Rustamova Davlatxon Toyirjon qizining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqida ma’nodosh so‘zlarni faollashtirishning metodik tizimini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5147
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Akbarova Zuxro Akmaljanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulova Umida Sa’dullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent;, Jamoliddinova Dilnoza Mirhojiddinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida nutq o‘stirish modulini tahlil qilish orqali o‘quvchilar nutqida ma’nodosh so‘zlarni faollashtirishning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqida ma’nodosh so‘zlarni faollashtirishda kognitiv-faoliyatli imkoniyatlari so‘z ma’nosini anglash, qiyoslash va ifoda etish bosqichlariga nutqiy emotsionallik, axborotning jozibadorligi tamoyillarini ifodalanishi tufayli lingvistik sezgirlikni kuchaytiruvchi muhitda singdirish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqida ma’nodosh so‘zlardan foydalanish asosida rivojlantirishning modeli o‘quv topshiriqlarni o‘zlashtirishni jadallashtiruvchi qadriyatli-motivli, kognitiv, faoliyatli refleksiv komponent vazifalarini mustaqil ta’lim mazmuniga optimallashtirish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqida ma’nodosh so‘zlardan foydalanish tufayli rivojlantirishga qaratilgan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ma’nodosh so‘zlarning elektron-o‘quv lug‘ati” nomli elektron platforma o‘quvchilarni ma’nodosh so‘zlarni farqlashga odatlantiruvchi nostandart mashqlar bilan leksik me’yorlarga adaptivlashtirilgan grafikli lug‘atning integratsiyalashuvini differensial ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
ma’nodosh so‘zlardan foydalanishning didaktik ta’minotiga ko‘ra ijtimoiy hayotga tez kirishishga zarur muloqot ko‘nikmalarini leksik-emotsional boyituvchi texnologiyalarni nutqiy muhitga mos axborotni shakllantirishga motivatsiyalovchi ish turlari bilan transformatsiyalashga asoslanib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dіѕѕertatѕіyada erіѕhіlgan natіjalar aѕoѕіda: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqida ma’nodosh so‘zlarni faollashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqida ma’nodosh so‘zlardan foydalanishning kognitiv-faoliyatli imkoniyatlari so‘z ma’nosini anglash, qiyoslash va ifoda etish bosqichlariga nutqiy emotsionallik, axborotning jozibadorligi tamoyillarini lingvistik sezgirlikni kuchaytiruvchi muhitda singdirish asosida aniqlashtirilgan ma’lumotlar ona tili va o‘qish savodxonligi fanlarida innovation mashqlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2024-yil 9-oktyabrdagi 01/11-1-791-son ma’lumotnomasi). Natijada o’quvchida ma’nodosh so‘zlarni his qilishga erishish, hissiyotga ta’sir qilish yo’llari aniqlashtirilgan, ma’nodosh ma’noli so‘zlarning jozibadorligini idrok etish samaradorligini oshirilishiga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqida ma’nodosh so‘zlardan foydalanish orqali rivojlantirishning modeli o‘quv topshiriqlarni o‘zlashtirishni jadallashtiruvchi qadriyatli-motivli, kognitiv, faoliyatli refleksiv komponent vazifalarini mustaqil ta’lim mazmuniga spiralsimon optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich sinflarda lug‘at ustida ishlash metodikasi” nomli o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 218-845 raqamli ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarining nutqida ma’nodosh so‘zlardan foydalanish bo‘yicha metodik ta’minot aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqida ma’nodosh so‘zlardan foydalanish orqali rivojlantirishga qaratilgan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ma’nodosh so‘zlarning elektron- o‘quv lug‘ati” nomli elektron platforma o‘quvchilarni ma’nodosh so‘zlarni farqlashga odatlantiruvchi nostandart mashqlar bilan leksik me’yorlarga adaptivlashtirilgan grafikli lug‘atning integratsiyalashuvini differensial ta’minlashga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich sinflarda lug‘at ustida ishlash metodikasi” nomli o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 218-845 raqamli ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarining leksik zahirasi shakily-miqdoriy, semantik-idrokiy jihatdan boyiganligi kuzatilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqida ma’nodosh so‘zlardan foydalanishning didaktik ta’minoti ijtimoiy hayotga tez kirishishga zarur muloqot ko‘nikmalarini leksik-emotsional boyituvchi texnologiyalarni nutqiy muhitga mos axborotni shakllantirishga motivatsiyalovchi ish turlari bilan transformatsiyalash asosida takomillashtirish uchun berilgan tavsiyalar “Boshlang‘ich sinflarda lug‘at ustida ishlash metodikasi” nomli o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 218-845 raqamli ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarining yangi bilimlarni o‘zlashtirish hamda kundalik hayotda foydalanish, ijodiy fikrlash, ijtimoiy muhitga tez kirishish, muammoni hal qilish qobiliyatlarining didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.