Negova Feruza Sharifovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4815.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Maqsudova Gulnoz Olimovna, pedagogika fanlari doktori, PhD dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Utaeva Iroda Bahodirovna, pedagogika fanlari doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon Davlat Pedagogika Instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarining pragmatik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ijodiy faoliyatning ichki va tashqi motivatsiyani oshirishga qaratilgan tashkiliy pedagogik shart-sharoitlarning yaxlit integratsiyasini ta’minlash hamda chet tilini B1 darajsidan past bo‘lmagan holda lingvistik amaliyot bo‘yicha faoliyatli-strategik, affektiv-kommunikativ komponentlarni til diskriptorlariga maqsadli uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli pragmatik va amaliy yondashuvlar didaktik birligini ta’minlashga qaratilgan o‘zini o‘zi rivojlantirish, refleksiya komponentlari va turlari integratsiyasini ta’minlash hamda ilmiy innovatsion va konstruktiv g‘oyalarni rivojlantirishning natijaviyligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning pragmatik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi brainstorming, word map, fishbone ta’limiy kvestlar, gemifikatsiya va loyiha texnologiyalarining mazmunini intensivlashtirish hamda TBLT- task based language teaching, CLT- communicative language teaching, TRP- total physical response metodlariga ko‘ra rivojlantiruvchi mashqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning pragmatik kompetensiyalarining rivojlanish samaradorligi madaniyatlararo kommunikativ, autentik o‘quv materiallarni ijtimoiy-madaniy xususiyatdagi mezonlarga ko‘ra optimallashtirish hamda o‘zini o‘zi rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik mikromuhit yaratish asosida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: talabalarning pragmatik kompetensiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ijodiy faoliyatning ichki va tashqi motivatsiyani oshirishga qaratilgan tashkiliy pedagogik shart-sharoitlarning yaxlit integratsiyasini ta’minlash hamda chet tilini B1 darajsidan past bo‘lmagan holda lingvistik amaliyot bo‘yicha faoliyatli-strategik, affektiv-kommunikativ komponentlarni til diskriptorlariga maqsadli uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “English language English book for chemistry education studens” nomli darslik doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2024 yildagi 4-iyuldagi “11/3.1” sonli qarori). Natijada, talabalarning fanlararo aloqadorlik asosida pragmatik kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini tahlil qilishga erishilgan;
talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli pragmatik va amaliy yondashuvlar didaktik birligini ta’minlashga qaratilgan o‘zini o‘zi rivojlantirish, refleksiya komponentlari va turlari integratsiyasini ta’minlash hamda ilmiy innovatsion va konstruktiv g‘oyalarni rivojlantirishning natijaviyligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan “English language English book for chemistry education studens” nomli darslik doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2024 yildagi 4-iyuldagi “11/3.1” sonli qarori). Natijada talabalarning pragmatik kompetensiyalarini takomillashtirish modeli komponentlarini aniqlashga erishilgan;
fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning pragmatik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi brainstorming, word map, fishbone ta’limiy kvestlar, gemifikatsiya va loyiha texnologiyalarining mazmunini intensivlashtirish hamda TBLT- task based language teaching, CLT- communicative language teaching, TRP- total physical response metodlariga ko‘ra rivojlantiruvchi mashqlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflardan “English language English book for chemistry education studens” nomli darslik doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2024 yildagi 4-iyuldagi “11/3.1” sonli qarori). Natijada talabalarning pragmatik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi mashqlar tizimi orqali takomillashtirilgan;
fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning pragmatik kompetensiyalarining rivojlanish samaradorligi madaniyatlararo kommunikativ, autentik o‘quv materiallarni ijtimoiy-madaniy xususiyatdagi mezonlarga ko‘ra optimallashtirish hamda o‘zini o‘zi rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik mikromuhit yaratish asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalardan “English language English book for chemistry education studens” nomli darslik doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2024 yildagi 4-iyuldagi “11/3.1” sonli qarori). Natijada talabalarning pragmatik kompetensiyasining rivojlanganlik darajasi monitoringi CEFR baholash mezonlari orqali aniqlashga erishilgan.