) optimal darajada bo‘lishi asoslangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 25-noyabrdagi 08/25-1-24450-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik sanoat korxonalarida resurslarni rejalashtirish tizimlarini (ERP) joriy etish samaradorligini baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilib, jumladan “O‘zbekkimyomash zavodi” AJda moddiy resurslardan foydalanish samaradorlik darajasini 6,9 foizga oshirishga erishilgan.