Meyliev Obid Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududiy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda soliqlarning ta’sirchanligini oshirish masalalari», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt333.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududiy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda soliq tizimining samaradorligini va soliqlarning ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy hokimiyat organlariga byudjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffisientlarni qo‘llash vakolati taklif qilingan;
mahalliy hokimliklarning mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirishdan manfaatdorligini oshirish hamda subvensiyalarning o‘rnini qoplash maqsadida rejadan ortiqcha soliq tushumlarini mahalliy byudjetlarga qoldirish amaliyoti takomillashtirilgan;
mahalliy byudjetlar daromad bazasini yanada mustahkamlashda ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushadigan soliqlarni hisoblash usuli va imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish, tabiiy resurslarga bo‘lgan soliq imtiyozlarini qisqartirish va asosiy soliq yukini ushbu soliqlarga yuklash taklifi ishlab chiqilgan;
milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kengaytirish uchun hududlar iqtisodiyotida tutgan o‘rniga qarab, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini ta’minlash uchun har bir hududning olis, chekka joylariga xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish maqsadida qo‘shimcha soliq imtiyozlari taqdim etish taklif etilgan;
mahalliy byudjetlarni subvensiyadan chiqarish, ularning yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga bo‘lgan qaramligini bosqichma-bosqich qisqartirish asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari erkinligi va mas’uliyatini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududiy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda soliqlarning ta’sirchanligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar bo‘yicha vakolatini oshirish yuzasidan bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-454-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasiga o‘zgartirishlar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 25 iyuldagi 16/2-16601-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish natijasida mahalliy hokimliklarga qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffisientlarni qo‘llash huquqi berilgan;
mahalliy hokimliklarning mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirishdan manfaatdorligini oshirish, rejadan ortiqcha soliq tushumlarini mahalliy byudjetga qoldirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 25 iyuldagi 16/2-16601-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy hokimliklarning byudjet daromadlarini oshirish hamda subvensiyalarga bo‘lgan ehtiyojini soliq tushumlarining oshishi hisobiga qoplash imkoniyatini yaratgan;
mahalliy byudjetlar daromad bazasini yanada mustahkamlashda ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushadigan soliqlarni hisoblash usuli va imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish, tabiiy resurslarga bo‘lgan soliq imtiyozlarini qisqartirish va asosiy soliq yukini ushbu soliqlarga yuklash taklifi Samarqand viloyati Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (Samarqand viloyati Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasining 2018 yil 27 iyuldagi 02/1-908-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llanilishi natijasida mahalliy byudjet daromadlarini 871,4 mlrd. so‘mga oshishiga erishilgan;
milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kengaytirish uchun hududlar iqtisodiyotida tutgan o‘rniga qarab, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini ta’minlash uchun har bir hududning olis, chekka joylariga xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish maqsadida qo‘shimcha soliq imtiyozlarini berish bo‘yicha taklifi Samarqand viloyati Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Samarqand viloyati Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasining 2018 yil 27 iyuldagi 02/1-908-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand viloyatiga kiritilgan xorijiy investisiyalar rejasini 2018 yil 1-yarim yilligida 147,0 foizga bajarishga erishilgan;
rejadan ortiqcha soliq tushumlarini mahalliy byudjetga qoldirish va shu asosida mahalliy byudjetlarning subvensiyalarga bo‘lgan ehtiyojini soliq tushumlarining oshishi bilan qoplash hamda viloyatda faoliyat ko‘rsatib, lekin soliqlarni boshqa hududlarga to‘layotgan korxonalar to‘lovini viloyat byudjetiga yo‘naltirish bo‘yicha takliflari Samarqand viloyati hokimining 2018 yil 26 iyundagi 244-F-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “Mahalliy byudjetga qo‘shimcha manbalarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi”ni qabul qilishda foydalanilgan (Samarqand viloyati Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasining 2018 yil 27 iyuldagi 02/1-908-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyat byudjetining soliq va yig‘imlar reja ko‘rsatkichi 117,4 foizga oshishi, shuningdek mahalliy byudjetga 10200,0 mln. so‘m qo‘shimcha mablag‘ kelib tushishi ta’minlangan.