Abiev Davron Ilxomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining investision faolligini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3242.
Ilmiy rahbar: Ataniyazov Jasurbek Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va sevis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpo‘latov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tijorat banklarining investision faolligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarining investision faoliyatdan oladigan daromadi hajmini oshirish va risklilik darajasini pasaytirish maqsadida bank tomonidan uzoq muddatli davlat qimmatli qog‘ozlariga yo‘naltiriladigan investisiyalar hajmini oshirish lozimligi asoslangan;
tijorat banklarining investision faolligini oshirishda korxonalar ustav kapitaliga yo‘naltiriladigan investisiyalarni ko‘paytirish taklif etilgan;
tijorat banklarining investision salohiyatini oshirish, investision loyihalarni moliyalashtirish uchun uzoq muddatli barqaror resurslarni jalb etish maqsadida tijorat banklarining muddatli depozitlari hajmini 10 foizga oshirish orqali bankning investision resurslar bazasini kengaytirish taklif etilgan;
tijorat banklari investision portfeli daromadliligini oshirish maqsadida banklar tomonidan past nominal bahoda sotib olingan qimmatli qog‘ozlarni real bahosi oshganda sotish lozimligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining investision faolligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining investision faoliyatdan oladigan daromadi hajmini oshirish va risklilik darajasini pasaytirish maqsadida bank tomonidan uzoq muddatli davlat qimmatli qog‘ozlariga yo‘naltiriladigan investisiyalar hajmini oshirish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2024-yil 29-noyabrdagi 10-10-08/13892-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning davlat qimmatli qog‘ozlariga investisiyalari hajmi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 24,5 foizga oshgan holda 1305 mlrd. so‘mga etgan;
tijorat banklarining investision faolligini oshirishda korxonalar ustav kapitaliga yo‘naltiriladigan investisiyalarni ko‘paytirish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2024-yil 29-noyabrdagi 10-10-08/13892-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan korxonalarning ustav kapitaliga qo‘yilmalarining bank investision portfelidagi ulushi 2022-yildagi 7,9 foizdan  2023-yilda 12,6 foizga etgan, mazkur faoliyatdan olingan daromad esa 5,2 mlrd. so‘mga yoki 36 foizga oshgan;
tijorat banklarining investision salohiyatini oshirish, investision loyihalarni moliyalashtirish uchun uzoq muddatli barqaror resurslarni jalb etish maqsadida tijorat banklarining muddatli depozitlari hajmini 10 foizga oshirish orqali bankning investision resurslar bazasini kengaytirish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2024-yil 29-noyabrdagi 10-10-08/13892-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning muddatli depozitlari hajmi 2023-yilda 7,9 trln. so‘mni tashkil etgan holda 2022-yilga nisbatan 632,8 mlrd. so‘mga oshgan;
tijorat banklari investision portfeli daromadliligini oshirish maqsadida banklar tomonidan past nominal bahoda sotib olingan qimmatli qog‘ozlarni real bahosi oshganda sotish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2024-yil 29-noyabrdagi 10-10-08/13892-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning xo‘jalik yurituvchi subektlar ustavidagi 1418867 dona aksiyalarini sotilishi tufayli 2023-yilda 1909,5 mlrd. so‘mlik daromad olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish