Bekmurodov Abbos Amiriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida xalqaro transformatsiya jarayonlarini takomillashtirish asoslari ”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2PhD/Iqt1698.
Ilmiy rahbar: Rustamov Maqsud Suvonqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Toshpulatov Davron Akromovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tijorat banklari faoliyatida xalqaro transformatsiya jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bank ekotizimi mijozning e-commerce, e-health, lifestyle-banking tamoyillari asosida bank va nobank xizmatlar ko‘rsatishni integratsiyalashtirish orqali takomillashtirilgan;
tijorat banklari yuridik mijozlarining mahsulot (ish, xizmat)larini hamkor marketpleyslar orqali B2B tamoyili asosida chakana sotuvini imtiyozli kreditlash asosida kengaytirish taklif etilgan;
mijozning hisob raqamini manfiy qoldiqqa ega bo‘lishini ta’minlash imkoniyatini to‘lov skoringi darajasini (Asc<5 “zaif”, 5<Asc<10 – “o‘rtacha” va Asc>10 – “kuchli”) va xulqiy-skoring darajasini (Bsc<18,4 “zaif”, 18,4<Bsc<25,2 – “o‘rtacha” va Bsc>25,2 –“kuchli”) oraliqlarda baholash asosida oshirish taklifi asoslantirilgan;
bank tomonidan kredit ajratilayotganda mijoz daromadining 60 foiz qismiga teng miqdorda to'lovlarni belgilash orqali kreditning qaytarilmaslik riskini 2,6 foiz darajada saqlab qolish imkoniyati asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida xalqaro transformatsiya jarayonlarini takomillashtirishga oid ilmiy natijalar asosida:
bank ekotizimi tushunchasining mijozning e-commerce, e-health, lifestyle-banking tamoyillari asosida tashkil qilinadigan xizmatlariga talabini qondirishda multikanalli sotish tizimini qo‘llash asosida keng turdagi bank va nobank xizmatlar ko‘rsatishni integratsiyalashtirish taklifi “Mikrokreditbank” ATBni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2024-yil 25 iyuldagi 05-16/20680-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash bank xizmatlarini ko‘rsatishni e-commerce, e-health, lifestyle-banking tamoyillariga ko‘ra mijozlarning ehtiyojlarini yuqori darajada indivividuallashtirish va turli integratsiyalashgan servisni yo‘lga qo‘yish asosida an’anaviy B2B va B2C tizimini takomillashtirish hamda P2P tizimini kengaytirish imkonini bergan;
tijorat banklari yuridik mijozlarining mahsulot (ish, xizmat)larini hamkor marketpleyslar orqali B2B tamoyili asosida chakana sotuvini imtiyozli kreditlash asosida kengaytirish taklifi “Mikrokreditbank” ATBni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2024-yil 25 iyuldagi 05-16/20680-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash bir tomondan mijozlarga imtiyozli shartlar asosida iste’mol kreditidan foydalanish imkoniyatini oshirishga, boshqa tomondan yuridik mijozlarning mahsulot (ish, xizmat) sotuvini hamda hamkor marketpleyslar orqali muddatli to‘lov tizimini B2B tamoyili asosida kengaytirishga imkon bergan;
mijozning to‘lov skoringi darajasini (Asc<5 "zaif", 5<Asc<10 - "o‘rtacha" va Asc>10 - "kuchli") va xulqiy-skoring darajasini (Bsc<18,4 "zaif", 18,4<Bsc<25,2 - "o‘rtacha" va Bsc>25,2 - " kuchli") oraliqlarda baholash asosida mijozning hisob raqamini manfiy qoldiqqa ega bo‘lishini ta’minlash imkoniyatini oshirish taklifi “Mikrokreditbank” ATBni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2024-yil 25 iyuldagi 05-16/20680-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mijozning to‘lov qobilligini kredit muddati mobaynida barqaror saqlab qolishga, hisob raqamiga pul daromadlari tushumi muddatlari bilan bog‘liq tafovutlarni hisobga olgan holda xolis baholash hamda qarz mablag‘larining qaytarilmaslik riskini kamaytirish imkonini bergan;
bank tomonidan kredit ajratilayotganda mijoz daromadining 60 foiz qismiga teng miqdorda to'lovlarni belgilash orqali kreditning qaytarilmaslik riskini 2,6 foiz darajada saqlab qolish taklifi “Mikrokreditbank” ATBni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2024-yil 25 iyuldagi 05-16/20680-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash mijozning kredit portfelining minimal darajasini 60 foiz da va kreditning qaytarilmaslik riski darajasini 2,6 foiz darajada saqlab qolish asosida 10,0 mln.so‘mgacha bo‘lgan kredit portfeli uchun qo‘shimcha 8612,2 so‘m, 10,0-50,0 mln so‘mgacha bo‘lgan kredit portfeli uchun 13410,7 so‘m qo‘shimcha foyda olish imkonini bergan.