Odiljonova Kamola Abduvosit qizining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarning leksik kompetensiyalarini rivojolantirishda verbal vositalardan foydalanishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.4.PhD/Ped.6497  Ilmiy rahbar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Hasanov Sharobiddin A’zamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor; Axmedova Malohat Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda leksik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishda verbal ta’sir vositalaridan foydalanishning zamonaviy texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilar leksik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik mohiyati va mazmuni so‘zning lug‘aviy, grammatik xususiyatlarini farqlash, o‘zaro qiyoslash, nutq vaziyatiga mos ravishda so‘zni to‘g‘ri tanlash va qo‘llashga doir tuzilmasi konnotatsiyaning ingrent va adgerent turlarini aniqlash asosida ochib berilgan;
ona tili darslarida verbal ta’lim vositalaridan foydalanishning kognitiv jarayonlari so‘zni semantik jihatdan assotsiyativ farqlash; uni tovush jihatdan aniqlash; subektiv ehtimollik metodikasi jihatdan yondashuv tizimiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning leksik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik komponentlari so‘z va uning matnda ishlatilishi, ma’no konteksti, axborot berish (informatsiya), ekpressiya (estetik ta’sir va baho) kabi didaktik vazifalariga implementatsiyalash asosida aniqlangan;
ona tili fanini o‘qitishda o‘quvchilar leksik kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asosi “nazariyadan amaliyotga” tamoyili vositasida tilning fonetik, leksik-semantik, grammatik sathi va birliklariga optimal e’tibor qaratish asosida takomillasht irilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili ta’limida o‘quvchilarda leksik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalariga doir ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘quvchilar leksik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik mohiyati va mazmuni so‘zning lug‘aviy, grammatik xususiyatlarini farqlash, o‘zaro qiyoslash, nutq vaziyatiga mos ravishda so‘zni to‘g‘ri tanlash va qo‘llashga doir tuzilmasi konnotatsiyaning ingrent va adgerent turlarini aniqlash asosida ochib berilgan ilmiy tavsiyalari “O‘quvchilarning leksik kompetensiyasini shakllantirish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 218-409-raqamli ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarning leksik kompetensiyalarini takomillashtirish bo‘yicha metodik ta’minot yaratish imkonini bergan;
ona tili darslarida verbal ta’lim vositalaridan foydalanishning kognitiv jarayonlari so‘zni semantik jihatdan assotsiyativ farqlash; uni tovush jihatdan aniqlash; subektiv ehtimollik metodikasi jihatdan yondashuv tizimiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan ilmiy yangiligidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM, “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Bolalar va biz” nomli dasturlar ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 1-apreldagi 04/36/433-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda o‘quvchilarning leksik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari mexanizmi takomillashuviga erishilgan;
o‘quvchilarning leksik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik komponentlari so‘z va uning matnda ishlatilishi, ma’no konteksti, axborot berish (informatsiya), ekpressiya (estetik ta’sir va baho) kabi didaktik vazifalariga implementatsiyalash asosida aniqlangan maxsus metodik tizimidan 2020-2023 yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusi” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 24-iyundagi 04/1-1638-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda so‘zning lug‘aviy, grammatik xususiyatlarini farqlash, o‘zaro qiyoslash, nutq vaziyatiga mos ravishda to‘g‘ri tanlash va qo‘llashga doir leksik kompetensiyalari rivojlantirish imkonini bergan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish