DO‘SIYoROV FAYZULLA JALILOVIChNING
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli rel`efdagi sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatida suvdan samarali foydalanish (Qashqadaryo havzasi misolida)” 06.01.02-“Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.4.PhD/T4045
Ilmiy raxbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Urazkeldiev Abduvoxid Baxtiyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Avlakulov Meyli – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Geodeziya va kadastr va erdan foydalanish” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori professor (06.01.02).
Paluashova Gauxaray Kalbaevna – Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti “Tuproq tadqiqotlari va meliorativ jarayonlar” laboratoriyasi mudiri, katta ilmiy xodim, PhD. (06.01.02).
Yetakchi tashkilot – Toshkent Davlat Agrar Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Er rel`efi ko‘rsatkichlari turli xil bo‘lgan sug‘oriladigan maydonlarda suv resurslaridan samarali foydalangan holda meliorativ holatini yaxshilash hamda ekinlar hosildorligini baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo havzasidagi mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta va engil qumoq, kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan bo‘z tuproqli sug‘oriladigan maydonlarda ekinlarni egatlab sug‘orish me’yorini hisoblashda rel`ef xususiyatlarining qirqimlar bo‘yicha o‘zgarishini hisobga olgan holda baholash usuli takomillashtirilgan;
Qashqadaryo havzasidagi turli rel`efli sug‘oriladigan maydonlarida ortiqcha namlanganlik sabablarini hisobga olgan holda er va suv resurslaridan samarali foydalanish hamda g‘o‘za hosildorlik ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan agrotexnik tadbirlar ketma-ketligi ishlab chiqilgan;
o‘rtacha va kuchsiz sho‘rlangan sug‘oriladigan maydonlarda rel`ef ko‘rsatkichlarining sho‘rlanish jarayonlariga ta’sirini inobatga olgan holda baholash va ularning holatini yaxshilovchi meliorativ tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan;
sug‘orma dehqonchilikda qishloq xo‘jaligi ekinlariga ta’sir etuvchi meliorativ va iqlim ko‘rsatkichlari hamda antropogen omillarning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydigan hosildorlikni hisoblaydigan matematik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan hududlarning meliorativ holatini yaxshilashda Qashqadaryo havzasi suv resurslaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qashqadaryo havzasida sug‘oriladigan maydonlarning hozirgi sharoitda suv va er resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda kanallarning FIK oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda uning huzuridagi Yakkabog‘-G‘uzor irrigatsiya tizimi boshqarmasiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil sentyabrdagi 05/13-1135-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish tarmoqlarining FIKni 5 foizgacha oshirish imkoniyati yaratilgan;
sug‘oriladigan hududlarning meliorativ holatini yaxshilashda suv resurslaridan foydalanishni takomillashtirish, ekinlarni ekishdan oldin nam suv berish usuli bilan sho‘r yuvish Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda uning uning huzuridagi Meliorativ ekspedisiyasiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil sentyabrdagi 05/13-1135-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo havzasi miqyosida sho‘r yuvish va a’nanaviy egatlab sug‘orishga nisbatan 35-40 foizgacha suv resurslari tejalishiga erishilgan.