Babaev Tolibjon Abdujalilovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Huquq-tartibot organlari faoliyati samaradorligini oshirishda xalq bilan muloqot mexanizmlari (siyosiy kommunikatsiyalar misolida)”, 23.00.02-siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ss354
Ilmiy rahbar:
Xatamov Farxod Faxriddinovich, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti huzuridagi .31/28.06.2024.Sc.178.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Qo‘chqarov Vahob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor
Xaqberdiev Nurali Salaydinovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekiston Respublikasida huquq-tartibot organlari faoliyati samaradorligini oshirishda mexanizmlarini ilmiy tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
huquq-tartibot organlari faoliyati samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan foydalanish, (virtual, onlayn) bir tomondan ommaviylikni oshirsa, ikkinchi tomondan ma’lum bir hududlarda jamoat xavfsizligi darajasining real holatini aniqlashga imkon beruvchi mexanizm hamda siyosiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim omil bo‘lib xizmat qilishi nazariy va amaliy jihatdan ochib berilgan;
jamiyatda barqaror taraqqiyotni ta’minlashda xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini (ob’ektiv statistik siyosiy tahlil asosida: muammoli oila va shaxslarni aniqlash, maxsus dasturlar ishlab chiqish, sayyor qabullar o‘tkazish, barcha sohalar bo‘yicha jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda davlat siyosatining mazmun mohiyatini aholi o‘rtasida targ‘ib etish kabi profilaktik chora-tadbirlar) qo‘llash asosida preventiv siyosatni amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanligi isbotlangan;
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarning beqarorligi taraqqiyotni murakkablashtiruvchi omil bo‘lib, huquq-tartibot organlarining xalq bilan muloqotda konferens aloqadan foydalanishi mamlakatni milliy manfaatlarini amalga oshirishning asosiy vositasi ekanligi ilmiy asoslangan;
aholi xavfsizligi, tinchligi, xotirjamligi, ijtimoiy-siyosiy hayotidagi pozitiv o‘zgarishlar davlat siyosatiga, kelajakka ishonchining oshishiga sabab bo‘lib, ichki ishlar organlari faoliyatida aholi bilan muloqot va siyosiy kommunikatsiya samaradorligini belgilovchi asosiy indikatorlar sifatida ichki ishlar organlarining ligitimlik darajasini belgilashi siyosiy tahlillar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Huquq-tartibot organlari faoliyati samaradorligini oshirishda xalq bilan muloqot mexanizmlarini qo‘llashga qaratilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
huquq-tartibot organlari faoliyati samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan foydalanish, (virtual, onlayn) bir tomondan ommaviylikni oshirsa, ikkinchi tomondan ma’lum bir hududlarda jamoat xavfsizligi darajasining real holatini aniqlashga imkon beruvchi mexanizm hamda siyosiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim omil bo‘lib xizmat qilishi nazariy va amaliy jihatdan ochib berilganligiga oid taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil dasturidagi “Ijtimoiy-ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni tadqiq qilish texnologiyalari bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish” nomli targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda keng foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 28-fevral 01/11-226-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojida siyosiy kommunikatsiya vositalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jamiyatda barqaror taraqqiyotni ta’minlashda xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini (ob’ektiv statistik siyosiy tahlil asosida: muammoli oila va shaxslarni aniqlash, maxsus dasturlar ishlab chiqish, sayyor qabullar o‘tkazish, barcha sohalar bo‘yicha jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda davlat siyosatining mazmun mohiyatini aholi o‘rtasida targ‘ib etish kabi profilaktik chora-tadbirlar) qo‘llash asosida preventiv siyosatni amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanligi isbotlanganligiga oid taklif-tavsiyalardan “Yuksalish” umummilliy harakatining Shveysariyaning “Peace Nexus” fondi bilan hamkorlikda amalga oshirgan “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati holati” mavzusidagi loyihasida keng foydalanilgan (“Yuksalish” umummilliy harakati 2024-yil 12-mart 35/09-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada keltirilgan ilmiy yangiliklar “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan tashkil etilgan jamoatchilik muhokamasida ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarning beqarorligi taraqqiyotni murakkablashtiruvchi omil bo‘lib, huquq-tartibot organlarining xalq bilan muloqotda konferens aloqadan foydalanishi mamlakatni milliy manfaatlarini amalga oshirishning asosiy vositasi ekanligi ilmiy asoslanganligiga oid taklif-tavsiyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda keng foydalanilgan (O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi ijroiya qo‘mitasining 2024-yil 17-sentyabrdagi 01-27/451-son dalolatnomasi). Natijada, partiya va aholi o‘rtasida xalq bilan muloqot mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan materiallari qo‘llanildi;
aholi xavfsizligi, tinchligi, xotirjamligi, ijtimoiy-siyosiy hayotidagi pozitiv o‘zgarishlar davlat siyosatiga, kelajakka ishonchining oshishiga sabab bo‘lib, ichki ishlar organlari faoliyatida aholi bilan muloqot va siyosiy kommunikatsiya samaradorligini belgilovchi asosiy indikatorlar sifatida ichki ishlar organlarining ligitimlik darajasini belgilashi siyosiy tahlillar asosida aniqlanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” nomli dasturlari senariysini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2024-yil 22-fevraldagi O‘z\tv-14-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi bilan muloqotda siyosiy kommunikatsiya samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.