Oromiddinov Muzaffar Pardabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida ichki auditni takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3040.
Ilmiy rahbar: Umarov Zafar Absamatovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Djuraev Kamoliddin Nuriddinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xalqaro tajribalarni o‘rganish va ularni tijorat banklari ichki auditini takomillashtirishga qo‘llash, xalqaro standartlarga muvofiq ichki audit jarayonlarini samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bank ichki auditini amalga oshirishda riskka asoslangan yondashuvni joriy qilish orqali audit ob’ektlarini auditorlik tekshiruvlarining davriyligi har 3 yilda kamida bir marta rejalashtirilish asoslangan;
bank ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladigan audit biznes-jarayonlar auditi, xizmat tekshiruvi, funksional-komplaens audit shaklida o‘tkazish taklif etilgan;
ichki audit tekshiruvidagi asosiy tadbirlar va ular uchun zarur muddatlarni “Diagnostika” bosqichi uchun umumiy tekshiruv muddatining 40 foizigacha, “Auditorlik tadbirlari” bosqichi uchun umumiy tekshiruv muddatining 40-45 foizigacha, “Hisobot” bosqichi uchun umumiy tekshiruv muddatining 10 foizigacha, “Auditorlik hisoboti muhokamasi” bosqichi uchun umumiy muddatning 5-10 foizi, lekin, 2 ish kunidan kam bo‘lmagan muddatgacha taqsimlash asoslangan;
bank Kengashi ichki audit xizmati faoliyatini ichki baholash davriy har yili kamida bir marta, tashqi baholash besh yilda bir martadan kam bo‘lmasligi taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida ichki auditni tashkil qilish, ichki auditni o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank ichki auditini amalga oshirishda riskka asoslangan yondashuvni joriy qilish orqali audit ob’ektlarini auditorlik tekshiruvlarining davriyligi har 3 yilda kamida bir marta rejalashtirilish taklifi ChEKI “Hamkorbank” ATB ning ichki audit siyosatida o‘z aksini topgan (ChEKI “Hamkorbank” ATB ning 2024-yil 15-apreldagi № 12-0804/40-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida ichki auditni rejalashtirish va amalga oshirishda risklarni baholash asosida eng zaif (yuqori riskka ega) ob’ektlar va faoliyat yo‘nalishlariga ko‘proq e’tibor qaratishni, resurslarning maqbul muvozanatini ta’minladi, audit tsikli 3 yilda kamida bir marta rejalashtirilgan;
bank ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladigan audit biznes-jarayonlar auditi, xizmat tekshiruvi, funksional-komplaens audit shaklida o‘tkazish taklif bo‘yicha taklifi ChEKI “Hamkorbank” ATB ning ichki audit siyosatida o‘z aksini topgan (ChEKI “Hamkorbank” ATB ning 2024-yil 15-apreldagi № 12-0804/40-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida “"Hamkorbank" ATB Ichki audit xizmati “Markaziy ofis auditi” bo‘limi tomonidan audit tekshiruvlarini o‘tkazish va audit natijalari yuzasidan monitoringni amalga oshirish tartibi”da o‘z aksini topib, ichki audit xizmati xodimlarining ish samaradorligini oshirishga, ichki nazorat tizimidagi bo‘shliqlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga, lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik holatlarini 10 foizga kamayishiga xizmat qilgan;
ichki audit tekshiruvidagi asosiy tadbirlar va ular uchun zarur muddatlarni “Diagnostika” bosqichi uchun umumiy tekshiruv muddatining 40 foizigacha, “Auditorlik tadbirlari” bosqichi uchun umumiy tekshiruv muddatining 40-45 foizigacha, “Hisobot” bosqichi uchun umumiy tekshiruv muddatining 10 foizigacha, “Auditorlik hisoboti muhokamasi” bosqichi uchun umumiy muddatning 5-10 foizi, lekin, 2 ish kunidan kam bo‘lmagan muddatgacha taqsimlash taklifi taklifi ChEKI “Hamkorbank” ATB ning ichki audit siyosatida o‘z aksini topgan (ChEKI “Hamkorbank” ATB ning 2024-yil 15-apreldagi № 12-0804/40-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif joriy qilinishi “"Hamkorbank" ATB Ichki audit xizmati “Markaziy ofis auditi” bo‘limi tomonidan audit tekshiruvlarini o‘tkazish va audit natijalari yuzasidan monitoringni amalga oshirish tartibi”da o‘z aksini topib, ichki audit tadbirlari uchun vaqt byudjetini to‘g‘ri taqsimlash, audit jarayonini yillik ish rejasida belgilangan muddat ichida samarali amalga oshirilishini ta’minladi.
bank Kengashi ichki audit xizmati faoliyatini ichki baholash davriy har yili kamida bir marta, tashqi baholash besh yilda bir martadan kam bo‘lmasligi taklifi ChEKI “Hamkorbank” ATB ning ichki audit siyosatida o‘z aksini topgan (ChEKI “Hamkorbank” ATB ning 2024-yil 15-apreldagi № 12-0804/40-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida Ushbu taklif “Hamkorbank” ATB Kuzatuv Kengashining 2023-yil 2-iyundagi 6-sonli yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan ““Hamkorbank” ATB Ichki audit siyosati”da o‘z aksini topib, Bank Kengashi tomonidan ichki audit xizmati faoliyatini monitoring qilish, uning xodimlari faoliyatini va bilimini baholab borish orqali hamda taqdim etilgan auditorlik hisobotlari sifatidan kelib chiqib yilda kamida bir marta amalga oshirildi, tashqi baholash bankka aloqador bo‘lmagan mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda tashqi baholashdan o‘tkazishning davriyligi besh yilda bir marotabadan kam bo‘lmasligini ta’minlagan.