Yarlakabov Umirzoq Mamatqulovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida texnik fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped93.

Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.

Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor;  G‘afforov Alisher Xolmurodovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadikasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida texnik fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining malaka talablaridan texnologik bilimlarni g‘oyalar generatori va akslanish tamoyillari asosida sintezlash orqali texnik fikrlash ko‘nikmasining tashkiliy-tuzilmaviy komponentlari (motivatsion, obrazlilik, tezkorlik va refleksivlik) mazmuni takomillashtirilgan;

umumkasbiy fanlarni o‘qitishda “speed sketching”, “information failure” va “time constraints” kabi invariant ta’lim metodlarini qo‘llash orqali bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida texnik fikrlashni shakllantirish imkoniyatlari (tashxislash, xaritalash, ixtirochilik va boshqarish)  kengaytirilgan;

texnologik va kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan nostandart texnik masalalar va Bennet testini vizuallashtirish asosida virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini ishlab chiqish orqali bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining texnik fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish metodikasi takomillashtirilgan;

texnik fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga imkon beruvchi muammoli topshiriqlar tizimi asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining tayyorgarlik darajalari sifat ko‘rsatkichlari (integrativ muloqot, modellashtirish va amaliy echim topish) va baholash mezonlari (kognitiv, politexnik va faoliyatli) optimallashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kasb ta’limi o‘qituvchilarida texnik fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:

bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida o‘qitishning g‘oyalar generatori va akslanish tamoyillari hamda malaka talablarini integratsiyalash asosida  texnik fikrlash ko‘nikmasining tashkiliy-tuzilmaviy komponentlari mazmuniga oid taklif va tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5111000-Kasb ta’limi “Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” bakalavriat yo‘nalishi malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 apreldagi 19-03-1558-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 aprelidagi 137-sonli buyrug‘i asosida takomillashtirilgan me’yoriy va uslubiy hujjatlar hamda zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish va ta’lim jarayoniga joriy etishni amalga oshirish maqsadida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining texnik fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga imkon beruvchi texnologik nostandart topshiriqlar tizimi va Bennet testini vizuallashtirish asosida “O‘qituvchining texnik fikrlashi” nomli virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishga yo‘naltirilgan o‘quv-uslubiy ta’minotiga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 apreldagi 19-03-1558-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minotlar bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;

talabalarning texnologik hamda kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan “speed sketching”, “information failure” va “time constraints” kabi invariant ta’lim metodlari mazmunini qamrab oluvchi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 apreldagi 19-03-1558-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv-uslubiy ta’minot kasb ta’limi yo‘nalishlari talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda  ta’lim jarayonining  sifatini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish