Sharipov Abdunazar Eshqobil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo viloyatida tarqalgan Tojik kovragi (Ferula tadshikorum Pimenov) tabiiy zaxirasi va biologiyasi», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B507.
Ilmiy rahbar: Turginov Orzimat Turdimatovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.B.70.03.
Rasmiy opponentlar: Duschanova Guljan Madrimbaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Mukumov Ilxom O‘ktamovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ferula tadshikorum Pimenovning Surxondaryo viloyatida tarqalish maydonlarini, tabiiy zaxiralarini hamda ayrim biologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ferula tadshikorum Pimenovning Surxondaryo viloyatidagi tabiiy zaxirasi xatlovdan o‘tkazilgan, tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari yaratilgan, turning eng ko‘p tarqalgan maydonlar Bobotog‘ botanik-geografik rayonining adir va quyi tog‘ mintaqasiga to‘g‘ri kelishi aniqlangan;
turning biologik modellashtirish asosida yaqin hamda uzoq kelajakda Pomir-Oloy tog‘larining O‘rta Osiyoda joylashgan ekotoplari tur uchun optimal yashash sharoitlarini saqlab qoladigan asosiy hududlar bo‘lib qolishi ochib berilgan;
F.tadshikorum urug‘ unuvchanligi in vitro sharoitiga nisbatan tabiiy sharoitda yuqori bo‘lishi, shira to‘plash imkoniyati quyi tog‘ mintaqasida yuqori samaradorlikka ega ekanligi isbotlangan;
turning tabiiy zaxiralari antropogen omil ta’sirida inqirozga uchrayotganligi, yangi jamoalarning paydo bo‘lish jarayoni sust kechayotganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyatida tarqalgan tojik kovragining tabiiy zaxirasi va biologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tojik kovragining Surxondaryo viloyati hududidagi zaxiralari va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi boshqarmalar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 7 sentyabrdagi 03-03/3-4525-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot hududida tarqalgan Tojik kovragi zaxiralarini monitoring qilish va ular populyasiyalarini muhofaza qilish imkoni yaratilgan;
o‘rganilayotgan tur bilan birga o‘sgan adir va tog‘ florasiga doir 100 dan ortiq turning 150 dan ortiq gerbariy namunalari O‘zbekiston Milliy gerbariy (TASh) ilmiy noyob obekti fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 12 oktyabrdagi 4/1255-2259-son ma’lumotnomasi). Natijada, Tog‘li O‘rta Osiyo provinsiyasining G‘arbiy Hisor, Hisor-Darvoz hamda Panjoldi okrugi tarkibidagi botanik-geografik rayonlar florasiga oid yangi gerbariy namunalari noyob ilmiy obekti O‘rta Osiyo bo‘limi kolleksiyasini boyitgan va O‘zbekiston florasining elektron ma’lumotlar bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish