Baxriddinova Dilafruz Nasriddinovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kognitiv mobilligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7799
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ahmedova Nodira Muxtorjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori; professor Norqo‘zieva Zebo Kamolovna, pedagogika fanlari nomzodi (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kognitiv mobilligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kognitiv mobilligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kasbiy va shaxsiy o‘zini namoyon qilish motivatsiyasini oshirishga qaratilgan refleksiv qobiliyat, tajriba madaniyati va mobil xatti-harakatlarining metodik shartlarini tahlil qilish hamda tashqi va ishki xususiyatlarini monitoring qilishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan.
bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kognitiv mobilligini rivojlantirish modeli amaliy yondashuvlarning didaktik birligini asoslashga qaratilgan o‘zini-o‘zi rivojlantirish, ta’limiy integratsiyaga ko‘ra o‘qitish jarayon samaradorligini oshirish  hamda ilmiy innovatsion va konstruktiv g‘oyalarni rivojlantirishning natijaviyligini maqsadli, mazmunli, prossessual va diagnostik bloklari uzviyligiga funksional bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kognitiv mobilligini rivojlantirish metodikasi Padlet virtual doska, wordwall viktorina vositasi, loyiha metodologiyasi, fish bowl strategiyasi, bloom taksanomiyasi elementlarini integrative yaxlitlash hamda funksional ahamiyati, texnologik xarakterdagi bilim, ko‘nikma, malakalarni oshirish dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kognitiv mobilligini rivojlantirish jarayoni  subekt-susbekt munosabatlari ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan nutq ko‘nikmalarini ta’limiy maqsadlarning talablariga mos mazmunli uygug‘lashtirish hamda talabalarda mantiqiy fikrlash va tez qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak chet til o‘qituvchilarning kognitiv mobilligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kognitiv mobilligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kasbiy va shaxsiy o‘zini namoyon qilish motivatsiyasini oshirishga qaratilgan refleksiv qobiliyat, tajriba madaniyati va mobil xatti-harakatlarining metodik shartlarini tahlil qilish hamda tashqi va ishki xususiyatlarini monitoring qilishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir takliflar “Integrated skills. Part I” nomli o‘quv-qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 14-avgustdagi 11-05-4175/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak chet til o‘qituvchilarning pedagogik mahorati oshganligi ma’lumotnomada o‘z aksini topgan;
bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kognitiv mobilligini rivojlantirish modeli amaliy yondashuvlarning didaktik birligini asoslashga qaratilgan o‘zini-o‘zi rivojlantirish, ta’limiy integratsiyaga ko‘ra o‘qitish jarayon samaradorligini oshirish  hamda ilmiy innovatsion va konstruktiv g‘oyalarni rivojlantirishning natijaviyligini maqsadli, mazmunli, prossessual va diagnostik bloklari uzviyligiga funksional bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir ma’lumotlardan “Integrated skills. Part I” nomli o‘quv-qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 14-avgustdagi 11-05-4175/04-son dalolatnomasi). Natijada, kognitiv mobillikni rivojlanishining nazariy modelini, baholash mezonlari va pedagogik vositalarni takomillashtirish imkoni amalga oshirilgan;
bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kognitiv mobilligini rivojlantirish metodikasi Padlet virtual doska, wordwall viktorina vositasi, loyiha metodologiyasi, fish bowl strategiyasi, bloom taksanomiyasi elementlarini integrative yaxlitlash hamda funksional ahamiyati, texnologik xarakterdagi bilim, ko‘nikma, malakalarni oshirish dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan “Integrated skills. Part I” nomli darslik doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 14-avgustdagi 11-05-4175/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak chet til o‘qituvchilarning kognitiv mobilligini rivojlantirish bo‘yicha texnologik zarur bilim va kompetensiyalari takomillashgan.
bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kognitiv mobilligini rivojlantirish jarayoni  subekt-susbekt munosabatlari ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan nutq ko‘nikmalarini ta’limiy maqsadlarning talablariga mos mazmunli uygug‘lashtirish hamda talabalarda mantiqiy fikrlash va tez qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirishga doir ma’lumotlardan “Integrated skills. Part I” nomli darslik doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 14-avgustdagi 11-05-4175/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kognitiv mobillik komponentining mazmun-funksional jihatlarini rivojlantirish imkoni amalga oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish